26
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
Tushdan keyin qabulga kiruvchilar ado bo‘ldi.
Raykom Esonov kerishib-kerishib yayradi. Emin-erkin bo‘ldi.
Bir choynak choy buyurdi.
Choyni kotiba qiz emas... Obod Mirzaxo‘jaeva ko‘tarib kirdi.
Raykom Esonov ajablanib qoldi. Joyidan turib bordi. Mirzaxo‘jaevani qo‘lidan choynakni
olmoqchi bo‘ldi.
Ammo Mirzaxo‘jaeva ko‘nmadi. Choyni o‘zi olib keldi. Choynak qoshida o‘tirdi.
Raykom Esonov Mirzaxo‘jaeva bilan yuzma-yuz o‘tirdi. Undan hol so‘radi.
Mirzaxo‘jaeva choy qaytara-qaytara bosh irg‘adi. Choy suza-suza javob berdi. Bir piyola
choydan keyin maqsadga o‘tdi.
— Bir bola bor, Botir Esonovich, — dedi_. — O’zi Moskvani bitirib kelgan. Gazetada
ishlaydi. O’sadigan bola. Shoir!
— Shoir? Zo‘r-ku!
— Zo‘r bo‘lgandayam, ulay-bulay zo‘r emas. Labbaygo‘y emas. Sarkash shoir. Yangi
oqim shoiri. Frantsuz avan-gardizmi... deydimi... Ana shunday avangard shoir!
— Siz frantsuz avangardizmini qaerdan bilasiz, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva? — deya jilmaydi
raykom Esonov.
— Men tushunmayman, Botir Esonovich. Qizimdan eshitaman, qizimdan.
— Aytganday, qizingiz shoira bo‘ldi-a?
— Ha, she’r yozadi. She’rlari qo‘shiq ham bo‘ldi.
Raykom Esonov ko‘zlarini pirpiratdi. Ko‘zlarini olib qochdi. Derazaga qaradi. Undan
chinorlarga qaradi. «She’rlari qo‘shiq bo‘libdi. Qizingizni o‘zi kim bo‘libdi?» — degisi
keldi. Boisi, Mirzaxo‘jaevani ana shu kizi haqida uzun-kalta gaplar eshitdi. Yaxshi-yomon
gaplar eshitdi. — Ammo-lekin shunday faollarimizni qizi ishqboz bo‘lsa, boshqalardan
nima umid, nima xayr? — dedi raykom Esonov. — Kimsan, ilg‘or faol Obod
Mirzaxo‘jaevani qizi nopok yo‘llardan yursa. O’zidan so‘rasammikin? Uyat, ming qilsa-da,
onasi. Hartugul, bir ilmoqli gap otib ko‘ray. Qizidan xabari bo‘lsa — yarasini yoradi».
— Hozirgi yoshlar... o‘yinqaroq bo‘lib qoldi, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva.
— Zamoni kelibdi, o‘ynab-kulsin-da, Botir Esonovich.
— Chekish, ichish...
— Bizni Dilya ham chekadi. Ichishini bilmadim. To‘y-ma’rakalarda ichadi, deyishadi.
Men hali ko‘rmadim.
— Sovet xotin-qizlari chekmasligi kerak, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva. Chekish-ichish sovet
xotin-qizlarini axloq-odob normalariga to‘g‘ri kelmaydi.
— Xotin-qizlarni chekib-ichishi eskichagayam to‘g‘ri kelmaydi, Botir Esonovich. Dilyaga
ko‘p aytdim. Chekma-chekma, dedim. Qayda, foydasi bo‘lmadi.
— Bir so‘z bilan aytsak, xotin-qizlarimizda kommunistik axloqqa zid qiliqlar ko‘payib
ketmoqda.
Raykom Esonov shunday deya, ko‘z qiri bilan Mirzaxo‘jaevaga razm soldi:
Mirzaxo‘jaevada o‘zgarish sezmadi.
«Demak, qizini... ishqboz ekanini bilmaydi, — dedi raykom Esonov. — Qizidan xabari
yo‘q. Bo‘lmasa, qizarib-bo‘zarar edi. Ganini yo‘qotib qo‘yar edi. Mayli, ishqbozlik dardi
shaxsiy masala».
— Mayli, yoshlarni o‘zi biladi. Xo‘sh, shu qizingiz?
— Shu qizim tushuntirib turadi. Shu bola yetuk avangard shoirimiz, deydi.
— Tushundim, xo‘sh?
— Shu bola necha yildan beri partiyaga o‘tolmay yuribdi ekan. O’rin yo‘q, deyishar
ekan.
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |