Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,76 Mb.
bet37/41
Sana21.12.2022
Hajmi1,76 Mb.
#893303
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Microsoft Word Àâòîìîáèëíè áîø àðèø âà àðàêàò ëîòèí doc

Yo‘l-transport hodisasi deb avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va maydonlarida transport vositalarining normal harakat rejimi buzilishi oqibatida insonlarning halok bo‘lishiga, tan jarohati olishiga, shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga, yo‘ldagi sun’iy inshoatlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy zararlar yetkazilishiga sababchi bo‘luvchi halokatlarga aytiladi.
Yo‘l-transport hodisalari uchun quyidagi 3 holat xarakterli:

  • hodisada loaqal bitta transport vositasi ishtirok etadi. Yo‘lda sodir bo‘ladigan har qanday qayg‘uli hodisa, transport vositasi ishtirok etmasa, u yo‘l-transport hodisasi deb aytilmaydi;

  • yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositasi albatta ha- rakatda bo‘lishi kerak. Masalan, to‘xtab turgan joyida, ta’mirlash ishlari natijasida avtomobil yonib ketsa, bu yo‘l-transport hodisasiga kirmaydi;

  • hodisa oqibatida odamlar o‘lgan, jarohatlangan yoki moddiy zarar yetkazilgan bo‘ladi.

Amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi quyidagi 9 turdan iborat:

  1. to‘qnashuv;

  2. ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish;

  3. turgan transport vositasini urib ketish;

  4. to‘siqlarga urilish;

  5. piyodalarni bosib (urib) ketish;

  6. velosipedchini bosib (urib) ketish;

  7. aravani bosib (urib) ketish;

  8. hayvonlarni urib (bosib) ketish;

  9. boshqa (qolgan) yo‘l-transport hodisalari.

To‘qnashuv. Bunga transport vositalarining qarama-qarshi tomonidan, bir yo‘nalishda yoki yon tomondan harakatlanayotgan vaqtdagi to‘qnashuvi, temir yo‘l transporti bilan avtomobil transportining to‘qna- shuvi, to‘satdan to‘xtagan transport vositasi bilan to‘qnashish kabilar.
Ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish – harakatlanayotgan transport vositasining o‘z turg‘unligini yo‘qotib ag‘darilishi. Bu turdagi yo‘l- transport hodisasiga to‘qnashuv, to‘xtab turgan transport vositalariga yoki to‘siqqa urilish natijasida transport vositalarning ag‘darilishi kirmaydi. Ag‘darilib ketish yo‘l-transport hodisasida asosan bitta transport vositasi ishtirok etadi.
Turgan transport vositasini urib ketish – harakatlanayotgan transport vositasining harakatlanmayotgan transport vositasiga urilish. Bu turdagi yo‘l-transport hodisasiga birdaniga (to‘satdan) to‘xtagan transport vositasining urilishi kirmaydi.
To‘siqlarga urilish transport vositalarining qo‘zg‘almaydigan to‘siqlarga (ko‘prik tayanchiga, stolba va machta tayanchiga, yo‘l to‘siqlariga, daraxtlarga va h.k.) urilishi.
Piyodalarni bosib (urib) ketish transport vositalarining piyodalarni urishi yoki piyodalarning transport vositalariga urilishi, shuningdek, tashilayotgan yukdan (yog‘och, truba, plita va h.k.) piyodalarning shikastlanishi kabilar.
Velosipedchini bosib (urib) ketish – transport vositasining velosiped- chini bosishi (urishi) yoki velosipedchining transport vositasiga urilishi.
Aravani bosib (urib) ketish – harakatlanayotgan transport vositasining harakatlanayotgan aravani urib ketishiga aytiladi..
Hayvonlarni urib (bosib) ketish. Transport vositasi yovvoyi yoki uy hayvonini urib ketishi.
Boshqa (qolgan) yo‘l-transport hodisasi. Bu turdagi yo‘l-transport hodisasiga tramvayning relsdan chiqib transport vositasini yoki piyodalarni urishi, yuk avtomobillaridan yuk tushib ketishi natijasida bo‘ladigan falokatlar, passajirning yiqilib tushishi va shu kabilar kiradi.
Quyidagilar yo‘l-transport hodisasi sifatida hisobga olinmaydi:

  • traktorlar, boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlar bilan ular mo‘ljallangan asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini (yer haydash, xandaqlar qazish, dalada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ish, avtokran-

lar yordamida amalga oshiriladigan yuk ortish-tushirish ishlari va h.k.) bajarayotgan vaqtda ro‘y bergan hodisalar (asosan ekspluatatsiya tartib- larini va texnika xavfsizligiga rioya qilinmaganlikdan kelib chiqqan hodisalar);

  • odamlar hayotidan mahrum etish yoki ular salomatligiga yoxud mulkiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar natijasida vujudga kelgan hodisalar;

  • jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishga urinishi oqibati hisoblan- gan hodisalar;

  • tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan hodisalar;

  • haydovchi rulda bo‘lmagan paytda texnika xavfsizligining buzilishi natijasida vujudga kelgan hodisalar (motorni dastak bilan o‘t oldirish yoki ulamada turgan motorni o‘t oldirish va h.k.);

  • territoriyasi yopiq bo‘lgan tashkilotlarda, aerodromlarda, harbiy qismlarda va boshqa qo‘riqlanadigan obyektlarda yuz bergan hodisalar;

  • sport yig‘inlarini o‘tkazish davrida transport vositasining nosozligi yoki haydovchi-sportchilar yoki boshqa qatnashchilarning aybi bilan vujudga kelgan hodisalar;

  • harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik nosozligi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlar.

Aholi yashaydigan joylarda eng ko‘p tarqalgan yo‘l-transport hodisalaridan biri chorrahalardagi to‘qnashuv va piyodalarni bosib ketish. Chorrahalarda haydovchining bir vaqtning o‘zida bir necha transport vositasi va piyodalar guruhi harakatini baholashga to‘g‘ri keladi. Ayrim chorrahalarda ko‘rinish cheklanganligi sababli yangi paydo bo‘lgan transport vositalari va boshqa to‘siqlarni vaqtida anglamaslik mumkin. O‘lchamlari cheklangan chorrahalarda katta yuk avtomobillari va avtobuslarining harakatlanishi qiyin bo‘ladi.
Piyodalar haydovchi uchun eng xavfli harakat qatnashchisi hisob- lanib, Respublikadagi YTHlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatadaki, sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining har uchtasidan birini piyodalarni urib ketish tashkil etmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, haydovchi va piyodalar orasidagi bunday munosabat harakatlanish xavfsizligini yanada keskinlashtirishga olib keladi.
Shunisi e’tiborliki, 2001 yildan boshlab respublikada xususiy sektordagi avtomobillar sonining oshib borishiga va 2010 yilning boshiga kelib 37,4% tashkil etishiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasida shahardan tashqari yo‘llarda va qishloq joylarida yo‘l-transport
hodisasining umumiy soni keskin pasaygan.
Yo‘l sharoitining yo‘l-transport hodisasi sodir etilishidagi o‘rni to‘g‘risidagi tadqiqotchilar aniqlagan ko‘rsatkichlar va davlat statistikasi hisoblarida keltirilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida katta farq mavjud. Masalan, 70-80 yillarda tadqiqotchilar yo‘l-transport hodisasi vujudga kelishida yo‘l sharoitini 65-75% deb ko‘rsatgan bo‘lsalar, sobiq ittifoq statistika hisoblarida esa 7,1-12,1 % deb keltirilgan. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 0,27-5,22 % deb aniqlangan.
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ularga qarshi chora- tadbirlar belgilash uchun ularning kelib chiqish sabablarini bilish zarur. Korxona yoki tashkilotning bu sohadagi ishini baholash uchun YTHlari soni va kelib chiqish sabablarini bilish muhim.
Yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqishiga qarama-qarshi harakatlanish, oraliq masofani saqlashga rioya qilmaslik yoki shinalar yeyilishining me’yoridan oshgani, tezlikni oshirish, yo‘l qoplamasining sirpanchiq bo‘lishi va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin.
Har bir YTHda uni keltirib chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan quyidagi 4 ta omil o‘rganiladi:

  • avvalo haydovchi, uning sog‘lig‘i, malakasi, ishdagi tavsifnomasi, xatti-harakati va amal qilishi;

  • yo‘l sharoiti va vaziyat;

  • hodisaga daxldor transport vositasining texnik holati, konstruktiv xususiyatlari;.

  • haydovchi va avtomobil ishini qanday tashkil qilinganligi.


Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish