Arqoq nazoratchisining vazifasi homuzada arqoq ipining mavjudligini nazorat qilishdir. Agar homuzada arqoq ipi bo'lmasa, nazoratchi to'quv dastgohini to'xtatishga signal beradi va dastgoh to'xtatiladi. Mokili dastgohlarda esa avtomatik arqoq almashtiruvchi mexanizmini ishga tushiradi. Mokili dastgohlarda to'qimaning xususiyati va unga qo'yiladigan tal-
ablarga qarab arqoq nazoratchisi sozlanadi.
Mokisiz dastgohlarga mexanik yoki elektrik arqoq nazoratchilari o'rnatiladi.
Mokili dastgohlarda ikki xil: chetki va markaziy arqoq nazoratchilari o'r- natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |