Maydonlarni ko’chirish va ularning o’lchamlarini o’zgartirish
Formaning har bir qatori ikkita elementdan iborat: chapdan - maydon nomi, o'ngda - ma'lumotlar bazasi maydonlari tarkibi. Jadval maydonlari tarkibini joylashtirish uchun mo’ljallangan forma elementlari uzunligi jadvaldagi maydonlar o'lchamiga mos keladi. Element nomi keltirilgan maydonga yozuv xususiyatida aniqlangan matn yoki maydon nomi yozilgan bo’ladi. Formani tahrirlashga o’tishdan oldin uning o’lchamlarini ko’paytirish lozim. Mo’ljalni oynaning yuqori qismida joylashgan koordinata chizgichi bo'yicha olish lozim. Forma oynasidagi vertikal chegaralovchi chiziq ustiga bosing va uni sichqoncha yordamida joylashtiring. Agar forma oynasi kichik o'lchamda bo'lsa, u holda chegaralovchi chiziqni ko'rish uchun uni kattalashtirish lozim bo'ladi. Chegaralovchi chiziqqa olib kelingach, sichqoncha ko'rsatichi ikki yo'nalishli ko'rsatkich (strelka) ko'rinishiga o'tadi. Chegaralovchi chiziqni o'ngga siljiting va boshqaruv tugmasini qo'yib yuboring. Shu yo’sinda forma balandligini o’zgartiring. Boshkarish elementini kushish
Boshkarish elementini kushish uchun instrumentlar paneli kerak.
Bug menyusidagi Instrumentlar paneli ko'rsatkichini holati ekranda instrumentlar panelini bor yo'qligini aniqlaydi. Qo'shimcha elementlar tugmasidan tashqari instrumentlar panelidagi barcha tugmalar, formaga joylashtirish mumkin bo'lgan boshqaruv elementi tasvirini o’z ichiga oladi. Chiziqlar o’tkazish.
Maydonlar guruhini ajratish uchun ajratish chizigini maydonlar orasidan o’tkazing. Instrumentlar panelidagi chiziqni hosil qilish tugmasiga bosing va sichqoncha yordamida butun forma kengligi bo'ylab gorizontal chiziq o'tkazing. Chizish jarayonini engillashtirish uchun sichkoncha tugmasini bosishdan oldin [shift] klavishasiga bosish mumkin. Hisoblash maydonni qo’shish.
Instrumentlar paneli oynada ko'rinayotganligiga amin bo'lgandan keyin hisoblash maydonni kushish uchun Maydon (Pole) tugmasini bosing. Ushbu maydonni formaning pastki qismiga joylashtiring. Endi nomlanish maydoni maydon nomerini o’z ichiga oladi, matnli maydon esa - Bo'sh murojaatni. Nomlanish maydon uchun xususiyatlar oynasini chaqiring. Imzo (Podpis) nomi uchun Foiz (Protsent) kiriting. Qolgan barcha o'matishlami nomlamasdan qoldiring. Menyuni chaqirish tugmasi ustidan ikki marta bosib oynani yoping.
Endi ma'lumotlar bilan matnli maydonni to’ldirish mumkin. Buning uchun shu ma'lumot xususiyatiga mos keladigan oynani ochish kerak. Ma'lumot qator kiritilgan ma'lumotlami hisoblash uchun formulani kiritish kerak. Xar qanday formula har doim (=) belgisi bilan boshlanishi, maydonlar nomini to'rtburchak qovuslar ([...]) bilan tugatish zarur. Hisoblash uchun formulani klaviatura yordamida kiritmaslik uchun yasovchi ifodalardan foydalanish mumkin. Uni chaqirish uchun yasovchi tugmasini bosish kerak. U ma'lumotlar qatorining chap tarafida joylashgan.
