www.ziyouz.com kutubxonasi
134
o'qimaydigan fojirning misoli xanzalaga o'xshaydi, tami achchiq, hidi yo'q", dedilar".
Faqih aytadilar: Rasululloh bu o'rinda utrujja deganlarida hijoz ahlining mevasini nazirda
tutdilar, uning hidi va mazasi shirin bo'ladi, lekin biz diyorimizdagi utrujjalarning hidi
yaxshi bo'lsa ham, ta'mi yo'qdir. Vallohu a'lam.
140-bob
Imoratlar, binolar haqida
Faqih aytadilar: Ba'zi odamlar molini uy qurishga sarflashni makrux sanashadi va Abu
Hurayra Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisni hujjat keltirishdi:
"Agar Alloh bandaga yomonlikni xohlasa, uning molini g'ishtda halok qiladi". Boshqa bir
xabarda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim o'ziga etarli binodan ortiqcha uy qursa,
qiyomat kuni uni bo'ynida ko'tarib keladi", deganlar.
Hasan Basriyga bir kishi: "Men hovli qurdim, kelib, baraka so'rab, bir duo qiling, dedi.
Shunda Hasan sheriklari bilan bordilar va hovliga qarab; "O'zingni uyingni buzib, boshqa
birovning hovlisini qurdingmi? Seni erdagilar aldabdi, osmondagilar yomon ko'ribdi",
dedilar.
Ba'zilar:
"Buning ziyoni yo'q, chunki Alloh taolo: "Sizlarni Od (qavmi)dan keyin xalifa qilib
qo'yganini va sizlarga Erning tekisliklarida (yozlik) qasrlar qurib olishingiz, tog'lik
joylarida (qishlik) boshpanalar yo'nib (tiklab) olishingiz uchun maskan berganini eslangiz
va erda buzg'unchilik qilib sang'ib yurmangiz!" (A'rof, 74), degan. Demak, qasrlarni
qurish Alloh taoloning nematlaridan ekan. Yana bir oyatda:
"Ayting, "Alloh bandalari uchun chiqargan ziynatlar va halol-pok rizqni kim harom
qildi?!" (A'rof, 32), deydi.
Zikr qilinishicha, Muhammad ibn Siyrinning o'g'li hovli qurdi va unga ko'p mol sarfladi.
Bu ish Muhammad ibn Siyringa aytilganida, u zot: "Bir odam o'z molidan foydali bir
narsa qurishida ziyoni yo'q deb o'ylayman", dedilar.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Agar Alloh bandasiga ne'mat in'om qilsa, uning
ustida bu ne'matning ko'rinib turishini yaxshi ko'raman", deganlar. Ne'matning asari
chiroyli bino qurish va chiroyli kiyim kiyishdir. O'ylab ko'ring, agar katta pulga chiroyli
joriyani sotib olsa, bu ish joiz bo'ladi, vaholanki, unga boshqasi ham kifoya qilardi. Bino
ham shunga o'xshash.
Faqih aytadilar: Afzal ish molni oxirat uchun sarf qilishdir, agar dunyo ishida bino va
kiyimga sarflasa, bu uchta narsadan saqlangandan so'ng harom emas: molini haromdan
yoki shubhadan topmasa; muslimga ham, zimiyga ham zulm qilmasa; Alloh taoloning
farzlaridan biror-bir farzni zoe' qilmasa. Vallohu a'lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |