Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Masofadagi belgilar.
Ular o‘choqli belgilarga nisbatan kech paydo bo‘ladi 
va noturg‘undir, miya shishishi va miya to‘qimasining siljishi natijasida 
likvorodinamikaning buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ko‘pincha ular 2 turdagi 
dislokatsion sindromlar ko‘rinishida kechadi.
1. O‘sma chakka bo‘lagida joylashganida gippokamp pushtasini miya 
chodiri teshigida siqilib qolishi natijasida kelib chiqadi. Bunda miya oyoqchasi va 
uzunchoq miya eziladi, xushning buzilishi fonida ko‘zni harakatlantiruvchi 
nervning (ptoz, midriaz, tashqariga qaragan g‘ilaylik) shu tarafda zararlanishi bilan 
kechadi.
2. Subtentorial o‘smalarda miyacha bodomchalari va miya so‘g‘oni pastki 
qismlari katta ensa teshigiga tiqilishi mumkin. Klinik jihatdan bu sindromlar 
xushni, nafasni, yurak faoliyatini buzilishi, tonik tutqanoqlar bilan xarakterlanadi.
Bosh miya o‘smasining qiyosiy tashhisi miyaning avj oluvchi tomirli 
kasalliklari, anevrizma (ko‘pincha venoz-arterial), miya abstsessi, meningit, 
ensefalit, tuberkuloma, gumma, kraniostenoz va miyaning parazitar kasalliklari 
(sistotserkoz, exonokokkoz) bilan o‘tkaziladi.
Bosh miya o‘smasini tashhisi yaxshi yig‘ilgan anamnez (asta-sekin 
kasallikni boshlanishi, umum miya va o‘choqli belgilarni oshib ketishi) va odatda,
umum infeksion belgilarning bo‘lmasligiga asoslanib qo‘yiladi. O‘smaga shubha 
bo‘lganda orqa miya punktsiyasini ehtiyotkorlik bilan o‘tkaziladi. Chunki yuqorida 
aytilgan dislokatsion sindromlar rivojlanishi mumkin. Tashhisiy usullardan eng 
dolzarbi bo‘lib MRT, KT va kraniografiya hisoblanadi.
Davolash.
 
O‘sma joylashishiga qarab radikal yoki palliativ jarrohlik 
aralashuvi o‘tkaziladi. Radikal operatsiyalarga kasallikning erta davrida yaxshi 
sifatli miyadan tashqaridagi o‘smalarni olib tashlash kiradi. Palliativ operatsiyalar 
operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘smalarda dekompression trepanatsiya ko‘rinishida 
o‘tkazilib, bu likvorotsirkulyatsiyani yaxshilashga imkon yaratadi.
Konservativ davo: ximioterapevtik o‘smaga qarshi vositalar (neotsid, 
tioTEF), gormonlar va rentgenoterapiya yordamchi xarakterga ega.
Hamma hollarda degidratatsion davo o‘tkaziladi. Mannit 10-20% eritmasi 
v/i 0,5-1,0 g/kg vaznga hisobida qo‘llaniladi. Diakarb (fonurit) 0,25 kuniga 2 
mahal, glitserin 0,2-0,5 g/kg vaznga (10-150 ml/sut) ichishga, kortikosteriodlar 


 361
tavsiya etiladi. Nurli davo operatsiyadan keyin, kam hollarda yomon sifatli 
o‘smalarni mustaqil davolash uchun ishlatiladi. O‘smalarni gistologiyasini bilish 
nurli davo tavsiya etishning birdan bir sharti bo‘lib hisoblanadi.
Oqibati: miyadan tashqaridagi o‘smalarni xirurgik va kombinirlangan 
davolagandan keyin (meningiomalar, nevrinomalar, xolesteatomalar va boshqalar) 
to‘liq tuzalishi yoki uzoq davom etuvchi remissiya miya zararlanishining qoldiq 
belgilari bilan kuzatilishi mumkin. Miya ichi o‘smalarida operatsiya qisqa 
muddatga yordam berishi mumkin.


 362

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish