Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


-§. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining boshqa



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/175
Sana13.07.2021
Hajmi2,12 Mb.
#118267
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   175
Bog'liq
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

2-§. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining boshqa  
fanlar bilan aloqadorligi 
 
Bolalar  rivojlanishi,  jismoniy  tarbiyasining  nazariyasi  va 
metodikasi fani bir qator fanlar bilan aloqaga ega. Ulardan bir 
guruhi 
jismoniy 
madaniyatni 
tashkil 
etish 
va 
rivojlantirishning 
ijtimoiy 
qonuniyatlari, 
jismoniy 
mashqlarning  bola  psixikasi  va  organizmiga  ta’siri, 
shuningdek,  pedagogik  ta’sir  metodlari  va  vositalarini 
o‘rgansa(umumiy  jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  amaliyoti, 
umumiy  va  maktabgacha  pedagogika,  jismoniy  tarbiya 
psixofiziologiyasi,  bolalar  psixologiyasi,  yosh  davrlar 
psixologiyasi,  sport  psixologiyasi,  ijtimoiy  psixologiya), 
ikkinchi  guruhi  (tibbiy-biologik  sikl  fanlari:  fiziologiya, 
anatomiya, 
tibbiyot, 
biologiya, 
jismoniy 
mashqlar 
biomexanikasi, 
neyropsixologiya, 
gigiena) 
bola 
rivojlanishining biologik qonuniyatlarini o‘rganadi. 
 Tibbiy-pedagogik  hamda  psixopedagogik  tarmoqqa 
kiruvchi  fanlar  bola  rivojlanishininig  alohida  tomonini 
o‘rganadi.  Bola  rivojlanishi,  jismoniy  tarbiyasi  nazariyasi  va 
amaliyoti-  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatishning  asosi  sifatida 
jismoniy 
tarbiyaning 
yuksak 
natijalarga 
erishishini 
ta’minlaydi. 
O‘quv predmetining metodologik asosini mahalliy hamda 
xorijiy  olimlar,  mutaxassislarning  falsafa,  psixologiya, 
tibbiyot,  biologiya,  fiziologiya  sohasidagi  faoliyati  asosida 
bola  psixikasi  hamda  harakat  faoliyatini  rivojlantirish 
to‘g‘risidagi ta’limotlari, g‘oyalari, qarashlari tashkil yetadi. 
Mazkur  nazariyaning  tabiiy-ilmiy  hamda  psixopedagogik 


- 36 - 
 
asosini  I.M.Sechenov  va  I.P.Pavlovning  oliy  asab  faoliyati 
to‘g‘risidagi  ta’limoti  tashkil  yetadi.  Bu  ta’limot  harakat 
ko‘nikmalarini 
shakllantirish 
qonuniyatlarini 
tushunish, 
harakat 
tuzilishi 
hamda 
ruhiy-jismoniy 
xususiyatlar 
rivojlanishining 
o‘ziga 
xosligi 
asosida 
o‘quv-tarbiya 
jarayonini to‘g‘ri va oqilona tashkil etish imkoniyatini beradi. 
Yosh 
fiziologiyasi 
hamda 
neyropsixologiya 
fani 
yutuqlariga  tayangan  holda  bola  organizmi  yaxlit  o‘z-o‘zini 
boshqaruvchi  tizim  sifatida  qaraladi.  Bu  tizimda  oliy  asab 
faoliyati  orqali  boshqariladigan  fiziologik,  psixologik, 
funksional  jarayonlar  o‘zaro  bir  butun  sifatida  uyg‘unlikda 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Tadqiqotlar  ko‘rsatadiki,  bolaning  psixik 
faoliyati  shartli  reflektiv  xarakterga  ega  bo‘lib,  tarbiyaviy 
ta’sir natijasida yoshlik davrida shakllanadi. 
Psixolog 
olimlar 
L.S.Vigotskiy, 
A.N.Leontev, 
S.L.Rubinshteyn, F.Davletshin, E.G‘oziyevlarning izlanishlari 
natijasida  inson  psixikasining  hech  bir  xususiyati  (iroda, 
xotira,  tafakkur,  ijod  va  x.k.z)  bolaga  tug‘ilishidan  tayyor 
holda  berilmasligi  aniqlangan.  Bu  xususiyatlar  bolalarda 
o‘zlaridan oldingi avlod tomonidan to‘plangan boy tajribaning 
o‘zlashtirilishi  natijasida  shakllanadi.  Hayotiy  zarur  bo‘lgan 
harakat  faoliyati  va  faolligi  ham  nasldan  naslga  berilmagan. 
O‘z  holiga  tashlab  qo‘yilgan  bola  hech  qachon  joyidan  turib, 
yurib  keta  olmaydi,  hatto  shunga  ham  uni  o‘rgatish  lozim 
bo‘ladi.  Inson  organizmining  rivojlanishida  harakat,  muskul 
faoliyati, jismoniy ish muhim o‘rin tutadi. Chunki uning hayot 
kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakatni taqozo yetadi. 
Bunday  bog‘lanish  inson  paydo  bo‘lganidan  beri  hayot 
kechirishning  ajralmas  qismi  bo‘lib,  evolyutsion  yo‘l  bilan 


- 37 - 
 
mustahkamlangan.  Shu  sababli  harakat  faqat  yashash  uchun 
kerak  bo‘lib  qolmasdan,  barcha  tashqi  va  ichki  a’zolarning 
me’yoriy  ishlashi  uchun  zaruratga  aylangan
2
.  Shunday  qilib, 
inson bioijtimoiy mavjudot – tabiatdagi yagona tirik organizm 
sifatida  nafaqat  atrof-muhitni  anglash  va  o‘zgartirish  balki 
o‘z-o‘zini o‘zgartirish qobiliyatiga ega. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish