Maktabacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun
mashqlar yig’indisi.
Mashqlar taqlid qilish holatida bo’ladi va bolalar uni
obrazli so’zlar va dadil harakatlar bilan so’zlab bajaradilar.
1. “Cho’zilish”. Bola tarbiyachining yonidan o’ta turib
to’xtaydi, qo’llarini yuqoriga ko’taradi va barmoqlari bilan
tarbiyachining qo’llariga tegishga harakat qiladi (3-5 marta).
2. “Safda ketayotgan harbiy kabi yurish”- Safda qadam
tashlab yurish-oyoq uchini cho’zib, oyoq kafti bilan erni
bosish. Dastlab qo’llar yonga qisiladi, keyin faol harakatlar
bilan yuriladi. 20-30 sek takrorlanadi.
- 187 -
3. “Chumchuqdek sakrab yurish”-Chumchuqcha ikki
oyoqlab
yuuradi-“sakra-sakra”.
Qo’llar
yon
tomonga
yoziladi.(20-30 sek). Harakat vaqtida chirqillagan tovush
chiqarish ham mumkin.
4. “Samolyot uchyapti”- Qo’llar-qanotlar turli tomonlarga
harakatlantiriladi- 20-30 sek bajariladi. Guvillash mumkin.
- 188 -
5. “O’tinchi”-Qo’lda go’yo bolta turgandek, siz o’tin
yormoqchisi.Oyoqlar kengroq qo’yiladi, qo’llar keng yoziladi
va butun kuchni yig’ib, to’nkaga uriladi. Gavdani pastga egib,
qo’llar oyoqlar orasida turadi. Nafas chiqarayotganda “ih”
deyiladi(10-12 marta).
6. “Tarozi”-Ikkita
bola
qo’llaringizdan
ushlaydi.
Oyoqlaringiz barmog’iga oyog’i tegib turadi. Bir bola
o’tirganda ikkinchisi turadi, keyin birinchisi turadi va
ikkinchisi o’tiradi. 20-30 sek bajariladi.
7. “Ayiqqa o’xshab yurish”- Cho’kkalab o’tiriladi, chap
qo’l va o’ng oyoq oldinga qo’yiladi, tizzalar bukilmaydi. 15-
20 sek bajariladi.
- 189 -
8. “Qushga o’xshab uchish”-Turgan joyda va yurayotganda
qo’llarniharakatlantirish, qusha o’xshab qo’llarni xuddi
qanotlar kabi uchirish.
9. “Qarsak chalish”-turgan joyda, keyin yurayotganda
qo’lni oldinga qilib qarsak chalinadi. 15-20 sek bajariladi.
10. “Quyoncha”- Cho’qqayib turgan holatda qo’llar
quyon quloqlarini tasvirlaydi va oldinga tomon qisqa-qisqa
sakraladi(8-12 marta).
11. “Baliqcha”-Qorin bilan yotib, qo’llar va oyoqlar
yuqoriga ko’tariladi, baliq kabi harakat qilinadi(5-6 marta)
- 190 -
12. “Parovoz”-aylana bo’ylab dastlab turgan joyda,
keyin yurgan holda qo’llar bilan harakat qilinadi. Tizzalar
balandroq ko’tariladi.”odinga yur”. “orqaga yur” deb buyruq
berib turiladi. Guvillagan ovoz chiqarish mumkin. 20-30 sek
bajariladi.
13. “Yana chapak chalamiz”-Turgan joyda bosh
tepasida va bir oyoq tagida qarsak chalinadi. 15-20 sek
bajariladi.
14. “Oyoqni qo’lga tekizish”-Chalqancha yotib, avval
bir oyoq, keyin ikkinchi oyoq ko’tariladi, ular bilan o’rtoqning
qo’liga tegishga harakat qilinadi-har bir oyoqda 6-8 marta.
- 191 -
15. “Orqani mushukga o’xshab egish”-To’rt oyoqlab
turiladi va orqani goh egib, goh tushiriladi. 6-8 marta
takrorlanadi.
16. “Qushcha”- Qorin bilan yotib. Qo’llar yon
tomonlarga cho’zilguncha harakatlanadi. 5-6 marta.
- 192 -
17. “Velosiped”-Chalqancha
yotib,
oyoqlar
bilan
velosiped haydayotgan kabi harakat qilinadi. 20-30 sek
bajariladi.
18. “Tunneldan emaklab o’tish”- To’rt oyoqlab turiladi
va “tunnel”ga tegmasdan emaklab o’tiladi.Chap oyoq va o’ng
oyoq oldinga, keyin aksincha , o’ng qo’l va chap oyoq oldinga
qo’yiladi. 2-3 marta bajariladi.
19. “To’pni dumalatish”- Birinchi bola engashib.
Oyog’i tagidan to’pni ikkinchi bolaga uzatadi, ikkinchi bola
to’pni olib, birinchi bolaga boshi orqali to’pni uzatadi. Harakat
20-30 minut mobaynida bajariladi.
- 193 -
20. “Qarqaraga
o’xshab
yurish”-Qo’llar
orqaga
qo’yiladi , tizzani bukkan holatda oyoqni oldinga cho’zib erga
bosiladi va boshqa oyoqni ko’tarib, bukib va erga bosib
oldinga yuriladi. Mayinlik bilan bajariladi. 20-30 sek
bajariladi.
21. “Tikka turib g’oz yurish”-Boshga kitob qo’yib, 20-
30 sek yuriladi
3
.
3
A.Q.Atoev. Farzandingiz barkamol bo’lsin. T. Ibn Sino nomidagi nashriyot. 1990 y
Do'stlaringiz bilan baham: |