Microsoft Word bankir ziyouz com doc


Bankir (roman). Lesli Uoller      www.ziyouz.com



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
 
Palmer «Yigirma bir» restoranidan Ist Rivergacha piyoda yurdi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
binosidan shimolroqdagi mo‘‘jazgina sayribog‘da bir oz o‘tirib dam oldi. Shundagina u oyoqlari 
og‘riyotganini his qildi. 
Uning Mak Berns bilan tushlik qilishi hali boshlanmasdan turib, to‘satdan uzilib qoldi. Ofitsiant 
buyurilgan ovqatlarni keltirib, endi likopchalarga qo‘yayotganda telefon jiringlab qoldi. Bernsni 
qaergadir shoshilinch chaqirib qolishdi. U Palmerga taassuf bildirdi-da, kechirim so‘rab jo‘nab qoldi. 
— Yarim soatdan oshmay qaytaman, — deya ishontirdi u Palmerni. 
Yigirma daqiqa davomida Palmer dasturxonga tortilgan ovqatlarni tanovul qildi, keyin restorandan 
chiqib, daryogacha sayr qilib, olti mahallani kesib o‘tdi. Kuz bo‘lishiga qaramay, havo iliqqina edi, 
shaharni qoplab turgan bulut quyosh nurini ancha yumshatgandi. Esayotgan yengil shamol daryo 
yuzasini jimirlatardi.  Shatakchi kema ko‘pikli iz qoldirib suzib o‘tdi. Palmer uni nigohi bilan kuzatib 
qoldi. 
Toza shamol uning chekkasidagi sochlarini silab o‘tdi. U birdan o‘zini yengil, erkin his qildi. U 
o‘ng‘ayroq o‘tirib olib, BMT Kotibiyati binosi sahnida bir-birini suratga olayotgan sayyohlarni tomosha 
qila boshladi. 
Oilasi Nyu-Yorkka ko‘chib kelganidan beri u birinchi marta o‘zi xohlagan narsani qildi. Odatda, 
uning ish kuni kimdir tomonidan belgilangan bitmas-tuganmas konferentsiyalar, tushliklar, ziyofatlar, 
turli qo‘mitalarning majlislari, amaliy strategiya masalalari bo‘yicha uchrashuvlar, ma’ruzalar, 
reportyorlar bilan muloqotlar, qo‘l qisib ko‘rishishlar va suhbatlardan iborat bo‘lardi. Bunday suhbatlar 
uning hiqildog‘iga kelgandi. 
Uning ishdan tashqarigi hayoti ertalablari oilasi davrasida nonushta qilayotib, teatrlarga borish, 
dam olish kunlarini Edisning qarindoshi Jeyning  Roklendkountidagi uyida qanday o‘tkazishi haqida 
borardi. Qolgan vaqti turli-tuman marosim tadbirlarida o‘tardi. Ana shunday tadbirlarni, turli 
ko‘ngilochar o‘yinlarda bolalari, xotini bilan o‘tgan shirin onlarini eslab ketdi... 
Palmer Ozodlik haykalini miriqib tomosha qilish, Fulton baliq bozorida aylanish, Empayr steyt 
bilding tomiga chiqib atrofni kuzatish ham xalaqit bermasdi, degan qarorga keldi. Lekin gap bunda 
emasdi. Uning o‘zi uchun yangi bo‘lgan bu shaharda aylangisi kelardi... 
— ... bir marhamat qilolmaysizmi? — jarangladi uning tepasida ayol ovozi. 
Palmer seskanib, boshini ko‘tardi-da, ko‘zlarini tepasida nimalardir deyayotgan ayolga tikdi. 
— Kechirasiz, nima dedingiz? — so‘radi Palmer. 
— E-e, bu juda oson. Siz mana bu yerga qaraysiz, keyin mana bu tugmachani bosasiz, — dedi 
ayol. 
U o‘zidan nima istashayotganini nihoyat tushunib, asta o‘rnidan turdi. Oldida turgan ayol undan eri 
va qizchasi bilan birga suratga tushirishni so‘rayotgandi. Palmer «mayli» deganday bosh irg‘ab, uning 
qo‘lidan fotoapparatni oldi. 
— Biz suratda BMT binosi ham ko‘rinib turishini xohlaymiz, — dedi ayol va sochlarini 
to‘g‘rilaganicha eri bilan qizi yoniga shoshildi. 
Palmer fotoapparatni to‘g‘rilab, endi tugmachani bosaman deganda: 
— To‘xtang, — deb baqirdi ayol va qizchasining yelkasiga turtdi. — Jilmayib tur, qaddingni rostla 
va jilmayib tur. 
Palmer kutib turdi. U bu narsa qizchaning joniga tekkanini payqadi. Otasi uyalinqirab turardi. O’zini 
tutishidan, «meni tajovuzkor xotinimga o‘xshatma» degani sezilib turardi. Qizcha nihoyat o‘zini bosib 
oldi, tabassum qildi va Palmer «shirq» etib tugmachani bosdi. 
— Tashakkur! — qichqirdi ayol. Qizchasini qo‘liga ko‘tarib olgan eri yuzini xotinining orqasiga 
yashirib, minnatdorchilik bildirdi. Ayol fotoapparatni olarkan, Palmerga shunday iliq tabassum hadya 
etdiki, u o‘zini juda noqulay sezdi. 
— Arzimaydi, marhamat, — dedi ming‘irlab va o‘zini yengil his etib o‘rindiqqa cho‘kdi. 
Palmer ularning Birinchi avenyu tomon yurishayotganini ko‘rib turardi, lekin ayol zo‘r berib chapga, 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish