www.ziyouz.com kutubxonasi
166
Biroq, astoydil o‘ylab ko‘rsa, aslida u xotinidan minnatdor emas ekan, balki shunday tuyg‘uning
joizligini e’tirof etar ekan, xolos. U endi tan berdiki, Edis boshidan suv o‘girib ichsa arziydigan xotin,
tamom.
Shunday xayollar bilan Palmer zaif nurdan ko‘zini xiyol qisgancha yana hujjatlarni o‘qishga tutindi.
Uning oldida xromli qisqichlar qadalgan va ko‘k jildga solingan taxlam-taxlam qog‘ozlar yotardi.
Birmuncha muddat Palmer ularni varaqladi, biroq keyin uning xayoli yana chalg‘ib keta boshladi.
So‘ngsiz ismlar va manzillar silsilasida qandaydir umidsizlik bor edi. Berkxardt haq: uncha-muncha
qo‘r-quti bor odamlar ko‘proq YuBTK aktsiyalarini sotib olmoqda. Hozir Palmerning qo‘lidagi
aktsionerlar ro‘yxati manavi yerda yarim kilocha keladi.
Aniqrog‘i, bu yerda bitta qilib qistirilgan ikkita ro‘yxat bor edi. Biri olti oy burungi ahvolni batafsil
izohlab turardi. Ikkinchisi hozirgi vaqtni aks ettirardi — bu, albatta, Garri Elder qanchalik ulgurganiga
qarab belgilanadi, ya’ni nari borganda o‘ttiz kun avvalgi muddatni qamrab olgan.
Birjada g‘ayrioddiy faollik boshlanganda Palmer buning sababini anglab yetdi — har kuni
aylanmada YuBTKning tobora ko‘proq aktsiyalari miqdori bo‘lar edi. Aktsiyalarning bir qancha yirik
egalardan ko‘plab mayda egalarga tabiiy o‘tishi sodir bo‘lmoqda deb taxmin qilish mumkin edi. Deylik,
o‘n minglab aktsiyalarning egasi, qandaydir o‘zaro yordam jamg‘armasi yilning so‘nggi choragida o‘z
portfeli yukini birmuncha yengillatishga qaror qila oladi. Bu minglar oxir-oqibatda bir necha yuz
xususiy xaridorlarga yo‘l topishi mumkin. Bunday taxminda go‘yo mantiq borga o‘xshaydi. Biroq
ro‘yxatlarni taqqoslab chiqib, Palmer ko‘rdiki, so‘nggi olti oyda aktsiyalarning ko‘pi aktsionerlarning oz
miqdori qo‘lida ekan. Bu kutilmagan hol edi.
U “uh-h” deb qo‘ydi va og‘ir qog‘ozlar bog‘lamini tizzasiga tushirib yubordi. So‘nggi yarim soatni u
eski ro‘yxatda uchramagan ismlarni yangi ro‘yxatga qayd etib qo‘yishga sarfladi. U ahvolni bor-
bo‘yicha aniq ko‘z oldiga keltira olardi: yarim yil ichida YuBTKning yaqin 200 ming aktsiyasi sotuv yo‘li
bilan uch ming odamdan taxminan 25 nafar odamga o‘tgan. U bu yigirma besh nafar yangi odamdan
bittasini ham bilmasdi va ularda hech qanday ma’lum tendentsiyani ko‘zda tutmasdi. Hatto ularning
manzillari ham deyarli butun mamlakat bo‘ylab sochib yuborilgandi.
Palmer esnadi va ko‘zlarini yumdi. Qulog‘iga Edisning xonalardan biridagi shaxdam odimlari
chalindi.
Edis. Palmer uyqusiragancha qachondir ishi uchun xotinini maqtaganini eslashga harakat qilib, ikki
oy orqaga qaytishga urinib ko‘rdi. Shunga o‘xshagan biron og‘iz gapni unga gapirganmikan hech?
Nima degandi? U yoki bu bahona bilan sof shartli manfaat ifodasidan tashqari umuman biron-bir
tanbeh qilganmi? Mana bu katta qurilish borasida qachondir o‘z fikrini xotiniga bayon qilganmi? Aslida
savol va javoblardan tashqari umuman biron gap gapirganmi?
Uyqu qochdi. Palmer o‘rnidan turdi va aktsionerlar ro‘yxatini stulga qo‘ydi. Xotinini izlab, xonama-
xona yura boshladi. Uni oshxonadan topdi. Edis ochiq muzlatgichga tikilib qarab turardi. Pastdan
tushib turgan yog‘duda uning ingichka yuzi, cho‘zinchoq, uchli iyagi yanada yaqqolroq ko‘zga
tashlanardi. Pardozsiz, yengi kalta keng oq bluzka va xokiyrang shim kiygan Edis, bankirning xotiniga
ham o‘xshamasdi, o‘yladi Palmer. U nigohini xotini shimning uzun chizig‘idan yuqoriga, bolalarcha
sonidan olib o‘tib, qora charm kamar taqqan beliga ko‘tardi.
— Muzxonaga hech qanday tajovuz o‘tkazilmasin, — hazillashdi Palmer.
Xotini burilib qaradi.
— Azizim, — dedi u, — keksayganingni o‘zing bildirib qo‘yayapsan. Rostdanam bu “muzxona”-ku!
— U muzlatkichdan nimanidir sug‘urib olgani engashdi va Palmer hatto shu holatida ham xotinining
dumbalari yassi, kesimsiz ekanini ko‘rdi. — Buzilmaydigan narsalar bo‘lsa, bugunoq o‘rab-chirmab
qo‘ya qolsam deb o‘ylayotuvdim.
— Qolgan buyumlarga qachon kelishadi?
— Ertaga ertalab, sen bilan bolalar ketishgandan besh daqiqa o‘tib.
— Hammasi shunga hisob-kitob qilinganmi?
— Hali bu holva, — dedi xotini gavdasini rostlarkan. — Mana, kunduzgi ishlar soniyama-soniya
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |