Microsoft Word bmi o. Xursanov doc


FANINI O’QITISH, MAZMUNI, SHAKLLARI VA METODLARI



Download 302,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana26.05.2020
Hajmi302,71 Kb.
#56128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
oquvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivozhlantirish metodikasi

FANINI O’QITISH, MAZMUNI, SHAKLLARI VA METODLARI 

 

1.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika fani mazmuni va o’qitish 

shakllari 

 

XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri ekanligi barchamizga 



ma’lum, bu asrda savodxon kishi bo’lish uchun avvalo kompyuter savodxoni 

bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u 

qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida 

bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini 

bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi 

kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub 

islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. 

Jumladan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da "Kadrlar tayyorlash tizimi va 

mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 

ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamon uzviy 

yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi" deb belgilab 

qo’yilgan [1]. 

Ta’lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir 

fanning mazmunini qayta tahlildan o’tkazish, ta’lim bosqichlari bo’yicha uning 

uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan 

bog’lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi.  

Respublikamizda yosh avlodning o’z faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan 

masalani echishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki 

jarayonni informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli 

foydalana olishi kabi malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib 

berilmoqda. 

Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo’lish  har bir 

yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, umumiy o’rta ta’lim maktablarida 



 

 



 

Informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir 

fikrlash usulini shakllantirishdir.  

O’qitish shakli va usuli yosh o’quvchilarning fikrlashini va ijodiy 

qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni 

shundaki, bir tomondan o’quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini 

rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami 

haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg’un ko’rinishda berishdir. 

Informatika fanining yoshlik darajasidagi dolzarblik jihatlari quyidagilarda 

akslanadi:  

- O’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash jarayonida fikrlash tartibotlarini, 

jumladan, mantiqiy va abstrakt fikrlashni shakllantirish.   

-  Kompyuterdan o’quv vositasi sifatida foydalanishni ta’minlash 

maqsadida, uning yordamida axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy 

dasturiy ta’minot bilan tanishish. 

- Kompyuterdan foydalanish ko’nikmasini shakillantirish o’quvchilarda uni 

o’rganilayotgan jarayonda hisoblash, tasvirlash, tahrirlash ishlarini bajarishda 

vosita  sifatida qo’llash tajribasiga ega bo’ladilar.    

- Yoshlarda hisoblash texnikasiga nisbatan uning samarali vosita sifatidagi 

ijobiy munosabatlarni shakllantiradi. 

- Yoshlarda turli o’quv kurslarida olayotgan axborot va ma’lumotlarni 

kompleks ravishda o’rganish  hamda ularning uzviyligini ta’minlash ko’nikmasini 

shakillantiradi.       

Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq 

tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, 

bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta 

ta’sir ko’rsatadi. 

Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli 

o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga 

turtki bo’lib xizmat qiladi. 




 

 



 

O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqotchiga aylanishadi. 

Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga 

o’rganadilar. 

Informatika kursining asosiy maqsadi – o’sib kelayotgan avlodni kompyuter 

yordamida mustaqil fikrlashga, tasavvurini rivojlantirishga va o’zining ijodiy 

rejalarini hayotda tadbiq etishga o’rgatish. 

Respublikamizda 2005-2006 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim 

maktablarida informatika fani 5-6-7-8-9 sinflarda o’qitila boshladi. Umumiy o’rta 

ta’lim maktablarida informatika fanining mazmuni quyidagilardan iborat:  

5-SINF. Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun. 

Kompyuter bilan tanishuv (16 soat). Mazmun. Kompyuter honasi uchun Texnika 

xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiena talablari. Kompyuterning asosiy 

qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterni boshqarish dasturi. Kompyuterning 

ba’zi qo’shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang’ich 

saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi 

sifatida. Kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va 

kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini 

chuqurlashtirishga yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari bilan tanishish. 

5 - sinf   informatika fanidan  mavzuviy  rejalashtirish (haftasiga 0,5 soatdan, jami 

17 soat) 

t\r 


Bo’lim va mavzular 

Soat + nazorat 

(16+1) 

1.   Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiena 

talablari  

2.   Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va 



ularning vazifalari  

3.    Kompyuterni boshqarish dasturi 



4.    Fayl  yoki papkani ochish  

5.   Amaliy mashg’ulot 



 




 

 



 

6.    Klaviatura bilan tanishuv 

7.   Klaviatura trenajyorida mashqlar 



8.    Kompyuterdagi  kalkulyatordan foydalanish    

9.    Paint dasturi haqida 



10.   Paint uskunalar paneli va undan foydalanish 

11.   Paintda amallar bajarish 



12.   Paintda rasmlarni qayta ishlash 

13.   Paintda amaliy vazifalar bajarish 



14.   Kompyuter o’yinlari haqida 

15.  Kompyuter o’yinlari 



16.  Nazorat ishi 

 

6-SINF. Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun. 



Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari (16 soat). Mazmun: Matn muharriri va 

uning vazifalari. Matn ko’rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. 

Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so’z, satr, abzats, matn, blok va hujjat 

haqida tushuncha. Hujjatlarni vujudga keltirish. Hujjatlarni tahrirlash. Hujjatlarda 

rasm, shakl va chizmalar bilan ishlash. Jadvallar. Hujjatlarda jadvallar bilan 

ishlash. Matnda formulalar yozish. Hujjatni chop etish.  

6 - sinf   informatika fanidan  mavzuviy  rejalashtirish 

(haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat) 



T\r 

Bo’lim va mavzular 

Soat + nazorat 

(16+1) 


1.   Matn muharriri. 

2.    MS Word matn protsessori interfeysi 



3.    Word da matn yozish qoidalari 

4.    Hujjatlarning asosiy parametrlari  



5.    Hujjat hosil qilish va saqlash 

6.    Hujjatlarni tahrir qilish 






10 

 

 



 

7.   Hujjatni 

formatlash 

8.    Hujjatlarni tahrirlash va formatlashga oid mashqlar 



9.    Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash 

10.   Hujjatlarda shakllar va chizmalar 



11.  Rasm 

va 

chizmalarga oid amaliy ish 



12.  Hujjatlarda 

jadvallar bilan ishlash 

13.   Jadvallar ustida amallar  



14.   Word Art obekti 

15.   Word da formulalar yozish 



16.   Word da hujjatni chop etish 

17.  Nazorat 



ishi 

7-SINF. Haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat. I Axborot (8 soat). Mazmun: 



Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlar. Axborot turlari va xususiyatlari. 

Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari haqida. 

Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar. Sanoq sistemasi haqida. Axborot 

miqdori va uzatish tezligining o’lchov birliklari. Ma’lumotlarni kompyuterda 

tasvirlanishi va kodlash haqida. II  Internetda ishlash asoslari (8 soat+1soat 

nazorat). Mazmun:: Axborot texnologiyalari. Axborotli olam mummolari va 

Internet. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida va dasturning 

imkoniyatlari. Internet Explorer dasturining vazifalari; Internet yordamida 

ma’lumotlarni olish usullari. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida. 

7-sinf  informatika fanidan  mavzuviy  rejalashtirish 

(haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat) 

T\r Bo’lim 

va 

mavzular  soatlar 



 I-bob. Axborot 

1  Informatika fani nimani o’rganadi 



2  Axborot turlari va ko’rinishlari 

3  Axborotlar ustida bajariladigan amallar 



4 Axborotlarni kodlash 




11 

 

 



 

5 Sanoq sistemalari 

6  Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish 



7  Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi 

8 Amaliy ish 



  II-bob.  Internetda ishlash asoslari  

9 Axborot texnologiyalari 



10  Axborotli olam muammolari va Internet  

11  Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar  



12  Internetda ma’lumotlarni izlash  

13 Amaliy ish 



14 Elektron pochta 

15 Amaliy ish 



16  Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida 

17  Takrorlash darsi  



8-SINF. Haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat. 1. Zamonaviy kompyuterlar (7 

soat). Mazmun: Hisoblash texnikasi taraqqiyoti davrlari. EHM avlodlari. Shaxsiy 

kompyuter va uning asosiy qurilmalari. Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar. 

2. Dasturiy ta’minot (10 soat + 1 soat nazorat ishi). Mazmun: Dasturiy ta’minot va 

uning turlari haqida tushuncha. Operatsion sistema va uning vazifalari. Fayl va 

kataloglar haqida tushuncha.

 

Kompyuterning tashqi xotirasi turlari va 



xususiyatlari. Interfeys va uning turlari. 2. Elektron jadvallar (15 soat + 1 soat 

nazorat ishi). Mazmun: Elektron jadval va uning vazifalari. Elektron jadvalning 

elementlari. Formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. 

Ma’lumotlarni saralash. Elektron jadvalda mantiqiy elementlarni qo’llash. 

8 - sinf   informatika fanidan  mavzuviy  rejalashtirish 

(haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat) 

T\r 

Bo’lim va mavzular 



Soat + 

nazorat 


 

I bob. Zamonaviy kompyuterlar 




12 

 

 



 

1.    Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi  

2.   Kompyuterlar 



3.    Kompyuter texnikasi vositalari 

4.    Mantiqiy amallar  



5.   Amaliy mashg’ulot 

6.   Mantiqiy elementlar.  



7.    Amaliy mashg’ulot. (Nazorat ishi) 

 

II bob. Dasturiy ta’minot 



9+1 

8.    Kompyuterning dasturiy ta’minoti 

9.   Interfeys 



10.   Operatsion sistema tushunchasi. 

11.   Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq-



dasturlar 

12.   Fayllar va kataloglar  



13.   Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash 

14.  Nazorat ishi 



15.   Windows operatsion sistemasi 

16.  Bosh menyu 



17.   «Mening kompyuterim» sistema katalogi 

18.  Windows yo’lboshlovchisi 



 

III-bob. Elektron jadvallar 



15+1 

19.  Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari 

20.  


  

Elektron jadvalning elementlari 

21.   MS Excel da matematik amallar va funktsiyalarni 



qo’llash 

22.    Takrorlash darsi 



23.   Matematik formulalar bilan ishlash 

24.  Takrorlash darsi 






13 

 

 



 

25.   Diagramma va grafiklarni hosil qilish 

26.   Diagramma va grafiklarni tahrirlash 



27.  Takrorlash darsi 

28.  Ma’lumotlarni tartiblash 



29.  Ma’lumotlarni saralash 

30.  Takrorlash darsi 



31.   Elektron jadvalda mantiqiy elementlarni qo’llash  

32.  Amaliy mashg’ulot 



33.  Nazorat ishi 

34.  Takrorlash darsi 



 

9 – sinf. Haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat, bundan 4 soati nazorat uchun. 1. 



Algoritmlash asoslari (10 soat + 1 soat nazorat ishi). Mazmun: Kompyuterda 

masala echish bosqichlari. Model va uning ko’rinishlari. Algoritm, uning 

xossalari, tasvirlash usullari, turlari. 2. Dasturlash (36 soat + 2soat nazorat ishi). 

Mazmun: Dasturlash 

tillari va ularning vazifalari.   Dasturlash tilining asosiy  

elementlari. Dasturlash  tilining asosiy operatorlari. Miqdorlar. Chiziqli, 

tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar. Shakl yasovchi va fayllar bilan 

ishlash operatorlari. Qism dasturlar. 3. Web–sahifa (18 soat + 1 soat nazorat ishi). 

Mazmun: HTML haqida tushuncha va Web–brauzerlar. Web–sahifaga matn 

joylashtirish. Web–sahifaga jadval va ro’yxat joylashtirish. Web– sahifada 

gipermurojaat. Web–sahifaga rasm joylashtirish. Web–sahifada rasm yordamida 

o’tish. Boshqa Web–sahifalar bilan aloqa va tarkibiy Web–sahifalar. Web–

sahifada formalar. Interaktiv Web–sahifa. 

