BOB. TANDA IPLARINI UZATISH VA TARANGLASH
To'quv g'altagidan chuvalib chiqqan ip uzunligi ( lt), undan hosil bo'lgan to'qima uzunligiga (lto'q) muvofiq kelishi kerak. To'quv g'altagidan uza- tilayotgan tanda ipini uzunligi to'qimani tanda bo'yicha qisqarishiga (at) va to'qimayb arqoq bo'yicha zichligiga (Ra) bog'liq.
lm
lto'q
a
1
a
(1 m ) P (1 m )
100 a 100
To'qima hosil bo'lishi jarayonida tanda iplari ma'lum miqdordagi ta- ranglikka ega bo'lmog'i lozim, bunday taranglik taxtlash tarangligi deyiladi va u to'qima tuzilishiga, jipslashtirish kuchiga ta'sir qiladi.
Tanda uzatish va taranglash mexanizmlariga qo'yiladigan texnik va texnologik talablar:
to'quv g'altagiga o'rama diametri kamaygani sari tanda iplari tarangligi doimiyligini saqlash;
jarayon davomida ishchi tsikldan tsiklgacha bo'lgan taxtlash tarangligini doimiyligini saqlash;
ichki tsikldagi taranglikni nazorat qilish;
qisqa muddatli yurgizish-to'xtatish vaqtida hosil bo'ladigan (yurgizish yo'lak- chasi) nuqsonlarini kamaytirish uchun tanda tarangligini va to'qima cheti xolati doimiyligini saqlash;
o'rama diametri kamaygani sari dastgohning taxtlash chizig'ini doimiy saqlash;
to'qima hosil bo'lish zonasiga aniq uzunlikdagi tanda ipini etkazib berish.
Tayyorlov bo'limida oxorlangan tanda iplari maxsus katta to'quv g'altaklariga o'ralib, to'quv bo'limiga keltiriladi. To'quv g'altaklari asosan tsilindrik metall quvur shaklida bo'lib, ikki tomoniga gardishlar o'rnatilgan. To'quv g'altaklariga o'ralgan
tanda iplari soni, ularning uzunligi va o'ram zichligi to'qiladigan to'qima tuzilishi va tarkibiga bog'liq.
To'quv g'altagi tanda uzatish va taranglash mexanizmning asosiy qismi bo'lib, unga o'ralgan iplar sifati, g'altak qismlarining yaxshi xolatda bo'lishi ish unum- dorligini oshirishda katta axamiyatga ega. G'altakga iplar qat'iy tsilindr shaklida o'ralishi, o'ramlarda ezilgan va bo'rtib chiqqan joylari bo'lmasligi kerak.
Dastgohga o'rnatilgan to'quv g'altagidan to'qimaning bir elementi hosil bo'lish- iga sarflanadigan tanda ipi ma'lum taranglikda uzatib turiladi. Tanda ipi tarangligi to'qima turiga qarab har xil bo'lib, uning qiymati tajribadan aniqlanadi. Iplarning tarangligi etarli bo'lmasa, to'qimada arqoq iplar bo'yicha zichlik ham etarli bo'lmay qolishi mumkin. Tandaning taranglik darajasi iplarning uzilishiga bevosita ta'sir qiladi: uzilishlar soni ko'payib ketishiga sabab taranglikning ortishi ham, kama- yishi ham bo'lishi mumkin.
Taranglik kamayib ketsa, homuza hosil qilish jarayonida har xil shodalardagi tanda iplari bir tekislikda bo'lmasligi natijasida arqoq tashlagichlar ta'sirida uzilishi mumkin; taranglik ortib ketsa, tanda iplari taranglik kuchi ta'sirida uzilishi mum- kin.
To'quv g'altagida tanda iplari sarf bo'lishi bilan o'ram diametri kamaya boradi, natijada taranglik o'zgarishi va to'qima sifatiga ta'sir qilishi mumkin. Taranglik oshsa, to'qimada arqoq iplari bo'yicha zichlik ortadi, taranglik kamaysa, to'qima tuzilishi va tarkibi notekis bo'lishi mumkin. Har bir to'qima assortimenti uchun bit- ta tanda ipiga to'g'ri keladigan taxtlash tarangligi (cH) o'rnatiladi va ularni taxminiy qiymatlari qo'yida keltirilgan:
Engil ipak to'qimalari uchun 5-15
O'rta og'irlikdagi turli tolali to'qimalar uchun 15-50
Og'ir to'qimalar uchun 50-150
O'ta og'ir to'qimalar uchun (brezent, uzatish tasmalari va x.k.z) 200-500
Do'stlaringiz bilan baham: |