Hayzli ayol hajda Safo bilan Marvani sa’y eta oladimi?
Oy ko‘rganlik va janobatlik sa’y etmoqqa mone’ emas. Joiz. Bu xususda umumiy qoida
shu: haj ibodatlarida Masjidi haromdan tashqari qilinadiganlarining hech birida tahorat
shart emas. Masalan, Sa’y etmoq, Arofatda vaqfa, Muzdalifada vaqfa, Minoda shaytonga
tosh otmoq kabi ibodatlarda tahorat shart emas. Agar tahoratli bo‘lsa fazilati ziyoda va
sunnatga muvofiqdir. Masjidi haromda qilinadigan har ibodat uchun tahoratli bo‘lish
shartdir.
Diqqat: Qadimda Safo bilan Marva Masjidi haromning tashqarisida bo‘lgani uchun hayz
holidagi ayol sa’y eta olardi. Endi esa, Safo bilan Marva Masjidi haromning yonida
bo‘lgani uchun sa’y etish (hayz holida) haromdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |