Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,76 Mb.
bet28/41
Sana21.12.2022
Hajmi1,76 Mb.
#893303
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
Microsoft Word Àâòîìîáèëíè áîø àðèø âà àðàêàò ëîòèí doc

Konstruktiv xavfsizlik – bu transport vositalarining ishlash jarayonida atrof-muhitga, harakat qatnashchilariga zarar yetkazishni yo‘qotish, shuningdek YTH og‘irlik darajasini pasaytirish qobiliyatiga aytiladi.
Transport vositalarining konstruktiv xavfsizligi quyidagilarga bo‘linadi:

      • faol;

      • sust;

      • avariyadan keyingi;

      • ekologik xavfsizlik.

Faol xavfsizlik transport vositasining yo‘l-transport hodisasini oldini olish (uning vujudga kelish ehtimolini kamaytirish) xususiyatlaridir. Faol xavfsizlik haydovchining transport vositasini (YTH boshlang‘ich davriga to‘g‘ri keladi) harakatlanish xarakterini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan davrda vujudga keladi.
Sust xavfsizlik transport vositasining YTH oqibatlari og‘irliklarini kamaytiruvchi xususiyatidir. Sust xavfsizlik haydovchi xavfsizlik tadbirlarini ko‘rishiga qaramasdan avtomobilning harakatlanish xarakterini o‘zgartira olmaydigan va falokatni bartaraf qila olmaydigan (YTH kulminatsion davri) davrda vujudga keladi. Sust xavfsizlik ichki sust va tashqi sust xavfsizliklarga bo‘linadi.
Ichki sust xavfsizlik – transport vositasining ichidagi haydovchi va yo‘lovchilarning shikastlanmasliklari bo‘yicha xavfsizliklarini oshirish va hayotlarini saqlab qolish hamda yuklarni saqlashni ta’minlash bo‘yicha konstruktiv xususiyatini belgilaydi.
Tashqi sust xavfsizlik – harakatlanishning boshqa qatnashchilari uchun YTH oqibatlari og‘irliklarini kamaytirish qobiliyatidir.
Halokatdan keyingi xavfsizlik transport vositasining YTH to‘x-
tagandan keyin (YTH so‘nggi yakuniy davri) uning oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish xususiyati (ya’ni avtomobilning yonib ketishi, harakatlanishning boshqa qatnashchilarini urib yuborishi va h.k.).
Ekologik xavfsizlik transport vositasining normal foydalanish jarayonida atrof-muhitga va harakatlanishning qatnashchilariga salbiy ta’siri darajasini kamaytiruvchi xususiyatlari. Ekologik xavfsizlik yuqoridagi transport vositalarining xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Transport vositalarining xavfsizlik tarkibida yuzaga keladigan 3 ta turdagi xavfsizlikdan farqli ravishda, transport vositasining kundalik ishi davomida namoyon bo‘ladi. Harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun avtomobil yo‘llariga foydalanish uchun chiqarilayotgan barcha transport vositalari ularning kattaliklari va massasini chegaralovchi talablarga javob berishi shart.
Transport vositalarining geometrik parametrlari harakatlanish xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatishini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi hududida Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvardagi 11-sonli qaroriga binoan quyidagi eng katta yo‘l qo‘yiladigan kattaliklar qabul qilingan:

  • gabarit kengligi 2,5 m

  • gabarit uzunligi, shundan:

  • yakka avtomobil 12 m

  • tirkama yoki yarim tirkamali tyagach 20 m

  • avtopoyezd va g‘ildirakli traktor poyezd 24 m

  • gabarit balandlik 4 m

  • avtomobil yoki avtopoyezdning o‘qiga tushadigan og‘irlikning eng ko‘p miqdori

10 t

  • avtotransport vositasining maksimal og‘irligi 40 t

O‘zbekiston Respublikasida foydalanishdagi qurilish me’yoriy qoidalariga asosan barcha yo‘llarda harakatlanadigan avtomobillar ikkita – A va B guruhga ajratilgan.
A guruhidagi avtomobillardan faqat mujassamlashgan kapital qoplamali yo‘llarda foydalanish mumkin. Unda o‘qqa tushadigan og‘irlikning eng ko‘p miqdori 100 Kn, ikkita juftlashgan ko‘prikka ega avtomobillarda esa 180 Kn ni tashkil etadi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish