Nafaqaning zarurati
Nafaqa ayolning erkak zimmasidagi eng katta va davomli haqqidir. Isyon, uydan qochish
va boshqa shunga o‘xshash xususiy holatlardan tashqari nafaqaning bekor qilinishi zikr
etilgan emas. Xatto nafaqa ayolning faqir bo‘lishiga ham bog‘liq emas. Chunki, ayolga
nafaqa belgilanishi ahd zaruratidir. Bunda boy ham, faqir ham barobardir. Orada
zavjiyat bog‘i mavjud bo‘lishi bilan nafaqa ham davom etadi. Bu xususda Alloh taolo
shunday marhamat qiladi:
“Erkaklar xotinlari ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |