Mexanizmni sozlash. Ip uzilganda uzuqlarni topish, bartaraf etish amal- larini osonlashtirish va tanda ipi tarangligini ip sifatiga ta'sirini kamaytirish (o'rta holatdagi ip tarangligi homuza hosil qilish va jipslash jarayoni nisbatan kam bo'ladi) maqsadida dastgohlarni o'rta holatda to'xtaydigan qilib rostlanadi.
SHuning uchun mexanizmni rostlashda bosh val 0° ga keltiriladi. SHu paytda kulachok 13 katta radiusi bilan richag 11 roligiga ta'sir etishi kerak. Bolt 10 bilan planka 9 orasidagi masofa 6 -8 mm, bolt 17 bilan sirg'a 18 oralig'i esa
0,2- 0,4 mm bo'lishi kerak.
Nazoratchining to'g'riligini tekshirish uchun dastgohni yurgizib to'xtatish kerak. Agar dastgoh kechroq to'xtasa kulachokni 13 soat strelkasi harakatiga teskari tomonga, agar tezroq to'xtasa, soat strelkasi harakati bo'yicha burish kerak. Agar kulachok 13 to'g'ri o'rnatilgan bo'lsa-yu, lekin bosh valning burilish burchagi dastgohni to'xtatish jarayonida 20° dan oshsa, unda yuritma mexanizmining tormozi etarli ta'sir etmagan bo'ladi va bu holda tormozni tu- zatish kerak.
Tanda iplari uzilmasa ham dastgoh to'xtaydi, bunday bo'lishiga asosiy sabab: elektr sxemasining buzilishi, dielektrikning teshilishi, plankaning 9 o'z vaqtida avvalgi joyiga qaytmasligidir. Oxirgisiga prujinaning bo'shashishi yoki elektromagnit qutisiga yog' tushishi sabab bo'lishi mumkin.
Ip uzilsa ham dastgoh to'xtamaydi: bunda to'qimada «tandasizlik» nuqsoni va iplarning bir-biri bilan chuvashib to'qimada o'rilish naqshini buzilish nuqsoni paydo bo'ladi. Bunga sabab bolt 10 bilan planka 9 va bolt 7 bilan sirg'a 18 orasidagi maso- falarning ortishidir yoki lamellarning zichligi normadan oshib ketishidir.
Elektrik tanda nazoratchisi mexanizmida quyidagi shartlar ba-jarilganda u aniq ishlashi mumkin:
ichki reyka bilan tashqi reyka o'rtasidagi izolyatsiya materiali shi- kastlanmagan, teshilmagan bo'lishi kerak:
lamellar ostidagi panjarani doimo changdan tozalab turish kerak;
ichki reykaning chang, ohor bilan ifloslanishiga yo'l qo'y-
maslik kerak;
xamma reykalar ikki tomonidan bir xilda siqilib turi-
shi kerak;
lamellar tanda iplarining chiziqiy zichligiga mos qilib
tanlanishi kerak;
tashqi va ichki reykalarning yuqori qismi butun, eni bo'yi-
cha to'g'ri joylashgan bo'lishi kerak;
tanda nazoratchisi ramkasi bir tekislikda yotishi, qiyshiq o'rnatil- masligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |