www.ziyouz.com kutubxonasi
58
— Unga ham klubdaligimizni ayting. Bori shumi?
— Tag‘in mister Merchendaldan memorandum olindi.
Palmer ko‘zini yumib, «uf»ladi, jahli chiqqanini bildirmaslikka urindi. Kotiba qizdan g‘azablanishi
uchun hech qanday asos yo‘q edi. U o‘z majburiyatini sidqidildan bajarayotgandi.
— Rahmat sizga, — dedi u. — Men boshqa telefon qilmayman. Agar biror shoshilinch narsa bo‘lsa
meni «Yunion lig» klubidan topasiz.
Palmer go‘shakni ildi, avtomatga yana tanga tashladi-da, uy telefoni raqamini terdi. Go‘shakdan
ayol ovozi eshitildi.
— Edis? — so‘radi Palmer.
— Salom, dada.
— Jerri, oying qanilar?
— Yangi uyimizda, ishchilarga nima qilish kerakligini tushuntirayaptilar.
— A-a, shunaqami? Jerri, Bentlida seni nimalarga o‘rgatishayapti o‘zi?
— Nimagayam o‘rgatishardi, o‘lguday zerikarli!
— Unda oddiy maktabda o‘qiganing ma’qul emasmi? Qaytaga ancha arzonga tushardi. Seni o‘sha
yoqqa o‘tkazib qo‘yaymi?
— Rostdanmi? Jiddiy aytayapsizmi, dada? — xitob qildi Jerri. — Juda zo‘r-ku! Esini yegan
morfiychilar va cho‘ntagida pichoq olib yuruvchi bezorilar bilan bir maktabga borish! Qanday yaxshi!
Unda men o‘sha yerda o‘qishni boshlayman.
— Oyingga berib qo‘yish uchun yozib ol: Men bugun bir oz kech qolaman. Berkxardt bilan klubda
uchrashuvim bor ...
— Dada? — go‘shakdan katta o‘g‘lining ovozi eshtildi. — Marhamat qilib ayting-chi, «Yunayted
benk» hisobidagi pulning miqdori «Benk of Amerika»nikidan qancha oshiq.
Kutilmagan bunday savoldan Palmerning g‘azabi qaynab ketdi.
— Senga nima bo‘ldi? Banklardan birini yoki ikkalasini ham qo‘lga kiritmoqchimisan?
— Bu menga maktab uchun kerak. Men iqtisodiy mavzuda insho yozmoqchiman.
— Insho «Men bilgan banklar» degan mavzuda bo‘ladi, dada, — gapga aralashdi Jerri.
— Men hozir senga bankdagi vaziyatni aniq aytolmayman, — javob berdi Palmer o‘g‘liga. — Lekin
manzara taxminan shunday: «Benk of Amerika»ning hozir to‘qqiz milliard besh yuz million miqdorida
puli bor, bizda esa, taxminan, o‘n bir milliardga yaqin. Men faqat qo‘yilgan pullarni nazarda
tutayapman. Aktivlar bilan sarmoyamiz miqdori o‘n ikki milliarddan oshadi.
— «Cheyz Manxetten»da-chi?
— Yetti milliardga yaqin.
— «Fyorst neshnl siti benk»da-chi?
— Bundan sal kamroq.
— Sen kecha mendan olgan o‘n tsentni qaytarib berganing yo‘q, — eslatdi akasiga Jerri.
— «Menyufekchers benk», va «Kemikl benk»larda ahvol qanaqa?
— Ularning har biri uch milliarddan ancha kamroq mablag‘ga ega. Nega endi sen singlingdan
qarzga pul olayapsan.
— Yana qarzni qaytarib bermayapsan, — dedi Jerri.
— Chunki men inqirozga uchradim, — tushuntirdi Vudi.
— Vudi chindan ham lapashangga aylanib borayapti, — akasining gapini bo‘ldi Jerri. — Uyga
qachon kelasiz, dada?
— Bugun sal kechroq boraman, — dedi Palmer.
— Mening soat to‘qqizda yotishimni bilasiz. Uxlab qolmasimdan yetib keling.
— Albatta, vaqtliroq boraman.
— Qanday yaxshi, — qichqirdi Jerri, — hozircha, dada! — Shu zahoti Vudining ovozi yangradi: —
Dada, men hazillashayotganim yo‘q...
— Qaytib borganimda gaplashamiz. Xayr, — o‘g‘lining gapini bo‘ldi Palmer. Telefon hujrasidan
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |