www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
Botir firqa yonboshladi. Qayta quruvchilarni o‘yladi. Xayolidan ajab-ajab gaplar o‘tdi.
«Biz uchun bor e’zoz-ehromlarni nobud etmoqdalar. Ulug‘ siymolarni inkor etmoqdalar.
Tabarruk bisotlarni tortib olmoqdalar, — dedi. — O’zi... bisotda biror nima qoldimi?
Menda, manavi... kampirim qoldi! Bor-yo‘q bisotim — kampirim. Topgan-tutgan xazinam
— kampirim. Suyangan qanot-quyrug‘im — kampirim».
Botir firqa kampiriga tikilib o‘yladi. Kampiriga tikilib so‘zladi:
— Kampir, shu qayta quruvchi demokratlar bir kun emas, bir kun... kommunistlar,
kampirlaringni topshiringlar, deb qolsa-ya!
— Nima-nima?
— Kommunistlar, kampirlaringni olib kelib topshiringlar, deb qolsa... nima qilamiz?
Kampiri sokin kuldi. Bosh chayqab kuldi. Og‘iz ushlab kuldi.
— Har narsa deyavermang, rais bova. Daqqiyunusdan qolgan kampir kimga kerak?
— Iya, o‘ttiz to‘qqizinchi yildan qolgan ordenni topshir, degan qayta quruvchi...
kampiringni topshir, demaydimi?
Kampiri ketiga chalqayib-chalqayib kuldi.
61
«Bular buncha baqiradi? Og‘iz faqat shularda bormi? — deya o‘yladi Botir firqa. —
Gapingda maza-matra bo‘lsa, baqirma. Odamga o‘xshab gapir. Odatda, boshida aql-
farosat yo‘qlar baqirib-chaqiradi. Baqirib-chaqirish esa... ojizlik alomati!
Bular bu ojizlik bilan... nimani qayta quradi? Qanday qayta quradi? Qachon qayta
quradi?
Qayta quruvchilar oldin o‘tmish-kechmishini unutdi. O’zlarini kimligini unutdi. Endi esa...
kelajagini-da unutdi!
Kelajak qaytib kelmaydi!
Kelajaqda el-yurt nima bo‘ladi? O’zlari kelajaqda kim bo‘ladi?
Bilmaydi, birovi-da bilmaydi. Kelajakni bilish uchun — o‘tmishdan saboq olish kerak. Ana
shu saboqlar zaminida kelajak rejalarini tuzish kerak.
O’tmishsiz kelajak yo‘q!
O’zbek ziyolilari nega bechora bo‘lib qoldi? Nega g‘arib-benavo bo‘lib qoldi? Nega
mushtipar bo‘lib qoldi?
Boisi, ziyolilar... o‘zini yo‘qotdi! O’zini ziyoliman deb yuruvchilar olomon bo‘lib qoldi.
O’zini olim deya, ko‘krak keruvchilar soyaga o‘xshab qoldi. O’zini arbob deya, ko‘kragiga
uruvchilar qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldi.
Ziyolilarni... bir guruh o‘ngga boshladi. Bir guruh chapga boshladi. Ziyolilar ertalab
o‘ngga bordi, peshinda chapga bordi. Qayta quruvchilar nima desa — bosh irg‘ab o‘tirdi.
Chapak chalib o‘tirdi!
Oqibat, ziyoli o‘z yuzini yo‘qotdi. O’z so‘zini yo‘qotdi. O’z yuzi yo‘q, o‘z so‘zi yo‘q odam...
ziyoli bo‘larmidi?
Endi nima bo‘ladi? Qayta quruvchilar ziyolilarni chiqitga chiqarib tashlaydimi? Qaerga
olib borib tashlaydi? Ziyolilar hali sog‘-omon-ku? Sog‘-salomat ziyolini chiqindiga tashlab
bo‘ladimi?»
Botir firqa yig‘ilishda bo‘lmish gaplarni bir-bir yodladi. Gaplarni o‘zicha mushohada etdi.
— Mana bu zotlar ziyoli emas! Yo‘q, ziyoli emas! Bular xalqdan chiqqan odamlar...
«Madiev shunday dedimi? Ha, Madiev shunday dedi, — o‘yladi Botir firqa. — Xo‘p,
Madievchasiga ham boraylik. Chin, biz xalqdan chiqdik. Chin, biz shunchaiki odamlar.
Xo‘p, odam shunchaiki bo‘lmay, qanchaiki bo‘ladi? Xo‘p, odam xalqdan chiqmay,
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |