Yo‘l inshootlari hududida avtomobilni boshqarish. Temir yo‘l kesishmalarida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari eng og‘ir oqibatlar bilan tugashini barcha haydovchilar juda yaxshi biladilar. Bunday turdagi
yo‘l-transport hodisalari, asosan, kesishmada sharoitni baholay bilmaslik yoki yo‘l harakati qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzish oqibatida sodir etiladi.
Qattiq qoplamali yo‘llarda qurilgan ko‘priklar mustahkam inshoot hisoblanadi. Mabodo, ularning yuk ko‘tarish qobiliyati cheklangan bo‘lsa, bu haqda yo‘l belgilari haydovchilarni ogohlantiradi. Tuproqli yo‘llarda qurilgan ko‘priklar odatda yog‘ochdan bo‘lib, ularning yuk ko‘tarish qobiliyati noma’lum bo‘ladi. Bunday ko‘priklardan o‘tishdan oldin haydovchi to‘xtab yaqinlashuv yo‘llari holati, ko‘prikning mustahkamligi va yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlashi lozim. Yog‘och ko‘priklarning elementlari qalinligi (yo‘g‘onligi)ga qarab ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi.
Shatakka olishda avtomobilni boshqarish. Shatakka oluvchi avto- mobil, ulagichni ulash uchun orqaga yurgizishda haydovchi shunga e’tibor berishi kerakki, ulagich ulangan paytda avtomobillar bir to‘g‘ri chiziqda turishi kerak.
Shatakka olinuvchi avtomobilning tormoz tizimi pnevmatik yurit- mali bo‘lsa, havo bosimini ta’minlash uchun uning dvigateli ishlatib qo‘- yiladi. Rul boshqarmasida gidrokuchaytirgichi bo‘lgan avtomobillarning dvigateli ishlamasa, ularni uzoq masofaga shatakka olishga yo‘l qo‘yil- maydi. Chunki bunda rul mexanizmiga kuch sezilarli darajada oshadi.
Yo‘l harakati qoidalari talabiga asosan, shatakka olish egiluvchan ulagich (po‘lat arqon, zanjir), qattiq ulagich (uchlarida qulog‘i bor ichi bo‘sh truba) yoki qisman yuklash usuli bilan amalga oshiriladi.
Har qanday usulni qo‘llaganda ham haydovchi shatakka olinuvchi avtomobilning ogohlantiruvchi ishoralarini atrofdagilar bemalol ko‘ra olishlarini ta’minlanishi kerak.
Tormoz tizimi ishdan chiqqanda avtomobilni boshqarish. Avtomo- bilni xavfsiz boshqarishni ta’minlashda eng asosiy omillardan biri tor- moz tizimining ishonchli ishlashi bilan ta’riflanadi. Agar haydovchi harakatlanish jarayonida tormoz tizimida nosozliklar paydo bo‘lganini sezib qolib, avtomobilni majburiy to‘xtata olmasa, avvalo u o‘zini yo‘qo- tib qo‘ymasligi kerak. Chunki bunday paytda haydovchi o‘zini yo‘qotib qo‘ygan taqdirda u tan ahvolda qolishi, natijada birdan paydo bo‘lgan bunday murakkab vaziyatda bajarishi lozim bo‘lgan amallarni bajara olmasligi va bu bilan o‘zini hamda atrofidagi harakat qatnashchilarini xavf ostida qoldirishi, oqibatda esa yo‘l-transport hodisasini sodir qilishi mumkin. O‘zini qo‘lga olgan haydovchi vaziyatni tezda baholashi va atrofdagi harakat qatnashchilariga zarar yetmagan holda dastlab falokat
chiroqlarini yoqishi, so‘ng avtomobilning tezligini kamaytirish choralarini ko‘rishi lozim. Bunda quyidagi usullardan foydalanadi:
agar tormoz tizimidagi ishchi tormoz ishdan chiqqan bo‘lsa, tormoz tizimining boshqa turlaridan, jumladan ehtiyot yoki yordamchi hamda to‘xtab turish tormozlaridan foydalanish lozim;
agar ushbu tizimlar ham samara bermasa, uzatmalar qutisining past uzatmalarini ulab, avtomobil tezligini dvigatelni aylantirish hisobiga sekinlatish usulini qo‘llash ham yaxshi samara beradi.
atrofda harakat qatnashchilari bo‘lmagan taqdirda haydovchi avtomobilni asta-sekin yo‘lning o‘ng tomoniga olishi va iloji boricha avtomobilni yon tomoni bilan yo‘lning chetidagi biron-bir to‘siqqa (bordyur, daraxt, yo‘l chetidagi ariqchalar va boshqa shu kabilarga) urib to‘xtatish chorasini ko‘rish kerak.
tog‘li yo‘llarda, dovonda tik nishablikdan tushib kelayotganda tormoz tizimi ishdan chiqqanda avtomobilni to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, 5.40 «Falokatli holatlar uchun kirish yo‘l»ga kirish ham tavsiya etiladi.
Avtoshina yorilganda va g‘ildirak chiqib ketganda haydovchining harakatlari. Harakatlanishda haydovchini tan ahvolda qoldiradigan mu- rakkab vaziyatlardan yana biri avtomobil shinasining birdan yorilishi yoki g‘ildiraklardan birining chiqib ketishidir. Bunday vaziyatda ham dastlab haydovchi o‘zini yo‘qotmasligi va iloji boricha avtomobilni sekinlatib to‘xtatishi zarur. Tog‘li yo‘llarda, dovonda tik nishablikdan tushib kelayot- ganda avtoshina yorilganda yoki g‘ildirak chiqib ketganda, to‘xtatishning iloji bo‘lmagan taqdirda ham, axborot-ishora yo‘l belgilari guruhiga kiruvchi 5.40 «Falokatli holatlar uchun kirish yo‘l»ga kirish bunday tan vaziyatda ham harakat xavfsizligini ta’minlashda yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |