www.ziyouz.com kutubxonasi
137
Aytishlaricha, me'yoridan oshgan to'rt narsa kishini halok qiladi: ayol, ov, qimor va aroq.
Hukamolarning biri aytadi: "Kim adashgan kishi bilan do'st bo'lsa, dinini buzibdi kim
fosiqni madh qilsa, ketibdi, kimki boshqani malomat qilsa, molidan baraka ko'tarilibdi,
kim boy kishiga boyligi uchun tavoze' qilsa, iymoning uchdan biri ketibdi".
Hukamolarning yana biri aytadi: "Kim o'ziga berilgan narsaga qanoatlansa, berilmagan
narsadan behojat bo'ladi, kim bilgan narsasiga amal qilsa, bilmagan narsasiga muvofiq
keladi, kim o'ziga tegishli bo'lgan narsani tark qilsa, o'ziga tegishli bo'lmaganidan forig'
bo'ladi".
Hakimlar aytishadi: "Hazil-mazaxdan chetlashgin, chunki unda yettita yomon xislat bor:
birinchisi, taqvoni ketkazadi; ikkinchisi, haybatni yo'qotadi; uchinchisi, qalbni
qattiqlashtiradi; to'rtinchisi, hamroh-sherikka xiyonat; beshinchisi, do'stlikni ketkazib,
adovatni paydo qiladi; oltinchisi, aqllilar uni yomon ko'radi, ahmoqlar ustidan kuladi;
yettinchisi, unga ergashgan kishining gunohi uning bo'ynida bo'ladi". Aytishlaricha, Zoe'
bo'ladigan narsalar o'nta: undan so'ralmaydigan olim, amal qilinmaydigan ilm, qabul
qilinmaydigan to'g'ri fikr, ishlatilmaydigan qurol-asbob, namoz o'qilmaydigan masjid,
o'qilmaydigan mushaf, undan nafaqa qilinmaydigan mol, minilmaydigan oti, dunyoni
istaydigan kishining zohidlik ilmi, qiyomat uchun dunyoda zodrohila qilinmagan uzun
umr.
Bir kishi Ibn Abbosdan: "Ey ibn Abbos, aqlning boshi nima?", deb so'radi. U zot: "O'ziga
zulm qilgan kishini kechirishi, o'zidan past kishiga tavoze' qilishi, o'ylab turib so'ng
gapirishi", dedilar. Haligi kishi: "Joxillikning boshi nima?", deb so'radi. Ibn Abbos: "Kishi
faxrlanishi, o'ziga tegishli bo'lmagan narsani ko'p gapirishi, odamlarni ayblashi", deb
javob qildilar. "Odamlarning ziynati nima?", deb so'radi so'ng. "Zaiflik qilmaslik, halim
bo'lish, xolis soxiylik qilish, dunyo talab qilmasdan ibodat-ijtihod qilish", dedilar.
Bir hukamodan: "Aqlli odam kim?" deb so'radilar. U: "Uch narsani mahkam ushlagan
odam haqiqiy oqildir: o'zi bilan Alloh o'rtasidagi toatlarda sidq va ixlosni mahkam
ushlagan, o'zi bilan xalq orasidagi munosabatida yaxshilik va muruvvatni mahkam
ushlagan, o'zi bilan xalq orasidagi balolar va musibatlarda sabr va qanoatni mahkam
ushlagan kishi", dedi.
Bir hakim zot aytadi: "Odamlar to'rt toifadir: saxiy, baxil, isrofgar, tejamkor. Saxiy
dunyodagi nasibasini oxirati uchun saqlab qo'ygan kishi; baxil dunyoda ham, oxiratda
ham nasibasini qoldirmagan kishi; isrofgar oxirat nasibasini dunyoda ishlatgan kishi;
tejamkor ikkala hayotda ham nasibasini olgan kishi".
Iso alayhissalom: "Ey havoriylar, din uchun dunyoning oziga rozi bo'linglar, xuddi dunyo
ahli dunyo uchun dinning oziga rozi bo'lgandek", deganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |