6- rasm.
Orqa miyani sitoarxitek-tonikasi.
1. Orqa shoxning sezuvchi hujayralari
2. Jelatinoz modda
3. Klark hujayralari
4. Simpatik hujayralar
5. Oldingi shoxning harakatlantiruvchi
hujayralari.
Orqa shoxning eng yuqori qismida
liqildoq modda (substantia gelatinosa) joylashgan. Bu modda kichik komissural
hujayralardan iborat bo‘lib, orqa miyaning xususiy hujayralaridir. Orqa shoxlar
asosining medial qismida Klark-Shtilling hujayralari mavjud. Kulrang moddaning
markazida markaziy kanal yotadi, u ependima hujayralari bilan qoplangan.
Markaziy kanalning orqasida joylashgan kulrang moddani orqa kulrang bitishma
(commisura grisea posterior), oldida joylashgan kulrang moddani esa oldingi
kulrang bitishma (commissura grisea anterior) deyiladi. Oldingi kulrang
bitishmada og‘riq va harorat sezgisi II neyronlarining aksonlari kesishma hosil
qiladi.
Orqa miyaning oq moddasi oldingi, yon va orqa tizimchaga bo‘linadi.
Oldingi tizimcha orqa miya oldingi shoxlari oralig‘ida, orqa tizimcha orqa shoxlari
20
oralig‘ida va yon tizimcha orqa miyani oldingi va orqa shoxlari oralig‘ida
joylashgandir.
Orqa tizimcha Gollning (medial) va Burdaxning (lateral) yuqoriga
ko‘tariluvchi tutamlaridan tashkil topgan. Bu ikki tutam chuqur sezgining I neyroni
aksonidir. Yon tizimchalardan markazdan qochuvchi va markazga intiluvchi
o‘tkazuvchi yo‘llar o‘tadi.
A) Markazdan qochuvchi o‘tkazuvchi yo‘llar:
kesishgan piramida yo‘li,
7-rasm.
Orqa miyaning o‘tkazuvchi
yo‘llari.
1. Nozik tutam (Goll)
2. Ponasimon tutam (Burdax)
3. Dorzal orqa miya miyacha tutami
4. Ventral orqa miya miyacha tutami
5. Orqa miya ko‘ruv do‘ngligi tutami
6. Yon piramida (spinotalamik) tutami
7. Rubrospinal qizil o‘zak orqa miya tutami
8. Oldingi piramida tutami (Tyurk yo‘li)
Monakovning rubro-spinal tutami, olivo-spinal tutam.
B) Yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘llar: spino-talamik tutam, orqa miyadan
miyachaga boruvchi orqa (Fleksig) va orqa miyadan miyachaga boruvchi oldingi
kesishgan (Govers) tutami.
Oldingi tizimcha asosan markazdan qochuvchi efferent o‘tkazuvchi
yo‘llaridan: Tyurkning kesishmagan piramida yo‘li, Leventalning vestibulo-spinal
yo‘li, tekto-spinal tutam, orqa ko‘ndalang tutam, retikulo-spinal tutamlardan iborat.
(Orqa miyaning ko‘ndalang kesimiga qarang).
Orqa miya pardalari. Orqa miya 3 ta: tashqi qattiq parda (dura mater
spinalis), o‘rta to‘r parda (arachnoidea spinalis) va ichki yumshoq parda (pia mater
spinalis) bilan o‘ralgan.
Yumshoq parda orqa miya moddasiga yopishgan bo‘lib, qon tomirlarga boy
bo‘lgani uchun uni tomirli parda ham deyiladi.
To‘r parda orqa miyani erkin ravishda o‘rab turadi. Yumshoq parda bilan
to‘r parda o‘rtasida subaraxnoidal bo‘shliq (cavital subarachnoidalis) bo‘lib, unda
orqa miya suyuqligi bo‘ladi. Ikkinchi bel umurtqasidan boshlab subaraxnoidal
bo‘shliq kengaya boradi va oxirgi sisternani (cisterna terminalis) hosil qiladi.
Qattiq parda esa orqa miyani tashqaridan o‘rab turadi. To‘r parda bilan qattiq
parda o‘rtasida subdural bo‘shliq (cavital subduralis) joylashgan. Umurtqa
pog‘onasini qoplagan suyak usti pardasi bilan qattiq parda oralig‘ida epidural
bo‘shliq (cavital epiduralis) bo‘lib, u yog‘ to‘qimasi va vena tomirlari bilan to‘lib
turadi. Qattiq parda umurtqalararo teshik, orqa miya tugunlari va orqa miya
nervlari atrofida mustahkam qoplama-gemato-ensefalik baryerni hosil qiladi. Bu
baryer infeksiya, zaharli moddalarni orqa miyaga tomon o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |