Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
tiliga nima keladi, ana shuni aytadi. Aytgandayam, telbalarcha aytadi, surbetlarcha
aytadi. Shu sabab, shizofreniya — partiya-hukumat uchun
bamisoli bemahal qichqirgan
xo‘roz bo‘ladi.
— Io‘q-e, unchalik emasdir?
— Shunchalik, Botir Esonovich, mana shu... Madievchalik! Xo‘-o‘sh, paranoyya — bu
muntazam davom etadigan ruhiy parokandaliqdir. Bunda, bemor vosvos holatda hayot
kechiradi. Vosvoslik uzluksiz davom etadi. Bu dardga chalingan bemorga kim qarshi
gapirsa, ana o‘sha odamni o‘ziga dushman deb biladi. Sovet
meditsinasi taraqqiy etib,
shizofreniya bilan paranoyyaning yangi-yangi turlari ochildi. Akademik Snejnevskiy
«vyalo protekayuvdaya shizofreniya» — sekin-asta, ko‘zga chalinmay dardmand
etadigan shizofreniyani kashf etdi. Bu o‘ta xavfli kasallikdir. Akademik Snejnevskiy
kashfiyotining buyukligi shundaki, bu diagnozni... man-man
degan odamni peshonasiga
yopishtirib... psixbolnitsaga o‘tqizsa bo‘ladi. Bu diagnoz sovet meditsinasi uchun... o‘ta
qulay diagnozdir. Chunki insonparvar sovet davrida... g‘ayritabiiy fikrlovchilar bo‘lishi
mumkin emas, hardamxayollar bo‘lishi mumkin emas. Partiyaviy til bilan aytganda,
oramizda «inakomnslyayushie dissident»larga o‘rin yo‘q!
— Shunday, shunday.
— O’ziga bino qo‘yish, o‘ta tajanglik, o‘ta ta’sirchanlik, har narsani ko‘ngliga olish...
ruhiy kasallik simptomlari! Shizofreniya! Paranoyya! Mana, bemor Madiev... o‘z vatanini
rad etish dardi, o‘z vatanidan kechmoqchi bo‘lish dardi, o‘z vatanini tark etmoqchi bo‘lish
dardi! Bemor qonunga xilof ravishda o‘z ona vatanidan
chet elga chiqib ketmoqchi
bo‘lgan.
— Chet elga ketmoqchi bo‘lgan?
— Ha, chet elga qochib ketmoqchi bo‘lgan.
— Iya-iya...
— O’zini chet el razvedkachisiman, degan.
— Iya-iya...
— Xullas, chet elga qochib ketmoqchi bo‘lib yurganda... fosh bo‘lib qolgan!
— Iya-iya... Tuppa-tuzuk bola edi-ya! O’sadigan kommunist edi-ya! Hay, attang,
sizlarga tushib qolibdi.
— Gap bizda emas. Madiev kundalik turmushda o‘zi shunday bo‘lgan.
— Siz Madievni qaerdan bilasiz?
— Qaerdan bilardim, ishonchli manbalardan bilaman. Mana, oblast partiya
komitetining birinchi sekretari o‘rtoq Rajabovning raporti. Jamoatchilik sudi, xalq
militsiyasining hujjatlari. Inkor etib bo‘lmas hujjatlar! Biz ana shu hujjatlar asosida...
diagnoz qo‘ydik! Kommunistik partiya so‘zi — diagnoz! Kommunistik partiya diagnozi —
sovet meditsinasi diagnozi!
Botir firqa joyidan qo‘zg‘oldi. Kabinetni ichkaridan qulflab keldi. Bosh vrach ro‘parasidan
joy oldi. Vrach bilan betma-bet bo‘lib o‘tirdi. Samimiy gap ochdi:
— Uka, shaxsan men o‘zim sizni kommunistik partiya safiga qabul qildim. Shu
darajaga ko‘tarilishingiz uchun xiyol bo‘lsa-da,
ulushim bor, deb o‘ilayman.
— Albatta, Botir Esonovich, albatta. Meni partiyaga o‘tqazmaganingizda, bosh vrachlik
kreslosi qaerda edi?
— Rahmat, uka, rahmat. Hali, yana qo‘llab-quvvatlayman. Endi, mana shu kasalxona
rayonimiz territoriyasida ekanidanmi yo sizni qo‘llab-quvvatlashimni bilganidanmi, o‘rtoq
Rajabov meni jo‘natdi. Shaxsan o‘zlari jo‘natdi!
—
Bajonidil, kommunistik partiya nima desa shu, bajonidil.
— Yashang, partiya chizig‘idan chiqmasangiz, kam bo‘lmaysiz. Gap oramizda qolsin:
mana shu Madievni chiqarib yuboring. Faqat birov bilmasin.