Hisoblash jarayonida quyidagilarni nazarda tutish kerak:
Maydon nomi jadvaldagi mavjud maydon nomi bilan to'g'ri kelishi kerak, aks holda hisoblash jarayoni aniq va ravshan ko’rsatilmaydi, bu holda xato -# Nom (Imya)? xabari paydo bo’ladi;
Access faqat jadvalni hosil qilishda aniqlangan va formani loyihalashda ishlatilgan maydonlarni ifodalaydi. So’nggi raqam ortidan qo’shilgan maydon hisoblanmaydi va hisoblash jarayonida ishlatilmaydi.
Access har bir maydonni alohida formatlash: uning turini, o’lchamini, shrift chizilishi, matnni tekislash usulini (chapdan, markaziy, o'ngdan) tanlash imkonini beradi. Agar hamma narx qiymati yozilgan maydonlar bir tarzda ko’rinishga ega bo’lishi lozim bo’lsa, u holda formatlash jarayonini tezlashtirish uchun ularni ajratib oling, keyin formatlash parametrlarini aniqlang. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini birinchi maydonning chap chegarasiga olib boring va barcha narx qiymatlari yozilgan maydonlarni egallaydigan qilib sichkoncha yordamida to’rtburchak chizing. Boshqaruv tugmachasini qo'yib yuboring va barcha to'rtburchakka kiritilgan maydonlar belgilangan holga o'tadi. Biror bir element belgilanganidan so'ng, Format instrumentlar panelidagi forma/hisobot yordamida matnni formatlash mumkin bo’lgan tugmalar ishga tushadi. Siz matnni boshqa yo’l bilan ham tekislashingiz mumkin. Bunga mo'ljallangan tugmalar formatlash intstrmentlar panelida ham joylashgan. To'rtta maydondagi narxlar qiymatlarini tekislash uchun, bu maydonlarni ajratib oling va tekislash guruhidagi ikkinchi tugmadan foydalaning. Sarlavxa ko’yish.
Qo’shimcha ma'lumotni (sarlavxa yoki sana) ko’rsatish uchun kolontitullardan foydalaniladi. Formatda yuqori va pastki kolontitullarning ikki turi mavjud: saxifali (sarlavxa/saxifa izoxi) va umumiy (sarlavxa/forma izoxi). Ular saxifaning yuqori va quyi maydonlarida joylashgan bo’ladi va juft ravishda qo'shilishi yoki olib tashlanishi mumkin. Loyihalash rejimida forma sarlavxasi yoki izohini kiritish uchun Ko'rinish (Vid)menyusidan Sarlavxa/forma izohi buyrugini tanlang. Forma konstruktori oilasida ikkita soha - Forma sarlavxasi va Forma izohi paydo bo'ladi. Bu erda matn va boshqarish elementlarini xuddi shu yo'sinda formaning bosh saxifasidagi kabi hosil qilish mumkin. Formani yanada ko’rimli qilish uchun, uning nom bilan ta'minlang. Buning uchun avval formada sarlavxa sohasini kengaytiring. Sichqoncha ko'rsatkichini sarlavxa sohasi va ma'lumotlar sohasi urtasida shunday joylashtiringki, ikki yo'nalishli strelka (mil) ko'rinishini olsin, tugmani bosing va boshqaruvni pastga ko’chiring. Endi sarlavxa sohasiga forma nomini kiriting. Instrmentlar panelidagi Yozuv (Nadpis) tugmasini aktivlashtiring, sichkonchaning o'zgargan ko'rsatkichini sarlavxa sohasining talab etilgan eriga joylashtiring va bosing. Sarlavxa boshqa yozuvlar ichida ajralib turishini istasangiz, unga yozuvning boshqa tip va o'lcham belgilang.
Formaning tashqi ko'rinishini yaxshilash uchun, uning sarlavxasiga bezak qo'shish mumkin. Buning uchun istalgan grafik redaktordan foydalanish mumkin, masalan CorelDraw, PhotoShop yoki Paint Shop Pro. Tahrir oynasida siz istalagan zarur elementni chizishingiz mumkin. Yana grafik ob'ektlar bibliotekasidan rasm tanlashingiz ham mumkin. Buning uchun sizning ixtiyoringizda Joylashtirish (Vstavka)bir qancha buyruqlar bor: