www.ziyouz.com kutubxonasi
149
G'azotlardan yana biri Kichkina Badr jangi. Abu Sufyon Uhuddan qaytayotganida: "Sizlar
bilan Kichik Badrda uchrashamiz", dedi. Shu erda bozor bor edi. Rasululloh (sollallohu
alayhi vasallam) etmish kishi bilan shu erga keldilar. Ammo kofirlardan biror kishi
chiqmadi. Musulmonlar salomat holda qaytdilar. Bu haqda Alloh taoloning: "Alloh va
rasuliga bo'yinsungan..." so'zidan
"Bas, u yurishdan biron noxushlik etmay, Allohning ne'mat va fazli bilan qaytdilar" (Oli
Imron, 172–174-oyatlar), so'zigacha nozil bo'ldi.
G'azotlardan yana Batni Raji' jangi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Marsad ibn
Marsadni yetti kishi yubordilar. Ular bilan Osim ibn Sobit ibn Abul Aflah ham bor edi.
Ular Batni Raji' degan joyga tushishdi. Mushriklardan bir jamoa chiqdi va urush bo'ldi.
Kofirlar Xubayb bilan bir kishini asir olishdi, ikkalasini Makkaga olib kelib, shu erda
o'ldirishdi. Mo'minlardan bir kishi tirik qoldi. Uni o'lik deb o'ylab tashlab ketishgan edi.
G'azotlardan yana biri: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Muhammad ibn Maslamani
bir jamoa bilan yubordilar. Mushriklar chiqib, ularni o'ldirishdi, Muhammad ibn
Maslamani o'lgan gumon qilishib, tashlab ketishdi. So'ng u qutilib qoldi.
G'azotlardan yana biri Bi'ri Ma'una jangidir. Omir ibn Molik arabning mohir
chavondozlaridan "Nayza o'ynatuvchi", degan laqabi ham bor. U Rasulullohga (sollallohu
alayhi vasallam): "Menga Qur'onni ta'lim beradigan, dinni o'rgatadigan kishilarni
yuboring. Ular mening himoyamda bo'ladi", deb maktub yozdi. U zot (sollallohu alayhi
vasallam) Munzir ibn Amr So'idiyni muhojir va ansorlardan iborat o'n to'rt kishi bilan
yubordilar. Bir kecha yurgach, ularga Omir ibn Molik o'ldi degan xabar etdi. So'ng
Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) xat yuborishdi. Nabiy ularga yordam uchun
to'rt kishini yubordilar. Keyin hammalari Bi'ri Ma'una degan joyga kelishdi. Ularga qarshi
Omir Tufayl, Ra'l, Zakvon, Bani Lihyon va Asiya kabi arab qabilalari bilan chiqdi.
Musulmonlarning hammasi Bi'ri Ma'unada o'ldirildilar, faqat Amr ibn Umayya Zamiriy,
Sa'd ibn Abu Vaqqos va yana bir kishi qavmdan orqada qolib, omon qolishdi va ularning
o'lganlarini bilganlaridan so'ng, Madinaga qaytib ketishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) bu qabilalarni qirq kun duoibad qildilar. Qotil Ka'b ibn Ashrafga Muhammad
ibn Salamani uch kishi bilan yubordilar va ular uni o'ldirishdi.
Bani Naziyr jangi. Amr ibn Umayya Zamiriy Bi'ri Ma'unadan qaytayotib Madinaga
yaqinlashganida, Bani Kilob qabilasidan bo'lgan ikki kishi chiqdi. Ularni Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) kiyim bilan siylagan edilar. Amr u ikkalasini o'ldirdi, chunki
ularning musulmon bo'lganini bilmagan edi. Shunda Bani Kilobdagilar kelib, ularning
xunini talab qilishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abu Bakr, Umar va Alilar
(roziyallohu anhum) bilan kilobiylarning xunini to'lashga yordam so'rab Bani Naziyrga
bordilar. O'rtada o'zaro yordam berishga axd bor edi. Ammo Bani Naziyr Nabiyni
(sollallohu alayhi vasallam) o'ldirishni qasd qildi, Jabroil buning xabarini etkazdi. Shunda
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularning orqa tomonidan chiqib, Madinaga
keldilar. Askar to'pladilar va ularni qamal qildilar. Ularning xurmolarni kesib, binolarini
buzdilar. So'ng ularni mollarini tashlab chiqib ketish sharti bilan tark qildilar. Har bir
kishi o'zi ko'taradigan miqdordagi narsasini tuyaga yukladi. Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) ularni Shomga surgun qildilar. Bu haqda Alloh taoloning: "U ahli kitoblardan
(yahudiylardan) kofir bo'lgan kimsalarni birinchi to'plashdayoq haydab chiqargan zotdir"
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |