To'qima sifatini nazorat qilish
To'qimani to'quv dastgohida nuqsonlarini tekshirish, o'lchash ko'p vaqtni talab etadi shuning uchun bu ishlarni maxsus saralash, tozalash, o'lchash bo'limida bajariladi. To'qima sifati maxsus davlat standartlari va to'qimani texnik shartlari asosida aniqlanadi. Paxta va ularning aralashmasidan bo'lgan kiyimbop to'qimalarni halqaro standart Gost 21790-2005 bo'yicha, paxtadan va ular aralashmasidan bo'lgan maishiy to'qimalar esa halqaro standart Gost 29298-2005 yordamida aniqlanadi.
Paxta, shtapel va ularni aralashmasidan bo'lgan to'qimalarni (GOST-17- 495-75 va GOST 17-494-75) larda ham aniqlanadi.
To'qimani navlarga bo'lish uchun ularni turlarini guruxlarga bo'linadi:
Xom to'qimaning sifati (navi) soxa (OST) standarti asosida tekshiriladi va baholanadi. OST ga muvofiq barcha to'qimalar quyidagi to'rt guruxga bo'linadi:
1- guruhga qayta tarash sistemasida kalava ipdan to'qilgan to'qimalar, mitkal, satin, moleskin, sarja, kiyimbop va ko'ylakbop to'qimalar, gulli to'qimalar, triko, mebelbop-dekorativ to'qimalar kiradi;
2- guruhga bo'z, grinsbon, polotno, flanel va bayka to'qimalari kiradi;
3- guruhga tualdenor tipidagi to'qimalar, past navli paxtadan to'qilgan to'qima- lar, to'shakbop va jildli tiklar, astarli to'qimalar kiradi;
4- guruhga qirqma tukli to'qimalar kiradi.
To'qima sifatini baholash, ya'ni navini aniqlashda balli sistemadan foydala- niladi va u to'qimaning fizik-mexanik xossalari hamda tashqi ko'rinishidagi nuqsonlar bo'yicha berilgan ballarning umumiy yig'indisi bilan aniqlanadi.
I nav uchun to'qima to'pining shartli uzunligiga yo'l qo'yiladigan eng ko'p jarima ballari yig'indisi– 10, II nav uchun – 30.
To'qima bo'lagining quyidagi shartli uzunligi qabul qilingan: eni 90 sm gacha bo'l- gan xom ip gazlamalar uchun 40 m; eni 90 dan 110 sm gacha bo'lganlari uchun 30 m; 110 sm dan enli bo'lganlari uchun 23 m; qirqma tukli gazlamalr uchun 20 m.
To'qima tashqi ko'rinishga va uning fizik-mexanik ko'rsatkichlarini standartga to'g'ri kelishiga qarab ballar yig'indisini shartli (uzunlikga) bo'lakga nis- batan aniqlanadi. 10.1- jadvalda to'qima navini ijozat etilgan ballarga nisbatan navlari keltirilgan. Hisoblash – navlarga ajratish bo'limida to'qimalar o'lchanadi va to'qilgan gazlamalarning umumiy miqdori, shuningdek har bir to'quvchi to'qigan gazlamalar miqdori hisobga olib boriladi.
10.1-jadval
To'qima navini ijozat etilgan ballarga bo'yicha navlari
Do'stlaringiz bilan baham: |