Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


faol  egiluvchanlik  ko‘rsatkichlari



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/175
Sana13.07.2021
Hajmi2,12 Mb.
#118267
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175
Bog'liq
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

faol  egiluvchanlik  ko‘rsatkichlari  esa  ortib  boradi.  Bolalar 
kattalarga  qaraganda  ancha  egiluvchan  bo‘ladi,  degan  fikr 
unchalar  to‘g‘ri  emas.  Bu  fikrni  boshqacharoq    bolalarda 
egiluvchanlikni  tarbiyalash  kattalarga  nisbatan  osonroq 
ko‘chadi, deb tushunsak to‘g‘rirok bo‘ladi. Faol egiluvchanlik 
bevosita  muskul  kuchi  bilan  aloqador.  Lekin  kuchni 
rivojlantiradigan  mashqlar  bilan  shug‘ullanish  bo‘g‘inlarda 
harakatchanlikni  susaytirishi,  chegaralash  mumkin.  Lekin 
bunday  salbiy  ta’sirni  yengish  mumkin.  Egiluvchanlik  va 
kuchni  rivojlantiradigan  mashqlarni  maqsadga  muvofiq 
qo‘shib  olib  borish  yo‘li  bilan  egiluvchanlik  jismoniy  sifatini 
normal  tarbiyalanishiga  erishish  mumkin.  Jismoniy  tarbiya 
jarayonida  egiluvchanlikni  mumkin  qadar  me’yoridan  ortiq 
rivojlantirish  salbiy  oqibatga  olib  kelishi  mumkin.  Zaruriy 
harakatlarni 
imkoniyat 
darajasida 
erkin 
bajarilishini 
ta’minlaydigan  holatda  rivojlantirish,  uning  me’yori  esa 
harakat  bajariladigan  maksimal  amplitudadan  ortmasligiga 
erishish,  egiluvchanlik  zaxirasini  boyitishga  olib  keladi. 
Egiluvchanlikdan kelib chiqadigan gipertrofiya, bo‘g‘inlarning 
anotomik  tuzilishi  doirasida  rivojlanish  o‘zini  oqlamaydi, 
chunki  u  rivojlanishning  garmoniyasini  buzadi,  pedagogik 
maqsadlarga  zid  keladigan  holga  kelishi  mumkin.  Umurtqa 
pog‘onasining 
tos 
son 
va 
yelka 
bo‘g‘inlarining 
harakatchanligini tarbiya jarayonidagi a hamiyati beqiyosdir.  
Egiluvchanlikni  rivojlantirish  uchun  maksimal  harakat 


- 102 - 
 
amplitudasidagi 
cho‘zish,  buklana 
olishni  oshiradigan 
jismoniy  mashqlardan  foydalaniladi.  Ular  ikki  guruhga  (faol 
va  passivga)  bo‘linadi.  Faol  harakatlarda  bo‘g‘inlardagi 
harakatchanlik  shu  bo‘g‘indan  o‘tadigan  muskullarning 
qisqarishi  hisobiga  ro‘y  beradi,  passiv  harakatlarda  tashqi 
kuchlardan foydalaniladi. Faol mashqlar bajarilish xarakteriga 
ko‘ra  bir-biridan  farq  qiladi.  Ular  bir  fazali  va  prujinasimon 
(ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar. Ularga 
tananing  ma’lum  a’zolarini  yoki  uning  bir  qismini  tebratish, 
siltashlar,  oxirgi  holatini  ushlash  qarshiliklarni  yengish, 
og‘irlikdan foydalanish mashqlari.  
Bulardan  tashqari  maksimal  amplitudada  bajariladigan, 
harakat  davomida  tanani  qimirlatmay  ushlash  bilan  (statik 
holatda) bajariladigan mashqlar ham shu guruhga kiradi.  
Passiv  statik  mashqlarda  gavdaning  holati  tashqi  kuchlar 
hisobiga  saqlanadi.  Bu  faol  egiluvchanlikni  rivojlantirish 
uchun  dinamik  mashqlarga  qaraganda  samarasizroq,  lekin 
passiv  egiluvchanlikni  tarbiyalashda  yuqori  ko‘rsatkichlarga 
olib  kelishi  mumkin.  Muskullarning  cho‘ziluvchanligi 
nisbatan  kam  bo‘ladi.  Agar  bir  harakatda  ularning  uzunligini 
oshirishga  harakat  qilinsa,  uning  natijasi  juda  past  bo‘ladi. 
Biroq  mashqlarni  takrorlayverish  mashq  qilish  orqali  ular 
qoldirgan natijalar yig‘ilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli 
bo‘ladi.  Shuning  uchun  egiluvchanlikni  oshirish  mashqlari 
seriyalar  bilan,  har  birini  bir  nechta  marta  qaytarib  bajarish 
bilan rivojlantiriladi va shunday qilish ham zarur. 
Seriyadan  seriyaga  o‘tgan  sari  harakat  amplitudasi 
kattalashtirilib boriladi. Har bir mashg‘ulotda cho‘ziluvchanlik 
mashqlarini  og‘riq  sezguncha  bajarish  tavsiya  etiladi.  Og‘riq 


- 103 - 
 
paydo  bo‘lishi  bilan  mashq  amplitudasi  chegaralanadi.  Agar 
mashqlarni  har  kuni  tizimli  tarzda  bir  yoki  bir  necha  marta 
bajarilsa, 
ularning 
foydasi 
ko‘proq 
bo‘ladi. 
Agar 
egiluvchanlikning  erishilgan  darajasini  saqlab  turish  maqsad 
qilinsa,  kamroq  mashq  qilish,  ya’ni  mashg‘ulotlar  sonini 
ozaytirib  borish  mumkin.  Bu  mashqlarni  mustaqil  topshiriq 
sifatida  uyga  vazifa  qilib  berish  samara  beradi.  Darslarda  bu 
mashqlar  asosan  darsning  asosiy  qismi  oxiriga,  chigal  yozish 
vaqtida  va  asosiy  bo‘lmagan  mashqlar  orasidagi  intervallarda 
bajarish 
tavsiya 
qilinadi. 
Egiluvchanlik 
mashqlarini 
bajarishdan  oldin  muskullarda  yengil  ter  paydo  bo‘lguncha 
chigal  yozish  mashqlarini  bajarish  zarur.  Bu  mashqlar 
hisobiga  erishilgan  harakatchanlikning  ortishi  nisbatan  uzoq 
davom  etmaydi  -  xona  temperaturasida  10  daqiqacha 
saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamaytirish (issiq kiyim kiyish) 
bilan, bu vaqtni ma’lum darajada oshirish mumkin.  
Bolalik va o‘smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish 
oson bo‘lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni 
rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.  

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish