132-bob
Qo'ng'iroqning karohiyati haqida
Faqih aytadilar: Ibn Umar Ummu Habibidan, U Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam)
rivoyat qiladi: "Qo'ng'irog'i bor karvonga maloikalar yo'ldosh bo'lmaydi".
Xolid ibn Ma'dan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) qo'ng'iroqli tuyani
ko'rib:, "Anavi shaytonning ulovidir", dedilar". Oishaning (roziyallohu anho) huzurlariga
bir ayol kirdi, u bilan birga oyog'iga qo'ng'iroqchalar taqilgan bola bor edi. Shunda Oisha
onamiz: "Maloikalarni quvadiganni chiqarib yuboringlar", dedilar. Ularni chiqarib
yuborishdi.
Omir ibn Abdulloh Rayhona ismli ayoldan rivoyat qiladilar. U ayol aytdi: "Umarning
oldiga kirdim, yonimda oyog'iga qo'ng'iroq taqilgan bola bor edi. Umar: "Sherigingga bu
shaytondan ekanining xabarini berib qo'y", dedilar".
Faqih aytadilar: Ulamolar, agar manfaati bo'lsa, hayvonga qo'ng'iroq taqish joiz, ammo
o'yin uchun bo'lsa, mumkin emas, deyishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |