www.ziyouz.com kutubxonasi
140
— Qanaqasiga g‘ayriodatiy bo‘larkan? Qachondan buyon?
— Axir sen g‘oyibdan ko‘ruvchisan-ku, — eslatdi Palmer.
— Afsun zarralari xiralashgan. Ammo shakl yaqqolroq ko‘rinayapti. Sana hali juda ham xira. Ammo
bu uylanishdan ancha oldin ro‘y bergan.
Yigit teskari o‘girildi-da, soatning yashiltob raqamlariga qaradi. So‘ng ko‘zlarini yumdi.
— Kechir meni.
— Nima uchun?
— Sening hafsalangni pir qilganim uchun.
— Qaydan bilding?
— O’zim bilmayman, — g‘amgin xo‘rsindi juvon va sigaretani o‘chirdi. — Bunday narsalarda men
uncha kuchli emasman, — dedi u. — Na tajribam bor, na mashqim. — U cho‘zilib sigaretani oldi va
kalta tortib qo‘ydi.
— Mening tilim achchiq va tik holatda topqirman, ammo to‘shakda zarur chaqqonlikka erishmoq
uchun bu bilan ko‘p shug‘ullanmaganman.
— Ana xolos, — dedi yigit unga qarash uchun burilib yotarkan, — bizning uyatli sirlarimiz endi
xatga tushgan.
— Qanaqa uyatli sirlarimiz?
— Qanaqa deysanmi? Bu mening birinchi xiyonatim, bu ushbu masalalarda sening ham yirik
mutaxassis emasliging.
Juvon labini burib qo‘ydi-da, unga sigaretani qaytardi.
— Siz bankirlar doim yakun yasashga shoshasizlar.
— Albatta.
— Lekin biz ikkovimiz o‘z vazifamizni a’lo darajada bajarganimizga iqror bo‘lishing kerak, —
o‘ychan dedi juvon. — Endi-chi? — U jim qoldi va nimanidir o‘ylab, qoshini chimirdi.
Palmer tutunni oyog‘iga pufladi.
— Men hali ham nutq qilish ishtiyoqidaman, — dedi u. — Buning uchun so‘z topolmayman, ammo
ko‘nglimdagini aytish zarurligini his etib turibman.
— Qanaqa nutq ekan?
— Bo‘lib o‘tgan gaplar haqida.
— Menga nutqning hojati yo‘q.
— Lekin menga hojati bor, — so‘zida turib oldi Palmer. — Sen kutib tura olasanmi?
— Istaganingcha.
— Yaxshi. — U sigaretani o‘chirdi va chalqancha yotgancha pastga surildi, uning boshi matrasga
tushib qoldi.
— Iltimos, uxlab qolma, — dedi juvon.
— Uxlamayman.
— Hozir uxlab qoladiganga o‘xshayapsan. Hozir shunaqa bo‘shang, yalqov va landovursanki.
— Men emas, mening eng yaxshi bo‘lagim.
— O’lguday kulgili!
— Men o‘ylayapman va u tap-tayyor bo‘ladi, —ishontirdi u juvonni.
— Tarki odat — amri mahol, — Virjiniya uni kuzatish uchun bir yoniga burildi. — Sen
o‘ylamayapsan, — dedi u, — qiynalayapsan.
— Unchalik emas.
— Gunohkorlik hissi yashirin senda.
— Hali paydo bo‘lgani yo‘q.
— Hozir paydo bo‘ladi.
— Shunaqaga o‘xshaydi, — uning fikriga qo‘shildi Palmer. — Bu har doim shunaqa bo‘ladimi?
— Ha.
— Nega sen o‘zingni gunohkor deb bilishing kerak ekan? — so‘radi Palmer.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |