Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

78-bob 
Rashk haqida 
Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Mo'min kishi rashkchi bo'lishi kerak. Biror erkak 
yoki ayolning fahsh ishlarini bilsa, hech rozi bo'lmasin. Agar qodir bo'lsa, qo'li bilan 
qaytarsin, bo'lmasa, tili bilan. Hech bo'lmasa, qalbi bilan yomon ko'rsin. 
Zayd ibn Aslam Payg'ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam): "Rashk iymondandir, 
oilasidagi fahsh ishlarga rozi bo'lish esa, munofiqlik alomatidir", deganlarini rivoyat 
qilganlar. 
Abdulloh ibn Mas'ud (roziyallohu anhu) deydilar: "Kishining malomatga loyiq eng yomon 
sifati rashkchi bo'lmaganidir. Birortangizning onasi yoki ayoli bozor va majlislarda 
odamlar ko'p to'plangan joyga chiqishidan uyalmaydimi?" 
Mug'iyra ibn Sho''ba rivoyat qiladilar: Sa'd ibn Ubodaning: "Agar biror kishini xotinim 
bilan birga ko'rsam, qilich bilan kallasini kesib tashlar edim", degan gapi Payg'ambarga 
(sollallohu alayhi vasallam) etganida: "Sa'dning rashkidan ajablanayapsizlarmi? Allohga 
qasamki, men undan-da rashkchiroqman, Alloh taolo esa, mendan-da rashkchiroqdir. 
Shuning uchun ham U fahsh ishlarni harom qilgan. Alloh taolodan ko'ra uzrni yaxshi 
ko'radigan biror zot yo'q, shu sababdan ogohlantiruvchi, xushxabar beruvchilarni 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
(payg'ambarlarni) yubordi. Alloh taolodan ko'ra maqtovni yaxshi ko'radigan biror kishi 
yo'q, shuning uchun ham jannatni va'da qildi", dedilar". 
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) aytadilar: "Menga ayollaringizning ba'zi bir hojatlari 
uchun bozorga chiqayotganlarining xabari etdi. Rashkchi bo'lmagan kishini Alloh yomon 
ko'radi". 
Faqih (rahimahulloh) deydilar: Alloh va Uning rasuliga dayuslardan ko'ra yomonroq kishi 
yo'q. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taolo dayus va dayusani 
la'natlasin", deganlar. Dayus – xotinining fahsh ishlariga rozi bo'luvchi erkakdir. 
Shuningdek, erining fahsh ishlariga rozi bo'luvchi xotin – dayusadir. 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish