www.ziyouz.com kutubxonasi
206
Hatto million yilda ham men bu kimsalar hamma narsani yamlayotgan tijorat banklari, ularning
saylovchilari uchun, o‘zimiz uchun ham foydali ish qiladi deb shaxsan ishontira olmayman. Fikrimni
tushundingizmi?
— Unda bironta yangilik yo‘q. Bizga hamisha sotuvchilar, sug‘urta agentlari, ko‘chmas mulklarni
sotish bo‘yicha agentlarning boshliqlari kerak.
— Bularning hammasi mayda sadaqalar, — dedi Kalxeyn ovqatini yeb bo‘lib. — Siz buni yaxshi
bilasiz.
— Albatta, har bitta mayda agent aytarli katta kuch emas, lekin ular birlashsa, qudratli kuchga
aylanadi. Bizning ixtiyorimizda bunday agentlardan anchaginasi bor. Jamg‘arma banklaridan
kattarog‘ini ham taklif qilish mumkin.
— Markazdagi senatorlar mana shunday bo‘lmag‘ur narsalarga aralashadi deb o‘ylaysizmi?
— Balki siz uchun bo‘lmag‘ur narsadir, — dedi Palmer, eski maqolni biroz o‘zgartirib, — ularga bu
non bilan moydek yoqadi.
Kalxeynning yuzi tabassumdan qizarib ketdi. Biroq shu zahoti yana jiddiy tus oldi.
— Men hazillashayotganim yo‘q.
Palmer suhbatdoshiga xafa bo‘lgandek qaradi.
— Nima deyishimni ham bilmayman, — dedi u. — Gap shunchalikka borgan ekan, unda sizni nima
qiziqtiradi?
— Bu ikkimizning o‘rtamizdagi boshqa shartnoma, Mak.
— Haligi, ochishni xohlamayotganingizmi?
— Bilganimda, sizga shu zahoti aytardim. — Kalxeyn sumkaga qo‘l tiqib, qahvali termos va shirin
kulcha oldi. — Chin so‘zim, men hozircha bilmayman.
— Shunday bo‘lishi mumkinmi? Men o‘ylovdimki...
— Shartnomaning ikki tomoni ham aniq bo‘lishi kerak, — deb uning gapini yakunladi Kalxeyn. —
Yo‘q. Biz Mak bilan ko‘p narsalarni boshdan kechirganmiz. Agar u arziydigan ish desa, men olaman.
Boshqa birovga, balki, ishonmasdim. Biroq Makga mutlaqo ishonaman.
— Faqat uning birja bo‘yicha maslahatlariga emas.
— Birja bo‘yicha maslahatlaridan tashqari, — Kalxeyn kulchadan tishlab, qahva ho‘pladi. — Biz
birgalikda katta yo‘lni bosib o‘tdik. Siyosatda yigit kishining boshiga nimalar tushishi mumkin bo‘lsa,
barini ko‘rdik. Kutilmagan narsalar kam qolgan chiqar. Mak siyosiy faoliyatimdagi yagona do‘stim. Bu
ko‘p narsani anglatsa kerak.
Oraga uzoq jimlik cho‘kdi. Mak Bernsning sadoqati haqida gap ketganda ham Kalxeyn ko‘nglini
shunchalik ochib qo‘yarmikin, deb o‘yladi Palmer. Yo‘q, unday bo‘lmaydi. Lekin bir gapga solib ko‘rish
kerak.
— U sizga o‘xshamaydi. Sizlar butunlay boshqa-boshqa odamsizlar.
— Qanaqasiga boshqa? Har qanday odam ham hayot taqozosiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi-da.
Ikkalamiz bir-birimizdan katta farq qilmaymizmi?
— Farq qilmaymizmi? — Kalxeyn kulchasini yeb tugatdi. — Shunaqangi farq qilamizki...
— Menimcha unday emas, — gapida turib oldi Palmer.
— Bilasizmi, — Kalxeyn yana sumkaga qo‘l solib, bu gal muzqaymoq oldi. — Hammasi kelib
chiqishda. Pulda. Mening qariyam yomon yashamagan, hamma narsaga ulgurgan. Uning bolalari ko‘p
edi, hammasi kollejlarni bitirgan. Balki shuning uchun siz ikkalamizning oramizdagi farqni
bilmayotgandirsiz. Makning otasi esa, bilishimcha, Bayrutda tovuq sotish bilan shug‘ullangan. Siz bu
ish nimaligini bilmaysiz. Butun umr tovuq tozalab, o‘zingiz kabi kambag‘allar bilan savdolashasiz,
yoningizda o‘g‘lingiz ham shu ish bilan ovora, u ham qashshoqlikning nonini yeydi. Nihoyat, oila jam
bo‘lib, shtatlarga ko‘chib o‘tadi. Mak hech qachon kollejni bitirmagan. Uning Garvard haqidagi
gaplarini eslashingiz mumkin. Bu gaplarning ostida Koliforniya universitetidagi ikki yillik kechki
mashg‘ulotlar turibdi. U o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan, kunduzgi ishidan tashqari, kechqurun
studiyalardan biriga qorovul bo‘lib yollangan. Keyin, sochini bo‘yab, o‘z ishining ustasi bo‘lib olganidan
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |