158-bob Duolar haqida Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Obid kishi har vaqt Alloh duo qilishi hojatlarini so'rashi
mustahabdir. Mana shu bandalik alomatidir. Bandalarning Alloh taologa eng seviklisi –
Undan hojatlarini so'raydigan kishi. Alloh taologa bandalarning eng yomoni – Undan
behojat bo'lgani. Bandalarning odamlarga eng yaxshisi ulardan behojat bo'lgani, ulardan
biror narsani so'ramagani. Bandalarning odamlarga eng yomoni ulardan so'raydigani.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taologa duodan ulug'roq biror narsa yo'q",
deganlar. Yana: "Duo – ibodat", dedilar. So'ng Alloh taoloning ( ) degan so'zidan ( ? )
degan so'zigacha o'qidilar.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu): "Banda doim yaxshilikdadir, modomiki shoshilmasa",