www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
bo‘lsa, zarur shaklda ado etuvchi ota-onadir.
Musulmon ona farzandlari ruhiga eng go‘zal axloqni naqsh etadi. Boshqalarni yaxshi
ko‘rmoqni, yaqinlariga xushmuomala, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat
ko‘rsatmoqni, zaif va zaifalarga yordam bermoqni o‘rgatadi. Ishlarni chiroyli va go‘zal
bajarishni, to‘g‘ri so‘z bo‘lishni uqtiradi. Ahdiga vafo qilishni, hukmlarida odil bo‘lishni,
shunga o‘xshash odob-axloqqa doir narsalarni farzand ongiga, qalbiga soladi va oqibatli,
xushxulq inson bo‘lishga tinimsiz yordam beradi. Aslida bu yordam uning vazifasidir,
burchidir. Farzandiga ibrat bo‘lib, unga go‘zal muomala, muloyimlik, hokisorlik,
marhamat va mehr-muhabbat bilan yondoshadi va bu yo‘lda sabot bilan davomli
harakat qiladi. Bahs va zerikishga o‘rin qoldirmasdan ularga ham g‘amxo‘rlik va
beozorlikni singdirib boradi. Va farzandlariga onalikning kuyunchak ogohlantirishlari
bilan birga ularning ba’zi xatolarini kechiradi.
Duo
“Ey Allohim! Eng buyuk salotlaringni, eng ulug‘ barakotlaringni, eng ziyoda xayrlaringni,
asrab- avaylashingni, mehribonlik va salomingni ummat janobi, Rahmat payg‘ambari,
barcha yaxshiliklar fotihi, xayr yo‘lboshchisi, olamlar Parvardigorining Rasuli,
nabiylarining so‘ngisi, mutaqqiylarning imomi, rasullarning sayyidi Muhammad
(alayhissalom)ga ehson et!”.
Ey Allohim! U zotni avvalgilar va oxirgilar orzu etadigan, ko‘zni oydin etajaging va
o‘zingga ziyoda yaqin etajaging maqomi Mahmudga yuksaltir!
Ey Allohim! Muhammad (alayhissalom)ning tilaganini ber, umidiga yetkaz! U zotni ilk
shafoat etuvchi va shafoatni ilk qabul qiluvchi et!
Ey Allohim! U zotning hujjatini (dalilini) buyuk qil. Tarozusini barcha payg‘ambarlarning
mezonidan og‘ir qil, dilini ochiq qil, darajasini muqarrar qullaringning eng balandiga
yuksaltir!
Ey Allohim! Bizni uning jamoatida, uning shafoatiga sazovor ayla! Uning sunnati bilan
yashat, uning millatiga (diniga) ol, bizni, uning havzi kavsariga qovushtir. Xor
bo‘lmasdan, razil bo‘lmasdan, pushaymon bo‘lmasdan, shubhalarga tushmasdan, uning
yo‘lini o‘zgartirmasdan, o‘zgalarni fitnaga solmasdan, dunyo zarlari bilan fitnalanmasdan
bizni uning kosasidan ichirgil! Ey Olamlar Rabbisi, duoimizni qabul et.
Ey Allohim! Men qalbim bilan qaror berib, tavba qilib, so‘ng nafsimning bexosiyatligi,
jaholatim sabab, takror etgan barcha gunohlarimga Sendan mag‘firat tilayman.
Avval Senga so‘z berib, so‘ngra badnafsimga ergashib, so‘zimda turmagan har
vafosizligim, qilgan gunohlarim uchun sendan mag‘firat so‘rayman, Sening roziligingni
maqsad qilib, ishga kirishar ekanman, o‘zgalardan ham yordam so‘raganim uchun, har
xayr va yaxshilik uchun Sendan mag‘firat tilayman!
Ey maxfiy va oshkor har narsani bilguvchi Allohim! Kun yorug‘ida, tun qorong‘usida,
anjumanda va tanho, yashirin va ochiq qilgan har gunohim uchun sendan mag‘firat
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |