reaksiya vaqti
deb ataladi.
Mashq qilish va kasb mahorati oshgan sari reaksiya vaqti o‘zgarishi
mumkin. Har bir haydovchi reaksiya vaqti va uni kamaytirish yo‘llarini
bilishi maqsadga muvofiqdir. Murakkab yo‘l sharoitida transport
haydovchi bir vaqtda uchta ishora qabul qilsa, bir ishoraga nisbatan uni
qayta ishlashi uchun vaqt o‘rtacha 20% ga, yetti ishoraga taxminan 50%
oshadi.
Harakat intensivligi oshgan sari haydovchi ko‘ziga ko‘rish maydoniga
shuncha ko‘p obyektlar tushadi va unga biror bir ishorani baholab, to‘g‘ri
xulosa ishlab chiqish shuncha qiyin kechadi.
Sud-tergov amaliyotida YTHlarni ekspertiza qilishda yo‘l vaziyatidan
kelib chiqib haydovchining reaksiya vaqti turlicha qabul qilinadi.
Agar yo‘l-transport hodisasi sodir etilishidan oldingi vaziyat uning so-
dir etilishi ehtimolidan dalolat bersa, haydovchida uning oldini olish alo-
matlarini oldindan aniqlash imkoniyati bo‘lsa reaksiya vaqti eng kam (0,6
soniyaga yaqin) deb qabul qilinadi. Ko‘rinish cheklangan to‘siq ortidan
birin-ketin piyodalar chiqib qolishini bunga misol qilib olishimiz mumkin.
Agar yo‘l-transport hodisasi sodir etilishidan oldingi vaziyat uning
sodir etilishi ehtimolidan dalolat bermasa va haydovchining ko‘rish
maydonida xavfli vaziyat hosil qiluvchi to‘siqlar bo‘lmasa, reaksiya vaqti
eng deb topiladi, ya’ni u ko‘p taxminan 1,4 soniyaga to‘g‘ri keladi. Boshqa
transport vositasining ko‘rinishni to‘suvchi obyekt (qalin butazor)
orqasidan to‘satdan chiqib qolishi bunga misol bo‘la oladi.
Reaksiya
oddiy
va
murakkab
bo‘lishi mumkin. Oddiy reaksiya hay-
dovchi uchun oldindan ma’lum bo‘lgan ishora, ya’ni uning amal qilishi
bilan bog‘liq. Masalan, svetoforda qizil chiroq yonganda, haydovchi
tormoz tepkisini bosishi kerak. Bunda axborotni qabul qilish va qayta
ishlash vaqti juda qisqa vaqt bo‘ladi.
Murakkab reaksiya bir necha mumkin bo‘lgan javob amalidan birini
tanlash bilan bog‘liq. Masalan, qatnov qismidan o‘tayotgan piyodani
ko‘rganda haydovchi tovushli ishora berishi, tormozlashi yoki aksincha
tezlikni oshirishi, nihoyat piyodaning orqasidan yoki oldidan o‘tishga
harakat qilishi mumkin. Murakkab reaksiya vaqtiga oddiy reaksiyaga
nisbatan ancha ko‘p saflanadi, chunki u ancha ko‘p miqdordagi axborotni
qayta ishlashi, turli xulosalarni baholash va eng yaxshisini tanlashi bilan
bog‘liq.
40
Oddiy reaksiya vaqti ikki davrdan iborat. Xavf paydo bo‘lgandan
harakat boshlanguncha o‘tgan vaqt yopiq davr (latent) va harakat vaqti
bilan o‘lchanadigan vaqt motor davri deb yuritiladi.
Latent davri
davomida sezish va qabul qilish, vaziyatni baholash va
oldindan ko‘rish, shuningdek xulosa qilish jarayonlari kechadi. Oddiy
reaksiya latent davrining taxminiy davomiyligi yorug‘likka 0,2 tovushga
0,14 soniyani tashkil qiladi. Latent davrining davomiyligi haydovchining
o‘ziga xos psixofiziologik xususiyatlari, uning holati va tajribasi, yo‘l-
transport vaziyati xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi.
Motor davrida
bajariladigan amal murakkabligi haydovchining yoshi
va ishorasining kutilmaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy reaksiya
motor davrining o‘rtacha vaqti (laboratoriya sharoitida) 18-22 yoshli
haydovchi uchun qizil ishorada 0,48-0,56, 45-60 yoshda 0,78-1,96
soniya, murakkab reaksiyada esa tegishlicha 1,05-1,96 va 1,59-2,61
soniyani tashkil etadi.
Bir yoshdagi bir xil ish stajli bir xil sharoitdagi turli
haydovchilarning motor davri unchalik farq qilmaydi. Bunga kundalik
hayotda avtomobil boshqarishda tizimli ravishda bajarish va bir necha
marta takrorlash bilan erishiladi.
Reaksiya vaqti qancha ko‘p bo‘lsa, haydovchiga xavfli oqibatlarning
oldini olishi uchun amal bajarish shunchalik qiyin kechadi. Turli
haydovchilar uchun umumiy reaksiya vaqti 3-4 marta farq qilishi, ya’ni
amalda bir haydovchi boshqasiga nisbatan ancha murakkab vaziyatda
turib bir xil ishoraga tezroq javob berishi mumkin.
Yo‘lning to‘g‘ri qismida, burilishlar, balandlik va pastliklar
bo‘lmaganda, bir xil vaziyatli joylarda haydovchining holatni qabul
qilish qobiliyati yomonlashadi va ishorani qabul qilishi uzayadi. Agar
100-150 km masofada to‘g‘ri yo‘l yursa, haydovchi uyqusirashni va
lanjlikni seza boshlaydi. Bunday yo‘l qismlarida yo‘l intensivligi va
haydovchining vaziyatga tayyorligi keskin pasayadi, xavfli vaziyat
vujudga kelishi uning uchun hamma vaqt kutilmagan hodisa hisoblanadi.
Harakatlanish tezligi oshishi bilan e’tibor intensivligi oshadi, shu
sababli ishorani qabul qilish vaqti kamayadi. Ba’zan ishorani qabul qilish
eng kam vaqti tezlik soatiga 80 km va undan yuqori bo‘lganda
kuzatiladi.
Haydovchi kuzatadigan yo‘l sharoiti uzluksiz o‘zgarib boradi va u
har doim yangi xulosaga kelishiga to‘g‘ri keladi. Vaziyatni to‘g‘ri
baholab, uning rivojlanishini to‘g‘ri tasavvur qilish uchun qabul qilish va
sezish yetarli emas.
41
Do'stlaringiz bilan baham: |