Lamel markasi
|
Ipning chiziqli Zichligi
(teks)
|
100ta lamel massasi,
grammda
|
Lamellar o'lchami, mm
|
Eni
|
Uzunli-gi
|
Qalin- ligi
|
LE-115
|
11—9
|
115
|
9
|
124
|
0,16
|
LE-160
|
14-11
|
160
|
12
|
124
|
0,20
|
LE-210
|
25-14
|
210
|
12
|
124
|
0,25
|
LE-255
|
41,6-25
|
255
|
12
|
124
|
0,30
|
LE-305
|
66-4,16
|
305
|
12
|
124
|
0,36
|
8.2-jadval
Lamellarning og'irlini aniqlash jadvali
8.3-jadval
Lamellar zichligi
Optik tanda nazoratchisi
Optik tanda nazoratchisining asosiy afzalligi moslamada lamellarni bo'lmasligi va buning natijasida tanda iplari bilan lamel orasidagi ishqalanish va qo'shimcha taranglikni paydo bo'lmasligidir (8.5-rasm).
8.5-rasm. Optik tanda nazoratchisi
241
Optik tanda nazoratchisi tanda iplari ostiga o'rnatilib, lazer nuri bir tomon- dan ikkinchi tomonga nurlanib turadi. Ikkinchi tomonda lazer nurini sezuvchi sen- sor o'rnatilgan. Tanda ipi uzilganda og'irlik hisobiga ip pastga tushadi va lazer nurini kesib o'tadi va optik nazoratchi buni sezib, to'xtatish tizimiga xabar beradi. Ayrim payt uzilgan ip yonidagi ipga o'ralib qoladi va u pastga tushmaydi va mos- lama uzilgan ip haqida xabar bermaydi. Bundan tashqari ip uzilgan ip taranglik ta'sirida orqaga yoki oldinga sakrab ketib, boshqa iplar bilan chalkashishi mumkin va lazer yo'liga tushmasligi mumkin. SHuning uchun optik tanda nazoratchisi chiziqli zichligi yuqori iplarga va tanda bo'yicha zichligi kam bo'lgan to'qimalarga mo'ljallangan.
Avtomatik tanda nazoratchisi
Ayrim to'quv dastgohlariga uzilgan arqoq ipini bartaraf etishni to'liq avtomatlashtirilgan tizimi o'rnatilgan. Uzuqlarni avtomatik bartaraf etish to'liq mikroprotsessorli boshqaruv tizimiga asoslangan. Uzilgan arqoq ipi xomuzadan havo yordamida so'rib olinib, chiqarib tashlanadi va kerakli xomuza topilgach, dastgoh qayta ishga tushiriladi. Xuddi shunday printsipni tanda ipi uzuqlarini bartaraf etishga qo'llashga harakat qilindi (8.6-rasm).
8.6-rasm. Avtomatik tanda nazoratchisi
Qurilma to'liq kompyuterlashtirilgan nazorat qilish tizimi va avtomatik ip o'tkazish moslamalaridan tashkil topgan. Qurilmada tig' tishlaridan ip o'tkazuvchi
avtomatik moslama mavjud bo'lib, u tig' bo'yicha harakat qiladi. SHuningdek qurilmaga ip uzuqlarini avtomatik tarzda topuvchi, uzilgan ipni bog'lovchi moslamalar ham o'rnatilgan. Biroq avtomatik tanda nazoratchisi o'zining murakkabligi va qimmatligi tufayli hali ishlab chiqarishga qo'llanilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |