7.2. Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida kuzovda uchraydigan asosiy nosozliklar
Avtomobil kuzovining asosiy nosozliklarlari: ularning qiyshayi-shi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarni bo‘shashib ketishidan iborat.
Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvantlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya qatlamlarini yangilash yo‘llari bilan tiklanadi.
Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvantlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli payvantlash turidan foydalaniladi. Payvantlash qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda bajariladi.
Kuzov detallarining uzoq muddat ishlashi ikki omilga bog‘liq bo‘lib, ular avtomobillarning yurgan yo‘li va ishlash muddati hisoblanadi.
Uzoq ishlashi bo‘yicha kuzov detallarini ikki guruhga ajratamiz: > oldingi va orqa qanotlar, orqa g‘ildirak tepa qismlari, oldingi qism qirralari;
136
> oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari.
Yuqoridagi guruhlarning bir-biridan farqli xizmat qilish muddati 3 yil yoki ellik ming kilometrni tashkil qiladi.
Birinchi guruhga kiruvchi kuzov detallari yaroqsiz holga kelishi, kuzovning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo baquvvatligini susaytirmaydi.
Ikkinchi guruh detallarining zanglashi va chirishi avtomobilning baquvvatligini susaytiradi.
Kuzov bo‘yoq qoplamasining zanglashiga qarshi muhofaza choralari.
Avtomobil detallarini atmosfera omillari ta’sirida yemirilishidan saqlash va ko‘rkam qilish maqsadida qoplamalarining turli tizimlaridan foydalaniladi. Qoplamalar tizimi turli vazifalarga mo‘ljallangan lak-bo‘yoq materiallarning ketma-ket surtilgan qatlamlari majmuidir. Qoplama egallashi lozim bo‘lgan xilma-xil xossalarni birgina material bilan berish mumkin bo‘lmaganidan qoplamalar tizimi qo‘llaniladi.
Lak-bo‘yoq materiallar suyuq birikmali bo‘lib, ular detal yuzasiga yupqa qilib surtilganda, qurigandan so‘ng yuza bilan mustahkam ishlashishi lozim bo‘lgan parda hosil qiladi.
Lak-bo‘yoq qoplamalarining ishonchli ishlashi qoplama material va himoyalanayotgan buyum materialining issiqdan kengayishi koeffit-siyentlari har xilligi hamda qoplamada atmosferadagi mavjud namlik, chang va turli gazsimon aralashmalar shimilishi natijasida pardaning yorilishiga bog‘liq. Bu jarayonlarning mexanik yemirilishi va eskirishiga olib keladi.
Lak-bo‘yoq qoplamalar eskirishi (qoplamaning yaltiroqligi yo‘qo-lishi uning eskira boshlaganini bildiradi) natijasida elastikligini yo‘qotadi, yorilib ketadi, yuzadan ko‘chadi va yemiriladi.
Agar qoplama pardasining suvga chidamliligi yetarli bo‘lmasa, uning g‘ovaklari orqali suv kirib, metalga tegishi natijasida parda ostidagi metall zanglaydi. Korroziya mahsulotlari lak-bo‘yoq pardani shishiradi, oqibatda u metall sirtidan ajraladi.
Yengil avtomobil shamollatish va isitish hamda havosini kondit-siyalash yo‘lovchilarga qulaylik yaratish bilan birga lak-bo‘yoq qoplamasining zanglashiga qarshi muhofaza qilish usullaridan biridir.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |