Ma’lumotlarni Access ga ikkita usulda kiritish mumkin: jadvalga va shaklga. Ma’lumotlarni kiritish usuli kelajakda ularni o‘zgartirish chastotasiga bog‘liq. Agar kiritilgan ma’lumotlar ahyon-ahyonda o‘zgartiriladigan bo‘lsa u holda ular bilan ishlashda jadvallardan foydalangan ma’qul. Jadval rejimini ma’lumotlarni to‘liq ko‘zdan kechirish zaruriyati tug‘ilganda ham qo‘llash tavsiya etiladi. Agar kiritiladigan ma’lumotlar tez-tez o‘zgartiriladigan bo‘lsa ularni shaklga kiriting. Chunki bu holat e’tiborni aniq yozuvlarga tegishli ma’lumotlarga qaratish imkonini beradi, masalan aniq mijozga tegishli ma’lumotlar. Ixtiyoriy shakl Access - jadval yoki so‘rov asosida quriladi. Maydon nomlari jadval spesifikasiyasidan olinadi, ularni shaklda joylashtirish esa o‘zimizning ixtiyorimizda bo‘ladi. Maydonlarning shaklda joylashish ketma-ketligini mantiqan bog‘langan maydonlarni guruhlarga jamlab aniqlash kerak bo‘ladi; shakllarga boshqarish elementlarini ham qo‘yish zarur bitta jadval asosida foydalanuvchi bir nechta shakl yaratishi mumkin: bittasini raxbar uchun, boshqasini buxgalter uchun, uchinchisini ombor xizmatchisi uchun va hokazo. Shaklning barcha ma’lumotlari uning boshqarish elementlarida saqlanadi, ba’zilari esa bazaviy jadval maydonlari bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Bunday elementlarda jadval maydonlarining qiymatlarini ko‘rsatish va ularga o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Shaklning boshqa elementlari, masalan maydon nomlari, ularni jihozlash uchun hizmat qiladi. Shakllarni uch xil usul bilan hosil qilish mumkin:
Shakllar konstruktori yordamida - shakl maketi yaratiladi va foydalanuvchiga shakl yaratish uchun mo‘ljallangan uskunalar to‘plamini (usta va quruvchi kabi avtomatlashtirish vasitasilari ham) tavsiya qiladi.
Shakl ustasi yordamida - shakllarni loyihalash jarayonini “boshqaradi”. Foydalanuvchi va ustaning shakl yaratish bo‘yicha muloqoti natijasida tayyor forma paydo bo‘ladi.
Avtoshakldan foydalanib - tanlangan jadval asosida quyidagi tur shakllardan biri hosil qilinadi: B cmoade^, J[eHmomiyio, Taornimiyio.
Shakl yaratish uchun ma'lumotlar bazasi oynasining opMi,iqo'yilmasidagi Co3gamb tugmasi bosiladi. Ekranda Hob;mi ^opua muloqot oynasi paydo bo'ladi. Bu oynada dastur foydalanuvchiga shakl yaratish usulini tanlashni tavsiya qiladi. Shakl yaratish usullari ro‘yxatidan tanlashdan oldin oynaning pastki qismida joylashgan maydonda shakl yaratishda asos qilib olinayotgan jadval yoki so‘rov ko‘rsatiladi.
Ro'yxatdan ABmo^opMa: b cmon6e^ elementini tanlang va OK tugmasini bosing.Biroz vaqtdan so‘ng ekranda tayyor shakl paydo bo‘ladi. Agar siz uni yopmoqchi bo‘lsangiz Access bu shaklning saqlanmaganligi haqida eslatadi va uni BE^OMOCTb C^AHH ^K3AMEHOB nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Siz bu nomni o‘zgartirishga haqlisiz.