9 - sinf   informatika fanidan  mavzuviy  rejalashtirish 

(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat) 

T\r 


Bo’lim va mavzular 

Soat + nazorat 

 

I bob. Algoritmlash asoslari 



10+1 

1.   


Masalalarni kompyuterda echish bosqichlari 




14 

 

 



 

2.   Modelning 

turlari 

3.   Takrorlash 



darsi 

4.   Algoritm 



tushunchasi 

5.   Algoritmning 



asosiy 

hossalari 

6.   Takrorlash 



darsi 

7.   



Algoritmni tasvirlash usullari 

8.   Amaliy 



mashg’ulot 

9.   Algoritmning 



turlari 

10.  



Takrorlashga doir topshiriqlar 

11.  Nazorat 



ishi 

 



II bob. Dasturlash  

36+2 


12.  Dastur 

va 


dasturlash 

tillari 


13.  


Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti 

14.  



Paskal dasturlash tili va uning alifbosi 

15.  



O’zgarmas va o’zgaruvchi miqdorlar 

16.  Takrorlash 



darsi 

17.  Jadval 



ko’rinishidagi 

miqdorlar 

18.  Takrorlash 



darsi 

19.  Standart 



funktsiyalar 

va algebraik ifodalar 

20.  Takrorlash 



darsi 

21.  



O’zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish 

operatorlari 

22.  Takrorlash 



darsi 

23.  



Ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish 

operatori 

24.  Takrorlash 



darsi 

25.  



Ekran bilan ishlash operatorlari 

26.  Takrorlash 



darsi 

27.  



Chiziqli  dasturlar  tuzish 




15 

 

 



 

28.  Takrorlash 

darsi 



29.  



Tarmoqlanish va o’tish operatorlari 

30.  Takrorlash 



darsi 

31.  



Tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish 

32.  Takrorlash 



darsi 

33.  



Parametrli takrorlash operatori 

34.  Takrorlash 



darsi 

35.  



Shart bo’yicha takrorlash operatorlari 

36.  Takrorlash 



darsi 

37.  Nazorat 



ishi 

38.  



Belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash 

39.  



Takrorlashga doir topshiriqlar 

40.  



Paskalda ekranni grafik holatga o’tkazish 

41.  Takrorlash 



darsi 

42.  



Paskalning shakllar chizish operatorlari 

43.  Takrorlash 



darsi. 

44.  



Fayllar bilan ishlash 

45.  Takrorlash 



darsi 

46.  



Protsedura va funktsiyalar 

47.  Takrorlash 



darsi 

48.  Amaliy 



mashg’ulot 

49.  Nazorat 



ishi 

 



III bob. Web-sahifa  

18+1 


50.  

HTML haqida tushuncha 

51.  


Web-sahifaga matn kiritish 

52.  Amaliy 



mashg’ulot 

 



53.  

Shrift o’lchami, rangi va Web-sahifa foni 

54.  Amaliy 



mashg’ulot 

55.  Web-sahifada 



grafika 




16 

 

 



 

56.  Amaliy 

mashg’ulot 

57.  Nazorat 



ishi 

58.  



Web-sahifaga ro’yxat joylashtirish 

59.  Web-sahifaga 



jadval 

joylashtirish 

60.  Amaliy 



mashg’ulot 

 



61.  

Web-sahifada “o’tish” (gipermurojaat) 

62.  Formalar 



63.  Amaliy 

mashg’ulot 

64.  Interaktiv 



Web-sahifa 

65.  Amaliy 



mashg’ulot 

66.  Amaliy 



mashg’ulot 

67.  Nazorat 



ishi 

68.  Takrorlash 



darsi 

Informatika o’qitishda ta’lim berishning tashkiliy shakllari alohida o’rinni 



egallaydi. O’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’qituvchi va o’quvchining 

o’zaro munosabatlarini tashkil etish yo’llari tushuniladi.  

O’qitishning tashkiliy shakllari o’quvchilar soni, o’qitish joyi va boshqalar 

bo’yicha tasniflanadi. 

O’qitishning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat bo’ladi: 

•  Individual; 

•  Guruhli; 

•  Frontal. 

Informatikadan mustaqil ishlar bajarish o’quvchilarning individual 

faoliyatini nazarda tutuvchi shakllardan biri hisoblanadi. Kompyuterlarda amaliy 

mashg’ulotlar o’tkazish guruh bo’lib ishlashni talab etadi. Ma’ruza tariqasida 

darslarni olib borish o’qitishning frontal shakllariga misol bo’ladi. 

Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar o’qitishning guruhli shaklini o’quvchilar 

orasidagi salbiy munosabatlarning oldini olishning samarali vositasi ekanligini 

ko’rsatmoqda. O’qitishning guruhli shaklida kichik guruhchalarga bo’lib o’qitish 



17 

 

 



 

alohida ahamiyatga ega. Kichik guruhlarda o’qitishni tashkil qilishda 

o’quvchilarni bir-biriga yuzma-yuz qaragan holda joylashtirishni yo’lga qo’yish 

kerak. O’quvchilar o’rnini noa’anaviy holda bunday joylashtirish guruhchalarda 

muhokamali masalalarni hal qilish imkonini beradi. Kichik guruhlardagi 

o’quvchilar sonini quyidagicha hisobga olish lozim: 3, 4, 7 va boshqa sondagi 

guruhchlar tashkil qilish kerak. Kichik guruhlardagi o’quvchilarni aylana, to’g’ri 

to’rtburchak, G va P shakllarda joylashtirish maqsadga muvofiq.    

Kichik guruhlarda guruh a’zolari tomonidan o’quv masalaning echimini 

taqdim etishning quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin: 

•  Birgalikda – individual: har bir kichik guruh o’z faoliyati natijasini taqdim 

etadi, echimlar muhokama etiladi va ulardan eng yaxshisi tanlanadi. 

•  Birgalikda – ketma-ket: har bir guruh faoliyatining natijasi, muammoning 

umumiy echimi uchun zarur bo’lgan mustaqil bo’lak bo’lib hisoblanadi. 

•  Birgalikda – o’zaro aloqadorlikda: tavsiya etilganlardan guruhli 

echimlarning ma’lum jihatlari tanlab olinadi va ular asosida butun jamoa 

uchun umumiy bo’lgan yakuniy fikr ishlab chiqiladi. 

Informatikani o’qitish shakllari zamonaviy axborot texnologiyalarini o’quv 

jaryoniga qo’llashga qaratilgan bo’lib, asosiy maqsadi quyidagilardan iborat 

bo’ladi: 

•  o’qitishni intensivlashtirish (jadallashtirish); 

•  o’qitishni ko’rgazmali tashkil qilish; 

•  o’qitishni shaxslantirish; 

•  o’quvchilarning bilim darajalariga qarab o’qitishni tashkil etish. 

Informatika o’qitish metodikasida asosiy o’rinlardan yana birini o’qitish 

metodlari(usullari) egallaydi. 

O’qitish metodi (metod grekcha metodos – so’zidan olingan bo’lib, biror 

narsaga yo’l ma’nosini bildiradi) – ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o’qitish 

maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining bir-biri bilan 

bog’langan faoliyatining tartiblangan usullaridir. 




18 

 

 



 

O’qitish metodlarining muammolarini «Qanday o’qitish kerak?», «Nima 

uchun o’qitish kerak?», «Nimalarni o’qitish kerak?» va «Kimlarni o’qitish 

kerak?» kabi savollar orqali ifodalash mumkin. 

O’qitish metodlarini an’anaviy va noan’anaviy metodlarga bo’lish mumkin. 

An’anaviy metodlar sifatida quyidagilardan foydalanilmoqda: 

•  Amaliy metodlar – tajriba, mashqlar bajarish, mustaqil ish, laboratoriya ishi. 

•  Ko’rgazmali metodlar – illustratsiya, kuzatish. 

•  Og’zaki metodlar – tushuntirish, hikoya qilish, suhbat, ma’ruza. 

•  Kitob bilan ishlash – o’qish, tez ko’rib chiqish, tsitata olish, bayon etish, 

qayta so’zlab berish, konspekt qilish. 

•  Video metod – ko’rib chiqish, mashq qilish. 

Hozirgi kunda akademik Yu.K.Babanskiy tavsiya etgan o’qitish metodlari 

keng tarqalgan. Unda o’qitish metodlari uchta katta guruhlarga bo’lingan: 

•  o’quv – bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; 

•  o’quv – bilish faoliyatini nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari; 

•  o’quv – bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiya metodlari. 

O’quv – tarbiya jarayonida o’qitish metodlari asosida qo’yidagi vazifalar 

amalga oshiriladi: 

-  o’rgatuvchi; 

-  rivojlantiruvchi; 

-  tarbiyaviy; 

-  istak tug’diruvchi yoki motivatsiya; 

-  nazorat-korrektsion. 

O’qitishning noan’anaviy metodlarini qiziqtiruvchi va interaktiv 

metodlariga bo’lish mumkin. 

O’qitishning qiziqarli metodlariga krossvord ko’rinishdagi so’rov va rebus 

shakllarini misol qilish mumkin. 

O’qitishning interaktiv metodlari o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini 

rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Interaktiv so’zi inglizcha «interact» 




19 

 

 



 

so’zidan olingan bo’lib, «inter»-o’zaro, «act»-ish ko’rmoq, ishlamoq degan 

ma’nolarni anglatadi. Interaktiv deganda o’zaro ish ko’rish, faoliyat ko’rsatish 

yoki suhbat tartibida kim bilandir muloqot holatida bo’lish tushuniladi. 

Interaktiv (interfaol)o’qitish muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida 

o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi. Interaktiv o’qitishda 

o’quv jarayonida barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin 

fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. 

O’qitishning interaktiv metodlariga Venna diagrammasi, klasterlar, insert 

texnologiyasi, T-sxema, katta aylana, Aqliy hujum, Chigal mantiqiy zanjirlar, 

6*6*6 metodi, Rolli o’yinlar, Besh minutlik esse kabi metodlarni misol qilish 

mumkin.   

Informatika o’qitish metodikasi fanini «Informatika» o’quv predmetini 

o’qitish uchun o’quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotini tadqiq etish 

hamda ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan, pedagogika va informatika fanining 

bir qismi sifatida qarash mumkin. 

Informatika o’qitish metodikasi o’quv-metodik ta’minot uchun o’z oldiga 

quyidagilarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi: o’quvchilar uchun darsliklar va 

o’quv qo’llanmalar yaratish; o’qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni 

yaratish. 

O’quv-metodik ta’minot o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy 

qo’llanmalar shu jumladan ularning elektron ko’rinishdagi variantlarini o’z ichiga 

oladi. O’quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi me’yoriy hujjatlarni, 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan joriy 

qilingan uslubiy materiallar hamda me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin. 

O’quv-metodik ta’minotning zamonaviy tashkil etuvchilaridan biri elektron 

o’quv–metodik materiallardir. Elektron o’quv-metodik materiallarga quyidagilarni 

misol qilish mumkin: 

-  elektron ma’lumotnomalar; 

-  elektron o’quv qo’llanmalar; 

-  elektron darsliklar; 



20 

 

 



 

-  elektron entsiklopediyalar va boshqalar. 

Informatika o’qitish metodikasida dasturiy ta’minot sohasida quyidagilarni 

amalga oshiradi: yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, muayyan dasturiy 

muhsulotlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab berish kabilar. 

Informatika kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning bazaviy 

dasturlari va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o’rganishga yordam 

beradigan pedagogik dasturlar majmuasidan tashkil topadi. 




Download 302,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish