Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet196/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) g'azotlaridan yana biri Badr hijratning ikkinchi yili 
ramazon oyida ro'y berdi. Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) Quraysh karvoni 
Shomdan chiqqani, ularning ichida Sufyon ibn Harb va Quraysh savdogarlaridan qirqtasi 
borligi xabari etdi. (Bir rivoyatda etmishta savdogar bor edi, deb ham aytiladi.) 
Rasululloh muhojir va ansorlardan iborat uch yuz o'n uchta jangchi bilan chiqdilar. Bu 
xabar Makkaga etdi, natijada ulardan ming ikki yuz ellik kishi chiqdi. Karvonlarini 
topganlaridan so'ng uch yuztasi qaytib ketdi. To'qqiz yuz elliktasi qoldi. Ikki tomon 
to'qnashdi. Alloh mushriklarni mag'lub qildi va musulmonlarga nusrat – g'alaba berdi. 
Mushriklardan etmishtasi asir olindi. Dunyoda Badr voqeasidan buyukroq voqea 
bo'lmadi. Chunki iblis (Alloh uni la'natlasin) keldi, shaytonlar va kofir jinlarning hammasi 
hozir bo'ldi. Qurayshning jasur pahlavonlaridan to'qqiz yuz elliktasi qilich qayrab turdi. 
Mo'minlar esa, uch yuz o'n uch nafar edi, ularning yonida mo'min jinlardan to'qsontasi, 
farishtalardan mingtasi hozir bo'ldi. Hasan Basriy qachon Anfol surasini o'qisalar: 
"Qo'mondoni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), yaxshilari Asadulloh (Allohning 
yo'lbarsi), jihodi Allohga itoat, madadkori Allohning farishtalari va mukofoti Alloh rizosi 
bo'lgan qo'shinga jannat bo'lsin", derdilar.  
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) g'azavotlaridan yana biri saviq jangidir. Abu Sufyon 
Badr jangidan so'ng ashoblaridan bir jamoa bilan Madinaga qarab chiqdi va 
Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sahobalarini o'ldirmaguncha qaytmaslikka 
qasam ichdi. U Madinaga yashirincha keldi va bir yahudiyning uyiga tushdi. So'ng chiqib 
ikkita ot oldi, ikkita uyni yoqdi va sahobalardan ikki kishini o'ldirdi. Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) sahobalar bilan uning izidan tushdilar. Abu Sufyon Rasulullohning 
(sollallohu alayhi vasallam) etib olishidan qo'rqdi va ozuqalarini yo'lga tashlab, ashobi 
bilan qochdi. Ular tashlab ketgan ozuqaning ko'pi bug'doy talqoni edi. Shu sababli bu 
jang Saviq – talqon deb nomlandi. Musulmonlar hech bir talofatsiz qaytishdi. 
Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) g'azavotlaridan yana biri Bani Qaynuqo jangi. 
Bani Qaynuqo Madinaning chetidagi bir mavze'. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
uni qamal qildilar. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul Madina ahlidan bir jamoa bilan birga 
ulardan ketishni so'radi, shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularni tark 
qildilar. 
G'azotlardan yana biri Uhud jangi. Quraysh Badrda mag'lub bo'lgach, katta qo'shin 
to'pladi va Madinaga chiqdi. Jang Uhud tog'i oldida bo'ldi. Mag'lubiyat kofirlar tomonida 
edi. Kamonchilar Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) buyruqlarini tark qilib, o'lja 
yig'ish bilan mashg'ul bo'ldilar. Shu vaqt falak gardishi musulmonlar ziyoniga aylandi. 
Ulardan etmishtasi shahid bo'ldi, ko'pi jarohat oldi, qolganlari mag'lub bo'ldi, so'ng Alloh 
taolo ulardan kofirlarni burdi. Bas, ular qaytib ketdilar. Bu haqda Alloh taoloning: 
 
"Alloh o'z va'dasining ustidan chiqdi – sizlar uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. 
To sustkashlik qilib, (Payg'ambarning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va 
Alloh sizlar yaxshi ko'rgan narsani (g'alabani) ko'zingizga ko'rsatib qo'yganidan keyin 
Payg'ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (ustunliklaringiz davom etdi). 
Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. So'ngra 
sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g'alaba qilish o'rniga mag'lubiyat 
tomonga) burib yubordi" (Oli Imron surasi, 152-oyat), degan so'zi nozil bo'lgan.  


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish