Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


 -§. Pedagog  kadrlar bilan ishlash shakllari



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/175
Sana13.07.2021
Hajmi2,12 Mb.
#118267
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   175
Bog'liq
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

 
3 -§. Pedagog  kadrlar bilan ishlash shakllari 
Bolaning jismoniy faoliyatining sifatini oshirish uchun xar 
xil  faoliyat  turlari  tashkil  etiladi:  shaxsiy  va  guruh 
konsultatsiyalari, ochiq mashg‘ulotlar, seminar, kurslar va hk. 
Shaxsiy  konsultatsiyalar  metodist  tomonidan  jadval  asosida 
o‘tkaziladi.  Muammoning  mazmuni  va  tarbiyachining 
malakasidan  kelib  chiqqan  xolda  konsultatsiya  nazariy, 
metodik  yoki  amaliy  bo‘lishi  mumkin.  Maslahat  jarayonida 
faoliyat  davomida  paydo  bo‘lgan  muammolar  hal  etiladi. 
Guruh  konsultatsiyalari,  muammollarga  aniqlik  kiritilgan 
xolda,  metodist  tomonidan  maxsus  tuzilagan  dastur  asosida 
amalga oshiriladi.  
Masalan,  guruhda  jismoniy  tarbiya  mashqlari  noto‘g‘ri 
o‘tkazilyapti, xarakatlar ketma-ketligi buzilgan, bolaning ongi 
yetarli darajada faollashmagan, va hk. Ushbu kamchiliklardan 
kelib chiqqan holda, quyidagi konsultatsiyalar dasturi tuziladi: 
1. Konsultatsiya mavzusi. 
2. Asosiy savollar. 
3.  Mashqlar  bajarilishining  nazariy  namoyishi  (jismoniy 
mashqlar  bajarilishining  ketma-ketligi  videofilm  yordamida 
namoyish etiladi). 
4.  Konsultatsiya  davomida  paydo  bo‘lgan  savollarning 
muhokamasi. 
5. Metodist xulosasi. 
6. U shbu mavzu bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati. 
 Amaliy  seminar  (praktikum).  Malaka  oshirishning  ushbu 


- 202 - 
 
shakli  yosh  mutaxassislar  uchun  o‘tkaziladi.  Praktikum  vaqti 
aniq  vazifalar,  material  hajmi  va  muassasaning  ish  sharoitiga 
bog‘liq. 
Masalan, 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarida 
o‘tkazilgan  ochiq  mashg‘ulotlarda  bola  bilan  ishlash 
jarayonida, koptok bilan o‘yinlarini kam qo‘llaydi, metodik va 
amaliy  ko‘nikmalarni  egallamagan.  Ushbu  muammoni 
bartaraf  etish  uchun  praktikum  atrofiy  rejasi  tuziladi:  suxbat 
o‘tkaziladi, amaliy  mashg‘ulotlar, yakuniy nazorat. Ajratilgan 
vaqt  6-10  soat.  Har  bir  amaliy  mashg‘ulot  o‘tkazilgandan 
keyin  seminar  ishtirokchilariga  ketma-ketlik  varinatlarni 
ishlab chiqish tavsiya etiladi, koptok bilan o‘yinlar metodikasi 
va  o‘tkazilishi  o‘rgatiladi.  Ochiq  mashg‘ulotlar  videotasmaga 
olinadi, keyinchalik ko‘rib muhokama qilish uchun. Praktikum 
yakuniy nazorati to‘liq sikl bo‘yicha o‘tkaziladi. U pedagogni 
bola  bilan  ishlash  samaradorligini  oshiradi,  tashabbuskorlik, 
ijodkorlik, maqsadga qarab intilishni rivojlantiradi, pedagogik 
ta’sir  tizimini  mukammalashtiradi.  Muammolar  seminari. 
Ushbu shaklning o‘ziga xosligi bitta dolzarb muammoni ilmiy 
nazariy  tadqiq  etish  bilan  bog‘liq.  Seminar  jismoniy 
madaniyat  metodisti  boshchiligida  yoki  maxsus  taklif  etilgan 
ilmiy  xodim  tomonidan  o‘tkaziladi.  Seminar  vazifasi  yuqori 
malakali  tarbiyachilarning  nazariy  darajasini  yuksaltirishdan 
iborat. Seminarda 12-15 kishi ishtirok yetadi. Seminar rahbari 
ishtirokchilarni  mavzu  bilan  tanishtiradi,  kirish  ma’ruzasini 
o‘tkazadi,  boshqa  tadqiqot  mavzularini  ishtirokchilarga  taklif 
qiladi.  Ishtirokchilar  mavzuga  oid  pedagogik  adabiyotlarni 
o‘rganib  chiqadilar,  referatlar  tuzadilar,  muammoli  savollarni 
muhokama  qiladilar.  Seminar  ishtirokchilari  tajriba  ishlarini 
rejalashtiradilar,  bolalar  bilan  ish  olib  borish  metodikasi  va 


- 203 - 
 
hisobot  mavzularini  tayyorlash  bo‘yicha  konsultatsiya 
oladilar. 
Butun  jarayon  taqvimiy  reja  asosida  o‘tkaziladi.  Seminar 
nihoyasida eng yaxshi hisobotlar ilmiy rahbar tomonidan ilmiy 
–amaliy   anjumanlarda  ishtirok  etish  uchun  va  nashrga 
tavsiya etiladi. 
Seminarlarning taxminiy mavzulari: 
-“Jismoniy  mashqlar  va  harakatli  o‘yinlarda  ijodkorlikni 
rivojlantirish”, 
“Jismoniy 
mashqlarning 
organizmga 
sog‘lomlashtiruvchi ta’siri”,  
“O‘zbek  xalq  harakatli  o‘yinlari  maktabgacha  ta’lim 
muassasida”. 
Har  bir  mavzu  doklad  majmuasi  shaklida  namoyish 
etilgan.  
Ochiq mashg‘ulotlar - o‘zaro tajriba almashish, pedagogik 
mahorat 
namunalarini 
namoyish 
etish, 
xarakatlanish 
faoliyatining xar xil shakllarini o‘tkazish metodikasi namoyish 
etish  maqsadida  o‘tkaziladi.  Mutaxassis  mashg‘ulot  maqsadi 
va  vazifalarini  tarbiyachiga  oldindan  bildirib  qo‘yadi, 
keynichalik  kuzatish  va  tahlil  qilish  uchun.  Ochiq 
mashg‘ulotlarning  eng  yuqori  ta’siri,  metodistlarga  bevosita 
namoyish  etilishi  va  keyingi  tahlil  qilinishi  bilan  bog‘liq. 
“Aqliy  xujum”  va  boshqa  shakllarda  bahs-  munozaralarni 
tashkil  etilishi  tarbiyachilar  malaksini  oshirishga,  bolaning 
jismoniy  tarbiyasi  bilan  bog‘liq  muammolarga  ijodiy 
yondashishiga ko‘maklashadi. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish