Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
125
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) minbarda turib: "Bu ummatning payg'ambaridan
keyingi eng yaxshirog'i –Abu Bakr (roziyallohu anhu), Abu Bakrdan (roziyallohu anhu)
keyin eng yaxshisi Umar (roziyallohu anhu). Allohga qasamki, agar xohlasam,
uchinchisini aytaman", dedilar. Ba'zilar: "U zot Usmonni nazarda tutdilar", deyishadi,
ba'zilar esa: O'zlarini nazarda tutdilar", deyishadi. Muhammad ibn Fazl aytdilar:
"Albatta, bu ummat payg'ambarlaidan keyin yaxshi kishi Abu Bakr (roziyallohu anhu),
keyin Umar (roziyallohu anhu) deb ijmo qilishdi, Usmon va Ali (roziyallohu anhumo)
o'rtasida ixtilof qilishdi. Bas, biz aytamizki, So'ng Usmon (roziyallohu anhu), so'ng Ali
(roziyallohu anhu), so'ng qolgan sahobalar. Ular hammasi yaxshi va solihlardir. Ularni
faqat yaxshilik bilan eslaymiz, gapiramiz".
Ibrohim Naxa'iydan sahobalar o'rtasida bo'lgan urush haqida so'rashganda: "Bizning
qo'llarimiz o'sha qonlardan salomat va tillarimiz u bilan bulg'anmaydi", deb javob
berdilar.
Abu Hurayra Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini rivoyat
qilganlar: "Ushbu to'rt kishining muhabbati faqat mo'min kishining qalbida jamlanadi.
Ular: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (roziyallohu anhum)".
Abu Ishoq Hamadoniy Qosi'dan, u Alidan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: "Rusululloh
(sollallohu alayhi vasallam): "Alloh menga Abu Bakrni ota, Umarni maslahatchi, Usmonni
suyanchiq va Alini yordamchi qilib olishimni buyurdi. Ushbu to'rt kishidan Alloh taolo
Ummul kitobda va'da-ahdlarini olgan. Ogoh bo'lingki, ularni faqat taqvodor mo'min
yaxshi ko'radi va badbaxt faqat fojir yomon ko'radi. Bas, ular nubuvvatimning
o'rinbosarlari, dunyoimning marjonlari, ishimning pokligi va hikmatimning ma'danlaridir,
bular bilan aloqalarni uzmanglar, hasad qilmanglar", dedilar.
Abu Zubayr Jobir ibn Abdullohdan, u zot Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat
qiladilar: "Abu Bakr vazirim va mendan keyin ummatimning orasida qoim (boshliq),
Umar do'stim, Usmon bilan Ali birodarim va bayroqdorim".
Muhammad ibn Jubayr otasidan rivoyat qiladi: "Bir xotin Rasululloh huzurlariga keldi, zot
ayolga bir ish buyurdilar. Shunda u xotin: "Ayting-chi, agar sizni topa olmasam, nima
qilaman", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar meni topa olmasang, Abu
Bakrning oldiga kel", dedilar".
Abu Ismat Nuh ibn Maryam rivoyat qiladi: "Men Abu Hanifadan ahli sunnat val jamoat
kimlar, deb so'radim. U kishi: "Abu Bakr (roziyallohu anhu) va Umarni (roziyallohu
anhu) afzal bilgan, Usmon (roziyallohu anhu) va Alini (roziyallohu anhu) yaxshi ko'rgan
va mahsiga mash tortishni to'g'ri bilib, ummatdan birontasini bir gunoh uchun kofirga
chiqarmagan, qadarning yaxshi va yomonligi Allohdan deb, Alloh haqida biron narsa
demagan va xurmo nabizini haromga chiqarmagan odamlar", deb aytdilar". Vallohu
a'lam.
Do'stlaringiz bilan baham: