Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
49
qilmasdan muomalada bo'lsa, u muruvvati gapiriladigan kishilardan bo'ladi,
adolati
ko'rinadi, uni birodar tutish vojib, g'iybat qilish harom bo'ladi", dedilar.
Ibn Zayyod ulug'larning biridan: "Sizlarda muruvvat nima?" deb so'radi. U: "To'rtta
xislat,– dedi. – Birinchi, kishi gunohdan uzoqlashishi lozim, chunki gunohkor bo'lsa, xor
bo'ladi, muruvvati bo'lmaydi.
Ikkinchi, o'zida bor molini isloh etishi, fasod qilmasligi
lozim, uni fasod qilsa va boshqaning moliga muhtoj bo'lsa, uning muruvvati bo'lmaydi.
Uchinchi, ahliga ular muhtoj bo'ladigan narsani hozirlab qo'yishi lozim, chunki kimning
ahli ayoli insonlarga muhtoj bo'lsa, uni muruvvati bo'lmaydi. To'rtinchi, o'ziga mos
keladigan taom va sharobga ahamiyat berishi va o'shandan iste'mol qilishi lozim. O'ziga
mos bo'lmagan
taomni tanavvul qilsa, muruvvati nuqsonli bo'ladi".
Qays ibn Sobit ibn Saidadan rivoyat qilinadi. U Qaysarning oldiga kelib turardi. Qaysar
unga: "Oqilning afzali nima?" dedi. U: "Kishi o'z nafsini bilishi", deb javob qildi. "Ilmning
afzali nima?" deb so'radi. "Bilmagan vaqtida tek turish", dedi. "Muruvvat nima?" deb
so'radi. "Kishi yuzining suvini saqlab qolishi", dedi. "Molning afzali nima?" deb so'radi.
"Haqqi ado qilingan", dedi.
Rabiatur Ra'y aytadilar: "Muruvvat oltita, uchtasi muqimlikda, uchtasi musofirlikda
bo'ladi. Muqimlikdagisi – tilovatul Qur'on, Alloh taoloning
masjidlarini obod qilish, Alloh
yo'lida birodar tutinish. Musofirlikdagisi – ozuqani sarf etish, sheriklarga kam xilof qilish,
Allohga osiy bo'lmaydigan o'rinlarda hazil-mutoyiba qilish".
Ba'zi ulamolar: "Muruvvatning afzali so'zida sodiq, ahdiga vafodor bo'lish, o'zining
foydasiga sarf-xarajat qilish", deyishadi.
Hasan Basriydan rivoyat qilinadi: Sartaroshga mo'ylablarini
qisqartirib bir dirham
berdilar. Bu haqda (ya'ni, nega ko'p berganlari haqida) so'rashganda: "Torlik – ziqnalik
qilmanglar, aks holda sizlarga torlik qilinadi", dedilar. U kishi mayda chaqalar ustida
gapirayotgan kishini ko'rsalar: "Alloh mayda chaqani la'natlasin, kim shuning uchun
gapirsa, muruvvati bo'lmaydi. Kimning muruvvati bo'lmasa, dini ham bo'lmaydi",
dedilar.
Muhammad ibn Hasan aytadilar: "Uchta narsa pastkashlikdir:
qon oluvchining haqqi
ustida shartlashish, qon oluvchilarning oynasiga qarash, nonni o'lchab qarz olish".
Aytiladiki, yo'llarda o'tirish, muruvvatdan emas. Ba'zi hukamolardan muruvvat nimaligi
so'raldi. Aytishdiki: "Ochiq eshik,
ehson qilingan taom, qattiq bog'langan bel", ya'ni,
insonlarning hojatini ado etish uchun.
Hasan Basriy: "To'rtta narsa kishining muruvvatidan: tilining rostgo'yligi, birodarlarining
xato-kamchiliklarini kechirishi, ahli zamonining taniqli kishisiga saxovat qilishi,
tanish va
qo'shnilarga ozor berishdan tiyilishi", dedilar.
Umar (roziyallohu anhu): "Men qachon arablar halok bo'lishini bilaman", dedilar. "Ey
amirul mo'minin, qachon halok bo'ladi?" deyishdi. "Ularni islomiy taqvosi va johiliyat
saxovati bo'lmagan kishi boshqarsa", dedilar.
Roviy: "Amirul mo'minin (roziyallohu anhu) rost gapirdilar. Ularni muttaqiy Abu Bakr,