Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc



Download 420,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/105
Sana11.03.2023
Hajmi420,67 Kb.
#918227
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
75
kiydirdi. Baxmal shlyapa kiydirdi. 
Kitel-kostyumga Mehnat Kizil Bayroq ordenini taqib qo‘ydi. 
— Nega shu ordenni taqyapsiz, rais bova? — dedi. 
— Yig‘ilish «O’zbekistonda suv xo‘jaligi ishlari» deb atalar emish. 
— Ha-a, shu ordenni Katta Farg‘ona kanalidan olib edingiz-a? 
— Shunday, Katta Farg‘ona kanalidan olib kelib edim. 
— Shungayam, kim qancha vaqt bo‘ldi-ya? 
— O’ttiz to‘qqizinchi yilda edi. Avji saratonda boshlab, sumbula tuqqanida qazib bo‘lib 
edik. 
— Qayta quruvchilar Katta Farg‘ona kanali kunini o‘tkazar emishmi? 
— Bu bir gap. Aslida, qayta quruvchilar gapni Orol dengiziga olib kelib ulamoqchi. 
— Orolga ulasa, sizga nima. Siz xizmat qilib qo‘ygansiz. Mana isboti — orden! 
— Iya, ha-da, ha! Katta Farg‘ona kanalini qirq besh kunda qazib tashlaganmiz, qirq 
besh kunda! Yana-tag‘in, ketmon bilan qaziganmiz, faqat ketmon bilan! U vaqtlarda 
texnika qaerda edi! 
— Ordeningiz uzukni ko‘ziday yarashib turibdi. O’zingizni ordeningiz ekanligi 
shundaygina ko‘rinib turibdi. Faqat shu... ust-boshingiz ajabtovur-da, rais bova. 
— Ust-boshimga nima qipti? Manavi galife shim frantsuz generali Galife nomi bilan 
ataladi. Bir so‘z bilan aytsak, men frantsuz generali Galife nomi bilan ataluvchi shim 
kiyaman! Manavi ukraincha ko‘ylak. Xrushchevskiy ko‘ylak! 
— Bilaman, bilaman. 
— Bir vaqtlar, bunaqa ukrainskiy ko‘ylak faqat... ikki kishida bor edi, ikki kishida! 
O’rtoq Xrushchevda bor edi va ... menda bor edi! 
— Bilaman, bilaman. Endi, shu ust-boshni... vaqti o‘tib qoldimikin deyman-da? 
— Vakti o‘tmaydi. Men bor — galife shim bor, men bor — ukrainskiy ko‘ylak bor! 
— Qayta quruvchilar... kulmasa edi, deyman-da? 
— Qayta quruvchilar — boshsiz chavandoz! Demokratlar — boshsiz chavandoz! Qayta 
quruvchi demokratlar qayoqqa ketyapti, nega ketyapti — o‘zlariyam bilmaydi! Qayta 
quruvchi demokratlar o‘zlarini o‘zlari hurmat qilmaydi. Qayta quruvchi demokratlar o‘z 
qadr-qimmatlarini bilmaydi, o‘z izzat-obro‘larini bilmaydi. Shu bois, qayta quruvchi 
demokratlar... o‘zlariga ishonmaydi, safdoshlariga ishonmaydi. Oqibat, huzur-halovatini 
yo‘qotadi, jig‘ibiyron bo‘ladi. Oqibat, o‘zini ko‘z-ko‘z etish, otashin nutqlar so‘zlash — 
qayta quruvchi demokratlar uchun tasalli-taskin bo‘ladi. Oqibat, qayta quruvchi 
demokratlar uchun mansab-martaba, shon-shuhrat — dori-darmon bo‘ladi. Shunday 
ekan, qayta quruvchi demokratlar kuladimi, yig‘laydimi — sadqai sarima! 
— Xo‘p, yaxshi borib keling, rais bova. 
Botir firqa yo‘lda tevarak-atrofni tomosha etib yurdi. To‘xtab-to‘xtab yurdi. Pichir-pichir 
etib yurdi. 
Lenin haykali qabatidan o‘tdi. Haykal qabatida oyoq ildi. Baxmal shlyapasini boshidan 
oldi. Lenin haykaliga qarab... bosh egdi. Lenin haykaliga qarab... bosh irg‘adi. 
— Salomlar bo‘lsin, o‘rtoq Lenin! — dedi. 
Shlyapasini boshiga qo‘ndirdi. Yo‘lida davom etdi. 
Yig‘ilishda odam mo‘l bo‘ldi. 
Botir firqa bir chetdan joy oldi. Shlyapasini tizzasiga kiydirdi. Tanish-bilishlar bilan bosh 
irg‘ab salom-alik etdi. 
Raislik etuvchi kirish so‘zi bilan yig‘ilishni ochdi. 
Birinchi bo‘lib Madiev so‘zladi. 
— Xonimlar va janoblar! — dedi Madiev. — Jamiyat qanday bo‘lsa, inson ham shunday 
bo‘ladi. Jamiyat qanday bo‘lsa, hukumat ham shunday bo‘ladi, huquq-tartibot ham 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish