Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
— ...So‘ngsiz karvon singari yo‘qlik qa’riga abadiy ketayotgan o‘tgan asrlarda bo‘lganidek, hozir 
ham, — asl nyu-yorklikning xiyol ping‘i ovozida u guldirab gapirardi, — o‘zimiz haddan tashqari 
minnatdor bo‘lganlar xotirasini yodga olamiz va bosh egamiz, — davom etdi Kalxeyn har bir jumlani 
chertib-chertib, odatdagidek vazmin ohangda. — Biz kelajakka dadil boqayapmiz, uning ko‘lamlari 
bizni cho‘chitolmaydi, biz jasorat bilan hujum qilamiz va bir qadam ham ortga chekinmaymiz. Biz 
boshqalarni qoralamaymiz, zero o‘zimizni ham aybdor qilib qo‘ymaymiz, yosh avlodimizni yo‘ldan 
urayotganlarning, milliy nomusimizni qoralayotganlarning va shon-shavkatimizni yo‘qqa 
chiqarayotganlarning xatolarini ko‘rsatmoqchi emasmiz. Dunyoqarashi tor, yana vatanimizni 
suvtekinga sotayotgan mayda, kaltabin, past odamlarni qoralashni tarixning o‘ziga qo‘yib beraylik. 
Ammo tarix sahifalarida oramizda, bu yerda hozir bo‘lganlar orasida, ushbu tanobiyda men bilan birga 
halol va sofdil odamlar borligi, buyuk vazifani mardonavor va qat’iyat bilan hal etadigan odamlar 
borligi abadiy muhrlanib qolsin... 
Palmer bildirmaygina qop-qorong‘i tanobiyga o‘tdi-da, nigohi bilan olti raqamli stolni qidira 
boshladi. U yana hay’atga ko‘tarilib, o‘z joyini egallashga jur’at qilolmayotgandi. 
— ... quyosh ostidan o‘rin olsin! — guldirab gapirardi Kalxeyn. — Har kimning erki o‘z qo‘lida... 
Quyosh ostida men uchun ham joy topildi, deb o‘yladi Palmer nihoyat olti raqamli stolni qidirib 
topgach. U stolga yoni bilan yurib bordi va Virjiniya Kleri yonidagi bo‘sh o‘ringa yengil nafas olib 
cho‘kdi. 
Juvon uning paydo bo‘lganini payqamadi. Uning ikki ko‘zi Kalxeynda edi. Palmer uni yon 
tomonlamagina ko‘rib turardi. Shu paytgacha u hech qachon unga bu qadar bevosita yaqin 
bo‘lmagandi — nari borsa yigirma-o‘ttiz santimetr kelardi oralari. Dumaloq yuzi va do‘rdoq lablari 
yonoqlarining chiqiqligini sezdirmasdi. Juvonning ingichka va uchi to‘mtoqroq, cho‘zinchoq burnining 
kataklari biroz kerilgan. Agar Virjiniyaga shunaqa yonlamasigina qaralsa, uning chindan ham go‘zal 
ekanini Palmer endi angladi. Bordi-yu, juvon unga tomon yuzlanib qarasa, uni shunchaki ko‘hlikkina 
ekan deb aytish mumkin bo‘lardi. Virjiniya qaddini tik tutib o‘tirardi. G’oyat kalta bog‘ichli, o‘mizi 
chuqur oq ko‘ylagi uning bo‘rtiq siynasini xiyol yashirib turardi. Palmer o‘tirgan joyidan biroz orqaroq 
va yuqoriroqdan juvonning naq o‘mizi uzra uchburchak soya tashlab turgan dum-dumaloq siynasini 
aniq-taniq ko‘ra olar edi. 
Palmer yuzlari lovillab yonganini his etdi va o‘zini o‘rindiq suyanchig‘iga tashladi. U hay’at tomonga 
qaradi. Bir lahza o‘rindiq chayqalib ketgandek tuyulib ketdi unga. U ko‘zlarini yumdi va tomog‘ida uni 
bo‘g‘ib turgan narsaning yo‘qolishini kuta boshladi. 
— ...bu xatti-harakatlar ularning qaysarligi, mag‘lubiyati va ochko‘zligi ruhidan kelib chiqadi! — 
guldirashda davom etdi Kalxeyn. — Ammo sizlarni zeriktirib qo‘ymaslik uchun ularning barcha 
xususiyatlarini bir-bir sanab o‘tirmayman. Faqat shuni aytmoqchimanki... 
Ko‘zlarini ochgach, Palmer birdan o‘zining “Yunayted benk”dagi muovini Garri Elder nigohiga 
to‘qnash keldi. Palmer ko‘zlarini qisib qaradi, Garri esa javoban im qoqib qo‘ydi, keyin nigohi bilan 
oldida turgan bahaybat shotland viskisi shishasini ko‘rsatdi va savol nigohi bilan Palmerga boqdi. 
Palmer xo‘p degandek bosh irg‘adi va keksa yoshdagi hamkasbi ichiga bir nechta muz bo‘lagi 
tashlangan qadahni qanday qo‘lga olganini, uni deyarli limmo-lim to‘latganini va Palmerga ishora 
qilib, uni qo‘shnisiga tutganini kuzatib turdi. “Tayms”danmi yo “Nyus”danmi bo‘lgan reportyor 
qo‘shnisi o‘z navbatida indamay qadahni boshqa qo‘shniga uzatdi. 
Ushbu marosim Virjiniyani butunlay o‘ziga mahliyo qilib qo‘ygandi. Juvon o‘girildi, Palmerni ko‘rdi 
va lablariga xiyol tabassum yugurdi. U reportyordan qadahni olib, Palmerga uzatarkan, shivirlab dedi: 
— Dushmanlarni yer yutsin. — So‘ng yana yuzini to‘g‘riga burib, notiqning gaplariga diqqat bilan 
quloq sola boshladi. Ko‘ylagi o‘mizida siynasi avvalgidan ham yaqqolroq ko‘zga tashlandi. 
Palmer viskidan ho‘plarkan, hisob bo‘yicha bu nechanchisi — uchinchisimi yo to‘rtinchisi ekanini 
eslashga behuda urinardi, biroq oxiri viskini Garri Elder suzayotganida qancha ichilganini hisobga 
olishning hojati qolmaydi degan qarorga keldi.  


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish