Hayzli, nifosli ayollar muborak kechalarda nima qiladilar?
Bunday ayollar muborak kechalarni ibodat va zikr bilan o‘tkazish niyati va hozirligida
bo‘lsalar yaxshi. Har kishiga muhaqqaq niyatining haqqi beriladi. “Mo‘minning niyati
amalidan xayrli (yaxshi) dir,” degan hadisi sharifda aytilganidek, shubhasiz bunday kunu
tunlarning rahmat va barakotlaridan nasibalarini lozim bo‘lganicha kamchiliksiz oladilar.
Chunki, ayollarning bunday tahoratsiz hollari ixtiyorlaridan tashqari, o‘z qo‘llarida emas
va uzrli bo‘lganidan rahmatdan mahrum qolmaydilar, niyat amaldan yaxshi
(xayrli)roqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |