Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


-rasm.  Elektroensefologramma



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

64-rasm.
 Elektroensefologramma. 
Elektroensefalogramma (EEG) katta 
kishilarning uyg‘oq holatida murakkab 
holdagi qiyin yegri chiziqlardan iborat 
bo‘ladi va quyidagi ritmlar bilan 
xarakterlanadi: 
alfa-ritm (
α
)-8-13 gts (to‘lqin 
sekund) 
betta-ritm (
β
)-14-30 gts. 
gamma-ritm (
γ
)-40-100 gts. 
Alfa ritm ensa bo‘laklarida ko‘proq 
ifodalangan bo‘ladi; beta va gamma 
ritmlari peshona bo‘laklarida qayd qilinadi. 
Bulardan tashqari EEG va juda sekin 
tebranishlar (kolebanie) ham bor. 
tetra-ritm-4-7 gts. 
delta-ritm-1,5-3 gts. 
Bular faqatgina patologik 
sharoitlarda emas, balki sog‘lom kishilar 
uyqusining ma’lum fazasida ham uchraydi.
Yoshiga nisbatan bosh miya 
biotoklarining hususiyatlari va EEG ni bolaning uyqu yoki uyg‘oq holatida 
tekshirish katta ahamiyatga egadir. 
Yangi tug‘ilgan bolalarda birinchi soatlarida biopotensiallarning ritmik 
to‘lqinlari kuzatiladi. Ularning uyg‘oq vaqtida desinxron faollik (aktivlik), uxlagan 
vaqtida asta-sekin sinxron aktivlik aniqlanadi. Bolaning birinchi oylarida delta-
ritm sekundiga 0,5-3 to‘lqin ko‘p bo‘ladi. Ikkinchi yarim yillikda tetra-ritm 


 159
to‘lqinning soni oshib boradi. 4 yoshli bolalarda EEG da ritm aktivlik sekundiga 
6,5-7,5 to‘lqin bo‘lib, salmoqli o‘rinni egallaydi.
Nevropatologiyada EEG natijalari epilepsiya kasalligida bosh miyaning 
lokal zararlanishida diagnoz qo‘yish uchun ishlatiladi. Miyaning yashirin 
o‘zgarishini aniqlash uchun funksional tajribalar qo‘llaniladi. Masalan, nur ta’siri, 
ovoz, giperventilyatsiya va boshqa taassurotlar.
Epilepsiya diagnozini qo‘yishda EEG ma’lumotlari juda katta ahamiyatga 
ega bo‘lib, EEG da epileptik o‘choqlardan o‘tkir to‘lqinlar o‘ziga xos 
komplekslarni hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bular dizritmiya fonida paydo 
bo‘ladilar, asosiy ritm esa gipersinxronisaziya bilan birga sodir bo‘ladi. Bosh 
miyaning o‘sma kasalida shu o‘sma yaqinidagi atrof to‘qimalaridan EEG da sekin 
to‘lqinlar ko‘p paydo bo‘ladi. Bosh miya abssessida elektrik aktivlik tushib qoladi. 
Bosh miya yarim sharlarining simmetrik sohalarida elektrik aktivligi normada bir 
xil manzarada xarakterlanadi. Bosh miya zararlanganida yarim sharlar o‘rtasida 
asimmetriya paydo bo‘ladi. Bosh miyaning o‘tkir jarohatlanishida alfa-ritm 
yo‘qolib, sekin to‘lqinlar paydo bo‘ladi. Bu miyaning o‘tkir qon tomir 
kasalliklarida sekin to‘lqinlar va yarim sharlar orasida asimmetriyalar paydo 
bo‘ladi.
Bolalarda ensefalitlarning va meningitlarning o‘tkir vaqtida EEG da tarqoq 
holdagi sekin to‘lqinlar, dizritmiyalar ko‘p bo‘ladi. Mustaqil bo‘lmagan amplituda 
to‘lqinlari (kolebanie) umum miya buzilishi sindromida kuzatiladi. Bosh miyaning 
shishishi yo‘qolgandan keyin o‘choqli o‘zgarishlar paydo bo‘ladi, bular yuqori 
amplitudali sekin yoki o‘tkir to‘lqinlar, cho‘qqilar guruhidir. Ularning dinamikada 
ko‘payishi epileptik sindromning paydo bo‘lishidan darak beradi.
Chaqaloq bolalarning bosh miyasi zararlanishi natijasida bosh miyaning 
elektrik aktivligi keskin pasayishi (uploshena), patologik aktivlikning uzoq davom 
etishi (yuqori amplitudadagi sekin to‘lqinlar guruhlarining paroksizmlari, o‘tkir 
to‘lqinlar, cho‘qqi to‘lqinlarining kompleksi) kuzatiladi. 
Shunday qilib, nerv tizimining deyarli hamma kasalliklarida bosh miyaning 
elektrik aktivligida ozmi-ko‘pmi o‘zgarishi mumkin.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish