www.ziyouz.com kutubxonasi
30
419.
Yomonligingni odamlardan uzoq tutsang, shuning o’zi ham senga sadaqa hisobida yozilur.
420.
Inson gapirgan har bir yolg’on gapi unga gunoh bo’lib yoziladi, uch xili esa bundan mustasno:
1.
Urushda, chunki urush hiyla va makrsiz bo’lmaydi.
2.
Erning xotiniga murosa uchun gapirgan yolg’on gapi.
3.
Arazlashgan ikki kishini murosa yoki sulhga keltirish niyatida gapirilgan yolg’on gap.
421.
Har bir mo’minning moli, obro’si va qoni boshqa mo’min uchun haromdir. Birodarini haqorat
qilishi bilan kishining yomonligi bilinur.
422.
Xiyonat va yolg’onchilikdan boshqa har bir nuqson mo’minda bo’lishi mumkin.
423.
Dilozorlarning hammasi do’zaxga mahkumdir.
424.
Har bir qilinadigan yaxshilik sadaqa savobiga tengdir.
425.
Sizlarning har biringiz bamisoli cho’pondirsizlar va o’z qo’l ostilaringizdagilarga mas’uldirsizlar.
Podshoh o’z fuqarolariga, er o’z ahlu ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o’z xojasi moliga, farzand o’z
otasi mulkiga mas’uldir. Demak, har birlaringiz mas’uldirsizlar.
426.
Mo’min kishining umri o’tib qarigani sari unga yaxshiliklar ato etilaveradi.
427.
O’zing ovlagan narsaning go’shtini yegin, o’zi o’lganini tark et.
428.
Taom suzilgan laganning atrofidan yenglar, o’rtasidan yemanglar, zero, o’rtasiga baraka
yog’ilib turadi.
429.
Yenglar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilikka va faxrga o’tmanglar.
430.
Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi
bo’lmanglar.
431.
Zaiflari kuchlilaridan haqlarini undirib ololmaydigan xalqni Tangri qanday ulug’lasin?!
432.
Hikmatli so’z mo’min kishining yo’qotgan narsasidir. Uni qayerdan topsa, o’zlashtirib olishga
haqli.
433.
Janob payg’ambarimiz qachonki yosh bolalar oldidan o’tib qolsalar, ulardan oldin salom qilib
o’tar edilar.
434.
Arqon olib tog’dan o’tin terib kelib, uni sotib yeb va sadaqa qilgan odam, tilamchilik bilan kun
kechirgandan yaxshidir.
435.
Kishi xoli hayotida bir dirham sadaqa qilgani o’z o’limi oldidan yuz dirham sadaqa qilganidan
afzaldir.
436.
Qabr ustida o’tirgandan ko’ra, cho’g’ ustida o’tirib, kiyimlari to etigacha kuyib ketgani yaxshidir.
437.
Qo’shnisining ayoli bilan zino qilishlik o’nta boshqa ayol bilan zino qilgandan yomondir. O’nta
begona uyni o’g’irlagandan qo’shnining uyini o’g’irlagan yomondir.
438.
Omonatga olib kiygandan ko’ra, qirq yamoqli bo’lsa-da, o’z kiyimida yurgan yaxshi.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |