14
XULOSA VA TAKLIFLAR
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy
jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga
qaratilgan. [4], [5]. [6], [7] [8], [9], [109].
Zamonaviy mutaxassisni malakasi shu bilan belgilanadiki, u shaxsiy
kompyuter ishlashining asosiy tamoyili va qurilmalarini tushunishi, ma’lumotlarni
yig’ish, saqlash va qayta ishlashning, jumladan kompyuter tarmog’ining
zamonaviy tamoyillarini bilishi zarur.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida hisoblash tizimlari tarkibi, zamonaviy
shaxsiy kompyuter ishlash tamoyillarini o’rganish, kompyuter tizimlarining
texnik(apparatli) ta’minoti, har bir qurilma va uning ishlash tamoyili haqida etarli
bilimga ega bo’lish, kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularnini kompyuterga
o’rnatish, kompyuter va qurilmalarida nosozliklar vujudga kelganda ularni aniqlash
va bartaraf etish, kompyuterlarga amaliyot tizimlari o’rnatish va kompyuterdagi
axborot resurslarini himoyalash va ularning ahamiyatini yoritib berishga harakat
qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: