Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
— Men ham juda afsusdaman, azizim, — endi ancha yumshoq javob berdi Edis. — Mayli, hechqisi 
yo‘q. Boshqa safar o‘zimiz uchun ana shunday biror kecha toparmiz yana, — qo‘shib qo‘ydi xonim. 
Uning odatdagi ohangda gapira boshlagani Palmerda shubha uyg‘otdi: uning uyda o‘rnatgan qat’iy 
kun tartibi erining kelishi bilan o‘zgarishi dargumon. 
— Men issiqqina hammomga tushaman-da, ertaroq yotib uxlayman, — dedi Edis. 
— Ha, sen haqsan, — rozi bo‘ldi Palmer. — Men uyga soat nechada qaytishimni aniq ayta 
olmayman. 
— Vaqtni yaxshi o‘tkazishga harakat qil, azizim. 
— Rahmat. Demak, meni kutmasdan yotib uxlayver. 
— Yaxshi. Xayrli kech, — dedi Edis. 
Suhbat tugadi. Palmer go‘shakni ildi. U qo‘lida qadah bilan divanga qaytarkan, bolalariga xayrli 
kech tilashni judayam istaganini eslab qoldi. 
Palmer o‘tirgach, qo‘lidagi qadahni uning olidida turgan pastqam jurnal stolchasining eng o‘rtasiga 
qo‘ydi. Bir chekkada turib ushbu sahnani kuzatayotgan boshqa Palmer esa so‘radi: stolcha yonida 
o‘tirgan Palmer bolalariga xayrli kech tilashni shunchalar xohlagandimi? Hozir telefonga qaytib borib 
yana sim qoqish uchun uning istagi yetarli darajada kuchlimikan? Lekin shu zumda uning o‘zini 
anglash qobiliyati so‘ndi. Palmer nimadir deb to‘ng‘illadi, balki uni ziyraklik bilan kuzatib turgan 
o‘zining ikkinchi shaxsini cho‘chitib yuborgandir. Palmerning ikki shaxsi yagona butunlikka birlashib, 
shaxsiy qalbini tutib turishdan hech qanday ma’ni yo‘q deb o‘zini ishontira boshladi. 
Nima bo‘lganda ham u bir narsaga erishdi: bugungi oqshom xususida Palmer uchun qarorni Edis 
qabul qildi. U oilasi xotirjamligi uchun Bernsning ahamiyatini hisobga olib, hech qanday tashvishga 
o‘rin qoldirmadi va shu bilan qismatini tanlaganini o‘zi ham bilmay qoldi. Shu tariqa Edis sog‘lom fikrli 
va tushunadigan rafiqa ekanini namoyon qildi. 
Kutilmaganda paydo bo‘lgan taqdir hazilidan gangigan Palmer hali lab tekkizilmagan qadahga 
e’tibor ham bermay o‘rnidan turdi. Asta-sekin lift tomonga yurarkan, Berns bilan uchrashuvgacha 
qolgan bir necha soatlik vaqtni qanday o‘tkazsam ekan deb o‘ylab borardi. Buning ustiga uyga 
bormaslikka qaror berganidan o‘zi ham hayron edi. 
U shu yerda, klubda qolishi, ovqatlanishi, keyin jurnallarni ko‘zdan kechirishi yoki belgilangan 
vaqtgacha mizg‘ib olishi ham mumkin edi. Liftning eshigi ochilib, Palmer ichkari kirdi. 
— Mister Palmer, siz pastgami?  
— Ha, — dedi u. 
Ko‘cha hali yorug‘, lekin ancha sovuq tushgandi. Palmer Park-avenyu bo‘ylab bir necha mahalla 
yurdi. Grand Sentral-Terminal vokzaliga qirqinchi ko‘cha bilan yurib, mashinalarning tinimsiz 
harakatini kuzatdi. Qirq ikkinchi ko‘chaga yetgach, u g‘arbga burildi va Beshinchi avenyuga chiqdi. 
Kutubxona oldida to‘xtab, kursida birpas o‘tirsam deb o‘yladi. Havo sovuq bo‘lgani uchun bu fikridan 
qaytdi. Nihoyat, bank binosiga yetib keldi. 
U tepaga ko‘tarilib, o‘z xonasiga borishga va bolalari aks etgan haykalni ko‘rgisi keldi. Bu — uning 
uyiga bormagani va bolalariga xayrli kech tilamagani uchun tazarru bo‘ladi, deb o‘yladi. 
Shu payt hujrada qorovulning qorasi ko‘rindi. 
— Mister Palmer, ser, yana ishlamoqchisiz, shekilli? — hazillashdi u. 
— Yarim kun bu yerda, yarim kun u yerda, — ming‘irladi javoban Palmer hazil ohangida. 
U lift tugmasini bosdi, eshiklar ochildi. Ichkari kirgach, «YuQ» tugmasini bosdi. 
— Tag‘in, haligi... — eshitildi orqadan qorovulning ovozi. 
— Nima dedingiz? — qayta so‘radi Palmer. Lekin liftning eshigi yopilib, qorovulning ovozi o‘rniga, 
«siz yuqori qavatga chiqayapsiz» degan so‘zlar yangradi.  
Palmer liftdan chiqib birpas kechki osmon ufqiga zavq bilan qarab turdi. Keyin yo‘lak bo‘ylab o‘z 
xonasiga qarab yurdi. Elektr tugmasini bosgan edi, xona kunduzgidek yorug‘ nur bilan to‘ldi. Palmer 
haykal yoniga keldi. So‘ng ish stoliga qarab yurdi. Stolga o‘rnatilgan tugmani bosgan edi orqadagi 
devor javon ochildi. Javon tokchasining olis burchagida «Old Fittsjerald» viskisining shishasi turardi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish