“Agar ularni mahrini belgilab, ammo qovushmay turib taloq qilgan
bo‘lsangizlar, belgilangan mahrning yarmi (zimmangizdadir)”
(Baqara surasi,
237-oyat).
Mahr zikr etmasdan uylanish
Mahr zikr (qayd) etmasdan qurilgan turmush sahihdir. Chunki, Alloh marhamat
qilmoqda:
“Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib taloq
qilsangiz sizlar uchun gunoh yo‘qdir”
(Baqara surasi, 236-oyat).
Hatto bir kishi mahr bermaslik sharti bilan uylansa, mazhabimizga ko‘ra turmushi joiz
bo‘ladi. Chunki, mahr turmush qurish rukni va sharti emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |