Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
engashdi va ayni daqiqada hammaning e’tibori Feytlbaumga jam bo‘lganiga ishonch hosil qilib, bir 
zum ko‘zlarini yumdi. U xotirasida notiqlar ro‘yxatini tiklashga harakat qildi va ulardan har biri 
so‘zlashi uchun qancha vaqt ketishini xomcho‘t qilib chiqdi. Nutqlarga kamida bir soat ketardi. Palmer 
xo‘rsinib o‘zini o‘rindiq suyanchig‘iga tashladi va go‘yo hamon yumuq ko‘zlarini panalamoqchi 
bo‘lganday, sigareta tutgan qo‘lini ko‘tardi. 
— ... So‘nmas nuring bilan hozirgi va istiqboldagi ishlarimizni o‘zing munavvar et, — gapirishda 
davom etardi Feytlbaum. — Sening muruvvating va ilhoming ila bajarishimiz lozim bo‘lgan 
a’mollarimiz baroridan kelgay. 
Palmer ko‘zlarini ochdi va notiqqa o‘girildi. U Kalxeynga engashib, qulog‘iga allanimalarni 
shivirlagan kishining och sariq quyuq sochiga e’tibor qildi. Faqat birgina odamda mana shu rangdagi 
soch bo‘lishi mumkin edi — u ham bo‘lsa Berns. 
— ... aynan meni, — davom etdi Feytlbaum, — qadimgi din xizmatkorini mana shunday buyuk 
ishni deb yelkama-elka turib o‘z burchini ado etish uchun bugun bu yerga chorlaganimiz nechog‘li joiz 
va haqqoniy bo‘lsa, bizning a’mollarimiz ham shunchalik joiz va haqqoniydir. 
Ravvinning boshidagi karjsiz qora taqyasi uning nutqiga monand bir tekisda chayqalib, Bernsning 
boshini goh to‘sar, goh ochar edi. Kalxeynning o‘zi xotirjam tusda sukunat saqlardi. U ko‘zlarini bir 
nuqtaga qadab, qimir etmay o‘tirardi, Berns esa hamon gapni qalashtirib, nutqini davom ettirardi. 
Shunga qaramay, Kalxeyn kabi uning ham lablari deyarli qimirlamayotgandi. 
Ravvin nutqini tugatishiga Bernsning toqati chidamasa, u yog‘i qandoq bo‘ladi, deb o‘zidan-o‘zi 
so‘rardi Palmer. Biroq yalt etib miyasiga bir fikr keldi. U Bernsni haddan tashqari yaxshi bilardi. 
Bunday vaziyatda har qanday mayda yangi g‘iybatlar ham nishonga urishi hech gap emasdi. 
Bernsning nimalar deyayotganining ahamiyati yo‘q, dalilning o‘zi muhim: u necha minglab 
tomoshabinlar ko‘zi oldida va mana bunday dabdabayu as’asali bir damda Katta Vik bilan 
suhbatlashayapti. 
Tashqi ta’sirotlar — bu siyosatdagi buyuk ish, o‘yladi Palmer. Busiz ham Berns Kalxeynning 
ishongan odami ekani besh qo‘lday ma’lum. Biroq Kalxeynning unga yaqin bo‘lgan boshqa odamlari 
ham bor edi. Shu bois Berns boshqa birov emas, aynan u Katta Vikning ana shunday ishonchini 
qozongan odam ekanini ahamiyatli deb bilganlarga muttasil eslatib turishi kerak bo‘lardi. Berns 
boshqa yig‘inlarda ham shunday tomoshalar ko‘rsatganini Palmer ilgari ham ko‘rgandi. Manzara har 
doim bir xil bo‘lar edi — nigohini zalga tikkancha haykalday qotib o‘tirgan Kalxeyn. Uning orqasida — 
Berns. Uning bir qo‘li Kalxeynning yelkasini qisadi, ikkinchi qo‘li bilan ishoralar qiladi: goh 
allaqayoqnidir ko‘rsatadi, bir nimani tekislaganday bo‘ladi, goh sochib, o‘zidan nari itarsa, goh o‘zi 
tomon chorlaydi. Balerina tanasi kabi hayot va hissiyotga to‘la bu qo‘l notiqdan diqqatni chalg‘itib, 
butun zalning nigohini muqarrar ravishda o‘ziga jalb etib oladi-da, natijada o‘z maqsadiga erishadi — 
hammani bu uncha katta bo‘lmagan, ammo jo‘shqinlikka  to‘la sahnani kiprik qoqmay kuzatishga 
majbur qilardi. 
— ... bizlar beadad ravishda ishonamiz, ey parvardigor, — der edi bu orada Feytlbaum, — sening 
qo‘llaring qudratli va bizlarni taqvo yo‘liga boshlovchi hikmating barhaqdir. 
Zaldagi odamlardan bir nechtasi ravvinning ortidan qadimgi yahudiy tilida qiroat etilgan 
yakunlovchi duo so‘zlarini takrorladi, biroq zalda ko‘tarilgan shovqin ularning ovozini bosib ketdi: 
mehmonlar yo‘tala boshladi, stullar surila boshladi, suhbat-guruhlar yangilandi. 
— Tashakkur sizga, rabbi Ben Heym Feytlbaum, — dedi Grork. U boshini mikrofonga juda chuqur 
egib oldi va ovozi mikrofonda shovqin va qasirlash keltirib chiqardi. U o‘sha zahoti bir necha qadam 
ortga tisarildi. — Chet tilida siz o‘qigan duo uchun ham tashakkurimizni qabul aylang, — qo‘shib 
qo‘ydi u tanobiydagilarga  ko‘z qisib qo‘yarkan. 
Kulgi tinishini kutib Grork maktabning moliyaviy ahvoli haqidagi rasmiy hisobotlarga o‘tdi, uning 
yigirma besh yil avvalgi salmoqsizgina byudjetini shu maktabning gullab-yashnashida guvohlik 
beruvchi hozirgisi bilan taqqosladi. Bu orada Palmer endigina Kalxeyn bilan suhbatini tugatgan 
Bernsni kuzatardi. Aslida bu suhbat ham emasdi, balki Bernsning monologi edi. Bu odamning hatto 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish