www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
yashaydi, deb aytildi. Dunyo bo‘ylab bir sharpa — kommunizm sharpasi kezib yurib-di,
deyildi. Sizni xonadoningazda esa... isiriq kezib yuribdi, isiriq! Qanaqa odamsiz, o‘zi?
— Xo‘p, uzr.
— KPSS programmasida kommunizmga ta’rif berildi. Kommunizm — erkin va ongli
mehnatkashlarni yuksak darajada uyushgan jamiyatidir, taraqqiy etgan jamiyatidir,
deyildi. Ana shunday jamiyatda... janozaga balo bormi?
— To‘g‘ri, lekin... musulmonchilik, uvol-savob, degan gaplar bor.
— Mashinaga kiring. Mana, ruchka, mana, qog‘oz. Yozing: tilxat...
To‘raqulov... janozasiz ko‘mildi.
28
Jamoat sudi shahar madaniyat uyida bo‘ldi.
Sud raisi — madaniyat uyi direktori sahna to‘rida o‘tirdi.
Sud hay’ati a’zosi Botir firqa raisni qabatidan joy oldi.
Aybdor sahna bilan zal oralig‘ida o‘tirdi.
Zal deyarli to‘ldi.
Ana shunda rais jarayonni boshladi. Rasmiy bo‘limdan keyin maqsadga o‘tdi. Aybdorga
so‘z berdi.
O’rtada o‘tirmish aybdor joyidan qo‘zg‘oldi. Bir sahnaga qaradi, bir zalga qaradi. Vazmin-
vazmin so‘zladi. Sipo-sipo so‘zladi:
— Men, jurnalist Madiev... redaktsiya topshirig‘i bilan komandirovkaga borib edim,
qaytishimda ob-havo yomonlashib, samolyot ucholmay qoldi. Aeroportda uyoqqa
yugurdim, buyoqqa yugurdim. Nima qilishimni bilmadim. Redaktsiyaga telefon qildim.
O’sha kuni hamma paxtaga ketgan ekan, hech kim telefonni olmadi. Paxta vaqtida
bunday yurish yomon oqibatlarga olib kelishini o‘yladim. Bir o‘rtog‘imga telefon qildim.
«Shahar huvillab yotibdi, hamma paxtaga ketgan», dedi o‘rtog‘im.
«Biror-bir rahbarga uzrimni aytib qo‘ymoqchiman», dedim men. «Shahar bo‘yicha faqat
obkom sekretari Rajabovni derazasi yorug‘ bo‘lib turibdi. Boshqa rahbarlar dalada
yuribdi», dedi o‘rtog‘im. Men o‘ylab-o‘ylab, aeroportdan oblast partiya komitetini birinchi
sekretari Rajabovni qabulxonasiga telefon qilmoqchi bo‘ldim. Lekin tortindim. Obkom
sekretarini telefonda bezovta qilish odobdan emas, deb o‘yladim. Keyin, o‘rtoq Rajabov
nomiga srochniy telefonogramma berdim.
— Nega aynan o‘rtoq Rajabovga telegramma berdingiz? Axir, o‘rtoq Rajabov sizning
redaktoringiz emas-ku? — dedi rais.
— Bosh redaktorimiz paxtada ekan-da. Qolaversa, gazetamiz obkomni organi. O’rtoq
Rajabov bizning eng katta boshlig‘imiz hisoblanadi. Shu sababli, katta boshlig‘imizga
telegramma berdim. Boshliqqa telegramma berish ayb emas-ku? Qaysi aybim uchun
meni jamoatchilik sudiga qo‘yayapsizlar?
— Qaysi aybingiz uchun? Hali, aybingizni bilmaysizmi?
Rais bir telegrammani boshi uzra ko‘tardi. Telegrammani tantanali suratda chapga
ko‘rsatdi, o‘ngga ko‘rsatdi. Keyin, telegrammani o‘qib berdi:
— «Ya, korrespondent Madiev... zaderjivayus!»
Zal birdan jonlandi.
Bir partiya aktivi bosh chayqadi. Bir partaktiv lablarini cho‘chchaytirdi. Tag‘in bir
Do'stlaringiz bilan baham: |