Bo’stonul orifiyn.
Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
100
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Kishi risola (xat) yozsa, uni muhrlashi lozim,
chunki
shubhani ketadi, odat ham shunday bo'lib kelgan va bu haqda xabarlar bor. Ibn Abbos
(roziyallohu anhumo): "Maktubning hurmati uni muhrlashdir", deganlar.
Umar ibn
Xattob (roziyallohu anhu): "Qaysi maktub muhrlanmagan bo'lsa, u jildlangandir" va
yana: "Qaysi sahifa muhrlanmagan bo'lsa, bas, u jildga solingandir", deganlari rivoyat
qilingan. Oldingilarning odati shu ediki, kotib falonchidan falonchiga deb o'zidan
boshlardi. Umar (roziyallohu anhu) xalifaga xat yozganlarida o'zidan boshlaganlari va
hokimlarga, o'zlaringdan boshlanglar, deb maktub yozganlari rivoyat qilinadi. Vaki' ibni
Dovuddan, u Abdulloh ibn Muhammad ibn Sirindan rivoyat qiladi:
Abdulloh safar
qilmoqchi bo'lganida otasi Muhammad ibn Siyrin unga: "Agar menga maktub yozmoqchi
bo'lsang, o'zingdan boshla, chunki agar sen mendan boshlasang, maktubingni
o'qimayman", dedilar.
Robi' ibn Anas: "Biror bir kishi hurmatda Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) ulug'roq
emas. Agar
sahobalar u zotga xat yozsalar, o'zlaridan boshlardilar", deydi. Ibn Siyrin
aytadilarki, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Forslar maktub yozsa, ulug'lari va
kattalaridan boshlaydi. Bas, sizlar o'zlaringdan boshlanglar", dedilar.
Ammo maktubni undan (maktub yozilayotgan kishidan) boshlasa ham, joiz, chunki
ummat hammasi shunga ijmo' qilgan. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ummatim
zalolatga jam bo'lmaydilar", deganlar. Bas, ummat shunga jam bo'lgan ekan, demak,
unda foyda ko'rganlar. Oldingi rivoyatlar esa, mansuh bo'lgan. Darhaqiqat, biz
ummatning ijmosi bilan oyat nasx bo'lganini ko'rdik, xuddi Alloh taoloning:
"Agar juftlaringizdan birontasi kofirlar tomonga o'tib ketsa-yu (ammo ular o'sha xotin
uchun berilgan mahrni uning eriga qaytarib bermasalar), so'ng sizlar o'ch olsangizlar
(ya'ni u kofirlar bilan urushib g'alaba qilsangizlar va o'ljalar olsangizlar), u holda (o'sha
o'ljalardan) juftlari (kofirlar tomonga o'tib) ketgan kishilarga
ular sarflagan mahr
miqdorini beringlar!" (Mumtahana, 11) degan so'z ummatning ijmosi bilan mansux
bo'lganidek. Endi ohad xabarni ijmo bilan tark qilish avloroqdir.
Rivoyat qilinadiki, Hasan maktub u kishining nomi bilan boshlanishida ziyon
ko'rmasdilar.
Faqih aytadilar: Bizning zamonamizda maktubni
uning nomi bilan boshlab, so'ng
o'zinikini yozishi yaxshidir, chunki o'zinikidan boshlash xat yozilgan kishini mensimaslik
va unga takabburlik qilish sanaladi. Ammo quliga g'ulomiga xat yozsa, o'zidan
boshlayversin.
Kishi salom kabi maktubga ham javob qaytarish lozim bo'ladi.
Ibn Abbos maktubga
javob qaytarishni salomga alik olishdek vojib bilardilar. Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam): "Bir-birlaring bilan maktub orqali bog'laninglar, garchi diyorlar uzoq bo'lsa
ham", deganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: